Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Kafedra mudiri

Shodiyev Faxriddin Teshayevich

  • Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
  • Telefon: +9989115349242
  • Elektron pochta:

2007-2009 yillar Samarqand davlat universiteti «Boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi;
2009-2010 yillar Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari;
2010-2011 yillar Samarqand davlat universiteti «Gumanitar fanlar uslubiyati» kafedra mudiri;
2011-2012 yillar Samarqand davlat universiteti «Boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi;
2012-yildan Samarqand davlat universiteti «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» kafedrasi mudiri.

Respublikamizda «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi xalq ta’limi tizimida, xususan, boshlang’ich ta’limda ham ijobiy o’zgarishlarga olib keldi.

Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» nomli ma’ruzalarida «boshlang’ich sinf o’qituvchilarini har tomonlama yetuk mutaxassislar bo’lishi»ga alohida e’tiborni qaratib, jumladan: «Boshlang’ich ta’limda ishlayotgan mutaxassislarning barchasi oliy ma’lumotli mutaxassis bo’lishi ko’rsatib o’tildi». Shu maqsadda, Samarqand Davlat universitetining Pedagogika fakulteti qoshida «Boshlang’ich ta’lim metodikasi» kafedrasi ishlab turibdi.

Ma’lumki, Pedagogika fakulteti 1966-1967 o’quv yilida sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Pedagogika instituti bazasida «Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim uslubiyati» nomi bilan ochilgan edi. Bu o’quv dargohning kengayishi munosabati bilan 1976-1977 yillarning may oyida «Boshlang’ich ta’limda gumanitar fanlar va ularni o’qitish  uslubiyati» kafedrasi tashkillashtirildi. O’sha paytda  kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.Eshmurodov mudirlik qildi. Kafedra a’zolari: dos. Q.Haydarov, k.o’q.S.M.Nazarova, o’qituvchilar: D.S.Begadjiyeva, Q.Tursunov, D.Ergashev, M.Quronov, S.Sodiqovlardan iborat edi. Keyinchalik kafedraning ilmiy va pedagogik salohiyati oshib borib, ishga professor S.N.Nishonov, dos. X.T.Axmatov, dos. M.Safin, dos. Sh.Q.Shirinboyev, dots. F.Badriyev, dots. A.Azimov, dots. X.Z.Ziyadullayev, dots. V.T.Denisenko, dots. Sh.Maxmatmurodovlar ishga qabul qilindi.

Davr taqozasi bilan 1984-1985 o’quv yilida kafedra ikkiga bo’lindi.

1. Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi. Bu kafedraga quyidagi professor-o’qituvchilar mudirlik qilgan:

a) 1977-1980 yillar dots. O.Eshmurodov

b) 1980-1983 yillar dots. F.Badriyev

v) 1984-1985 yillar dos. S.Nazarova

g) 1985-1986 yillar dots. Sh.Maxmatmurodov

d) 1987-2000 yillar dots. X.Ziyadullayev

s) 2002-2007 yillar dots. Q.Tursunov

2. Tillar va adabiyot kafedrasi. Bu kafedraga esa quyidagi professor-o’qituvchilar mudirlik qilgan:

a) 1982-1987 yillar dots. X.Axmatova

b) 1987-1989 yillar dots. A.Azimov

v) 1989-1992 yillar dots. U.Sanaqulov

g) 1992-1997 yillar prof. N.Turniyozov

d) 1997-1999 yillar dots. A.Azimov.

2002-2003 o’quv yilining sentyabrida «Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi» kafedrasi asosida uchta kafedra tashkil etildi:

1. Boshlang’ich ta’lim kafedrasi – kafedra mudiri etib dots. Q.Tursunov.

2. Boshlang’ich sinflarda tillar va adabiyot kafedrasiga dots. Sh.Maxmatmurodov.

3. Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri dos. S.Abilovalarni saylashdi.

2005-2006 o’quv yilidan boshlab, mazkur kafedralar birlashtirilib  «Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti» kafedrasi tashkil etildi va kafedrani dots. Q.Tursunov boshqardi.

2006-2007 o’quv yilidan boshlab kafedraga dots. G’.Yaxshiboyev mudir etib tayinlandi.

Kafedra nomi milliy mavkura va g’oyaga asoslanib «Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti» deb isloh etildi. Yurtboshimiz va istiqlolimiz boshlang’ich ta’limga alohida talablar qo’ymoqda. Shunga binoan kafedra jamoasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunni amalga to’liq joriy etish maqsadida, 2008 yil 4 may oyidagi universitet rektorining buyrug’iga asosan, kafedra ikkiga bo’lindi.

1. Gumanitar fanlar va ularni o’qitish uslubiyati. Kafedra mudiri dots. G’.Yaxshiboyev.

2. Aniq, tabiiy fanlar va ularni o’qitish metodikasi. Mazkur kafedraga rektorning buyrug’i asosida dots. X.Nazarov rahbarlik qilmoqda  edi.

2010 yil dekabr oyidan boshlab esa kafedrani f.f.n. F.Shodiyev boshaqib kelmoqda edi.

2012 yil birinchi noyabrdan har ikkala kafedra qo’shildi. Kafedra mudiri vazifasini boshqarib turish f.f. nomzodi, доцент F. Shodiyevga yuklatildi.

Kafedra professor-o’qituvchilari kafedraning xususiyatidan kelib chiqqan holda «Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion kasbiy mahoratini oshirish muammolari» nomli mavzu asosida izlanishlar olib bormoqdalar.

Hozirgi kunda kafedrada 25,5 shtat birligi mavjud bo’lib, unda 10 ta fan nomzodi, dotsent, 4 ta katta o’qituvchi, 17 ta o’qituvchi va 1 ta kabinet mudirasi faoliyat ko’rsatmoqda.