Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy
Telefon: +998 66 2391140 Faks: +998 66 2391140 Email: devonxona@samdu.uz
1971-1976 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
1976-1985 yillar Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi katta laboranti;
1985-1986 