Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Kafedra mudiri

Xalxo’jayev Ahmad Miyassarovich

  • Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
  • Telefon:
  • Elektron pochta:

«Ehtimollar  nazariyasi  va  matematik statistika»  kafedrasi tarixi

 Kafedra "Umumiy matematika" nomi bilan 1936 yilda tashkil qilingan. Dastlab kafedra o’qituvchilari  ehtimollar nazariyasi bilan birga matematika, algebra va sonlar nazariyasi, chizma geometriya kabi fanlardan dars berganlar. 1936-41 yillarda kafedrani dosent Kuzinov R.P. boshqardi. Bu davrda Moskvada aspiranturani tugatib, kafedraga yosh geometr M.A. Sobirov ham ishga kirdi, keyinroq  unga fakultet dekani lavozimi yuklatildi. Kafedrada Kiyev universitetidan kelgan A.A. Shepelevskiy ishlay boshladi. 1938-yilda kafedra tarkibiga Leningrad universiteti bitiruvchisi-dosent V.M.Baskov kirdi. Unga kafedrada matematik tahlil bo’yicha kurslarni o’qish topshirilgan edi.

1944-yilda kafedra mudirligi lavozimi fizika-matematika fanlari doktori, professor N.P.Romanovga topshirildi. Uning rahbarligida M.S. Sobirov,  X.A.Abdullayev, I.Ya. Kasara, N.X.Teshabayeva, M.A. Subxanqulov, X.N. Narzullayev, F.V.Tomashevich, B.Ya.Levin, S.U.Kurtyakovlar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qildilar. Keyinchalik  N.P.Romanov ning shogird-laridan M.A Subxankulov,  B.Ya. Levinlar ilmiy natijalarni chuqurlashtirib, doktorlik dissertasiyalarini himoya qildilar va O’zbekistondan tashqaridagi ilmiy markazlarga ishga taklif qilindilar.

Professor N.P.Romanov umumiy matematika kafedrasiga 1944-yildan 1951-yilgacha rahbarlik qildi va 1951-yilda u ToshDUga ishga o’tdi.

1951-yildan 1961-yilgacha kafedra rahbarligini dosent R.I. Iskandarov bajardi.

1961-1971 yillarda kafedrani dosent V.M. Baskov boshqardi. Bu davrda kafedra tarkibiga 23 nafar ilmiy  xodim kiritildi. Xususan, 6 nafar chizmachilik va chizma geometriya o’qituvchi xodimlar ishga olindi.

1971-yildan kafedrani dosent Raxmonov R.R. boshqardi. Bu davrda fakultetda kafedralar ochilishi munosabatati bilan uning tarkibiga tayyorlov bo’limi bo’yicha tayyorgarlik bilan bog’liq ilmiy xodimlar qabul qilindi. Bu yillarda kafedrada ehtimollar nazariyasiga taaluqli fanlarni o’qitish ham amalga oshirildi.  Shu bilan birga maxsus kurslarni o’qitish va diplom ishlarni himoya qilish yo’lga qo’yildi. Kafedra a’zolari akademik T.A. Sarimsoqov va akademik S.X. Sirojiddinovlar bilan mustahkam aloqani o’rnatdi. Shu yillarda professor T.A.Azlarov kafedra maxsus fanlari bo’yicha va diplom ishlarga rahbarlik uchun muntazam kelib turdi.

1982-1988 yillarda kafedrani dosent V.B.Bozorov boshqardi. Bu yillarda kafedrada ilmiy izlanishlar kuchaytirildi, yosh o’qituvchilar bilan kafedra tarkibi mustahkamlandi.

1988-93 yillarda kafedrani dosent  G.V.Zloskiy boshqardi. Bu yillarda matematika o’qitish uslubiyati bo’yicha o’quv va ilmiy jarayonlar kuchaytirildi. Mamalakat miqyosidagi muammoli seminar tashkil etilib, Moskva va boshqa shaharlar yetakchi olimlari va mutaxassislari taklif etildi. Jumladan, professorlar V.G. Boltyanskiy, G.D. Gleyzerlar bu seminarlarda bir necha marta ishtirok etib, ma’ruzalar qildilar. Shu bilan birga ta’limni isloh qilish bo’yicha kafedrada zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

1992-yilda Samarqand davlat pedagogika instituti tugatilishi munosabati bilan kafedra tarkibiga shu institutning matematika o’qitish metodikasi kafedrasi a’zolaridan 9 nafari va fizika fakultetining oliy matematika kafedrasidan 3 nafar o’qiituvchi kafedra takribiga qo’shildi.

1993-99 yillarda kafedrani dosent Xoliqulov I.B.boshqardi. Bu yillarda mustaqillikning dastlabki yillarida oliy ta’limdagi islohotlar ham kafedrada shtat birliklari qisqarishiga olib keldi, lekin fanlarni o’qitish va ilmiy-tadqiqotlar olib borishga alohida e’tibor va ma’suliyat kuchaydi. Milliy dasturni amalga oshirishning birinchi bosqichida ijobiy o’zgarishlar sari yo’l olindi.

1999-2004 yillarda kafedrani dosent Xusainov Ya.M. boshqardi. Bu davrda oliy ta’limda o’qitish talablari kuchayganligi sababli kafedrada o’quv adabiyotlari, dastur va rejalar ishlab chiqilib, joriy qilina boshladi. Jumladan, ma’ruza matnlari barcha fanlar bo’yicha tayyorlandi va chop etildi. 2003-yilda 5A460104 -"Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika", 5A460107-"Matematika fanini o’qitish metodikasi" mutaxassicliklari bo’yicha magistraturalar ochildi.

2003-yildan boshlab kafedra nomi o’zgartirilib "Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika" deb atala boshladi.

Kafedrani 2005-yil 2-martdan to 2013-yilgacha professor Djalilov A.A. boshqardi, 2013-yil 15-martidan esa professor Abdullayev J.I.kafedra mudirligiga tanlov asosida saylandi. Ana shu yillarda kafedra ilmiy salohiyatini ko’tarish va malakali yosh kadrlarni tayyorlash hamda xorij ilmiy aloqalarni kuchaytirish kabi yo’nalishlarga e’tibor qaratildi.

Kafedrani 2018-yil 1-sentyabrdan dos H.Q.Qurbonov boshqardi.

2019-yil 11-yanvardan kafedra mudirligiga prof.A.M.Xalxo’jayev  tayinlandi. Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, matematika o’qitish usullari,  oliy matematika va matematika fanlaridan  matematika, amaliy matematika, fizika, tarix, iqtisod, mehnat ta’limi, o’zbek  filologiyasi, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya,  tojik filologiyasi fakultetlarida va srtqi va maxsus sirtqi bo’limda talabalarga uchta tilda: o’zbek, rus, tojik tillarida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini olib bormoqdalar.

Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi va matematik statistikpa, matematika o’qitish uslubiyati, differensial tenglamalar va matematika tarixi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra a’zolarining ilmiy ishlari xalqaro va respublika ilmiy to’plamlarida chop etilmoqda. Kafedra a’zolari xorij ilmiy markazlari bilan ilmiy aloqalar o’rnatganlar va bir nechta grant bo’yicha ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

«Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» kafedrasi mustaqillik yillarida o’quv, ilmiy, o’quv-uslubiy  va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta yutuqlarga erishdilar. 1991-yildan boshlab kafedrada o’quv fanlarini o’qitish  samaradorligini oshirish uchun  muntazam iщchi dasturlar, texnologik xarita hamda o’quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlashni yaxshilash bo’yicha ishldar amalga oshirildi. Xususan, mustaqillik yillarida kafedraning barcha fanlari bo’yicha ma’ruza matnlari (2001 yil), o’quv-uslubiy majmualar  yaratilmoqda:

Dastlab shuni ta’kidlash kerakki kafedra a’zolari quyidagi darslik va o’quv qo’llanmalarni Respublika miqyosida chop etishga erishdilar:

1. Abduhamidov A.U., Nasimov X., Nosirov A. Algebra va analiz asoslari. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. 1 va 2-qismlar-Toshkent:O’qituvchi, 2002

2.Nazarov X., Ostonov Q. Matematika tarixi. O’quv qo’llanma.-Toshkent,O’qituvchi,1996.

3.Fayzullayeva S.F. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan masalalar  yechishga doir qo’llanma.-Toshkent:Fan, 2009.

4.Abdullayev J.I. Funksional analiz va integral tenglamalar.Darslik.Toshkent, 2015.

5.Abdullayev J.I., Ostonov Q., Mamirov B. Matematika (tarix yo’nalishi talabalari uchun amaliy mashg’ulotlar). O’quv qo’llanma. Samarqand:SamDU,2018.

SamDU miqyosida chop etilgan ma’ruzalar matnlari:

 1.Xusainov Ya.M., Qurbonov H.Q. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika.Ma’ruzalar matni,SamDU,2001

2.Xoliqulov I.B. Ehtimollar nazariyasi.   Iqtisod fakulteti talabalari uchun. SamDU,2001.

3.Ostonov Q. Matematika va informatika o’qitish uslubiyati .Ma’ruzalar matni.-SamDU.2001

4.Xusainov Ya.M., Muzrapov S.A., Ostonov Q. Oliy matematika.Ma’ruzalar matni,SamDU,2003

5.Xusainov Ya.M., Mardonov E.M., Ostonov Q.Oliy matematikadan amaliy mashg’ulotlar.Ma’ruzalar matni,2004

6. Mardonov E.M, Ostonov Q. Matematika tarixi. Ma’ruzalar matni.SamDU,2004

7.Zloskiy G.V. Vыsshaya matematika. Kurs leksiy dlya elektronshikov.-SamGU.2002

2001-2018 yillarda  kafedrada uslubiy qo’llanmalar yaratish uchun ham katta ishlar olib borildi:

1. Xoliqulov I.B., Abduhamidov A.U       «O’yinlar nazariyasi elementlari.     Uslubiy qo’llanma   SamDU, 2010

2.  Xusainov Ya.M., Muzrapov S.A.  Matematik  statistikadan masalalar  yechishga doir  uslubiy qo’llanma. - Samarqand, SamDU. 2009 yil.

3.Fayzullayeva S.F., Izzatullayev N. Oliy matematikadan amaliy  mashg’ulotlar.Elektron  darslik. – Samarqand, SamDU ilmiy kutubxonasi, 2009

4.Fayzullayeva S.F., Djalilov A.A. Matematik statistikaning ayrim masalalari Uslubiy qo’llanma. SamDU, 2009,  39-bet.

5.Djalilov A.A. Shartli ehtimollar va shartli matematik kutilmalar.Uslubiy qo’llanma.  SamDU, 2009,  48-bet

6. Xusainov Ya.M., Muzrapov S.A.  Matematik  statistikadan masalalar  yechishga doir  uslubiy qo’llanma. - Samarqand, SamDU. 2009 yil.

8.Xusainov Ya.M., Muzrapov S.A.Matematik statistikadan masalalar yechishga doir qo’llanma (I- qism) SamDU,2008

9. Xusainov Ya.M., Muzrapov S..A. Matematik statistikadan masalalar yechishga doir qo’llanma (2- qism) SamDU,2008.

10. Xusainov Ya.M., Muzrapov S..A .Matematik statistikadan masalalar yechishga doir qo’llanma (3- qism) SamDU,2008

11.Ostonov Q. Sinfdan tashqari ishlar o’tkazish uslubiyati. SamDU,2008.,   

12.Ostonov Q. Matematika darslarini tashkil etish texnologiyalari, SamDU,2008.,

13. Zloskiy G.V.Gomotetiya geometrik masalarini yechish vusuli sifatida) SamDU 2008.

14.Ostonov Q. Yangi pedagogik texnologiyalarni matematika o’qitish jarayoniga tadbiq etish usullari . Uslubiy qo’llanma.  - Samarqand: SamDU nashri, 2005 y.70 bet.

15.Ostonov Q. Son va hisoblashlarni o’rganish  metodikasi. Ma’ruzalar matni.- Samarqand: SamDU nashri, 2005 .70 bet.

16.Ostonov Q. Matematika va uni o’qitish metodikasi taraqqiyoti tarixi. Uslubiy qo’llanma.- Samarqand: SamDU nashri, 2005, 70 bet.

17.Ostonov Q. Geometriya o’qitish uslubiyati masalalari. Uslubiy qo’llanma.- Samarqand: SamDU nashri, 2005 .70 bet.

18.Ostonov Q. Algebra va matematik analiz elementlarini o’qitish texnologiyasi. Ma’ruzalar matni.- Samarqand: SamDU nashri, 2005 .101 bet.

 19. Abdullayev J.I.,  G’anixo’jayev R.N.,  Shermatov M. X., Egamberdiyev  O.I. Funksional analiz va integral tenglamalar. Darslik. Toshkent: Yangi asr avlodi. 2015. -460 b.

 20. Abdullayev J.I., R.G’anixo’jayev, I.Ikromov. Funksional analizdan masalalar to’plami. 1-qism. Lebeg integrali. O’quv qo’llanma. Toshkent: Turon Iqbol, 2015. 200 b. 

21. Abdullayev J.I., R.G’anixo’jayev, I.Ikromov. Funksional analizdan masalalar to’plami. 2-qism. Metrik va chiziqli fazolar. O’quv qo’llanma. Toshkent:Turon Iqbol, 2015. 148 b. 

22. Abdullayev J.I., R.G’anixo’jayev, I.Ikromov. Funksional analizdan masalalar to’plami. 3-qism. Chiziqli operatorlar. O’quv qo’llanma. Toshkent: Turon Iqbol, 2015. 144 b. 

23. Abdullayev J.I. Matematika. Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun uslubiy qo’llanma 1,2,3-qismlar. Toshkent:Turon Iqbol, 2015

24. Abdullayev J.I., Davranov B. Matematika. Metodicheskiye posobiye dlya postupayuщix v VUZы. Chast  1. –Algebra   Toshkent:Turon Iqbol, 2015

25. Abdullayev J.I., Noraliyev N. Matematika. Metodicheskiye posobiye dlya postupayuщix v VUZы. Chast 2.– Algebra i nachala analiza. Toshkent:Turon Iqbol, 2015.

26. Abdullayev J.I. i dr. Matematika. Metodicheskiye posobiye dlya postupayuщix v VUZы.Chast 3. – Geometriya. Tashkent:Turon Iqbol, 2015.

27. Xusainov Ya.M, Muzrapov S.A. Qudratov H. Xarakteristik funksiyalar yordamida taqsimot qonunlarini topishga doir uslubiy qo’llanma. Samarkand, SamDU, 2015, 60 bet).

28. Mardonov E., Ostonov Q., Mo’minov U.  Matematika va informatika o’qtish usullari. Uslubiy qo’llanma. Samarqand: SamDU, 2016. -160 b.                                   29.Tuyg’unov  K., Ostonov Q.Oliy matematika kursining “Differensial tenglamalar” bo’limi bo’yicha mustaqil ta’limi uchun metodik ko’rsatmalar” . Uslubiy qo’llanma. Samarqand: SamDU, 2015. -100 b.

30.Tuyg’unov  K., Ostonov Q..Oliy matematika kursi bo’yicha aniq integralning ba’zi bir tadbiqlarini o’rganishda talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishga oid metodik tavsiyalar. Uslubiy qo’llanma. Samarqand: SamDU, 2015. -96 b.

31.Mardonov E., Ostonov Q. , Achilov O’., Ergashev A. Geometriya. Uslubiy qo’llanma. Samarqand: SamDU, 2015. -134 b.

32. Abdullayev J.I., Ostonov Q., Mamirov B.- Matematika( Kasbga yo’naltirilgan masalalar to’plami). SamDU 2017 yil. 

33.  Ostonov Q, Quljonov O’. Parametrli tenglamalarni va tengsizliklarni yechish usullari. SamDU: 2017 yil. 

34.  Mardonov E.M., Ostonov Q., Muminov U, Quyliyev S. Matematika o’qitish metodikasi. O’quv- uslubiy majmua. SamDU 2017 yil. 

35. Mardonov E.M., Ostonov Q., Muminov U., Quyliyev S. Matematika tarixi va matematika o’qitish metodikasi. O’quv- uslubiy majmua. SamDU 2017 yil.           

36.  Abdullayev J.I.,Mardonov E.M., Ostonov Q., Quljonov U., Toshqulov H. Matematika. O’quv- uslubiy majmua. SamDU 2017 yil.                     

37. Mardonov E.M., Ostonov Q. Matematik mantiq. Uslubiy  qo’llanma. Samarqand: SamDU, 2018. -117 bet.

Shunday qilib, hozirgi paytda kafedrada 2 nafar professor, 5 nafar dosent, 2 nafar katta o’qituvchi, 5 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqdalar. Bular: prof.A.M.Xalxo’jayev, prof. J.I.Abdullayev,  dosentlar qurbonov X., Mardonov E.M., Sultanov J., Ostonov Q., xoliqulov S. katta o’qituvchilar  Kuliyev K.D., Poshoxodjayeva G.,assistentlar Quljonov O’., Toshqulov H., Murtazayev M., Bozorova O’., Qo’yliyev S.,Yaxshilikov J.

Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, matematika va informatika o’qitish uslubiyati, matematika tarixi, oliy matematika va matematika fanlarida  fizika-matematika, tarix, kasbiy ta’lim, o’zbek filologiyasi, tojik filologiyasi fakultetlarida o’zbek, rus, tojik tillarida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini olib bormoqdalar.

Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematika o’qitish uslubiyati, differensial tenglamalar va matematika tarixi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra a’zolarining ilmiy ishlari xalqaro va respublika ilmiy to’plamlarida chop etilmoqda. Kafedra a’zolari xorij ilmiy markazlari bilan ilmiy aloqalar o’rnatganlar va bir nechta grant bo’yicha ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

Kafedra  hozirgi kunda O’zbekiston milliy universiteti, O’zRFA Matematika instituti, Toshkent davlat Pedagogika universiteti, O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy - tekshirish instituti, viloyatlardagi Guliston davlat universiteti, Jizzax, Navoiy pedagogika insitutlari, Urganch davlat universiteti  bilan hamda xorijdagi Kembrij, (Angliya), Lill (Fransiya),  Klaustal (Germaniya), Turkiya, Toronto (Kanada), Chexiya (G’arbiy Bogemiya), Uels(Kardiff),  Shvesiya(Stogolm, Lulea) kabi universitetlar ilmiy markazlari bilan aloqalar o’rnatgan. Shuningdek, MDX mamlakatlarining Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg, Kiyev (Ukraina) universitetlari ilmiy hamkorlik o’rnatgan. Bundan tashqari,  Samarqand shahri oliy o’quv yurtlari bilan ilmiy va o’quv sohalarida muntazam uzviy aloqalar o’rnatilgan.

Kafedrada 5A130102 - "Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika" mutaxassisligi bo’yicha magistratura faoliyat ko’rsatadi. Hozirda bu  mutaxassislik bo’yicha   9 nafar magistr tahsil olmoqda.

Kafedrani tugatgan 5A130102– ehtimollar nazariyasi va matematik statistika yo’nalishi bo’yicha magistrlar xalq xo’jaligi,  ishlab chiqarishda hamda xalq ta’limi va kasb – hunar ta’limi sohasida  faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

Keyingi yilllarda kafedra magistraturasini tugatgan  J.Yaxshilikov, O’.Bozorova, M.Murtazayev kabi yosh mutaxassislar kafedrada aassistent lavozimiga ishga qabul qilindilar. 2001-2018 yillarda bitta doktorlik dissertasiyasi  G.V. Zloskiy «Научно- педагогические основы  формирования  у студентов – математиков университетов готовности к профессионально – педагогической деятельности»  (2001 y.) va uchta nomzodlik dissertasiyasini  Axadqulov X. Safarov O’., Begmatov A. lar yoqladilar.

 

Kafedra mudiri  prof. A.M. Xalxo’jayev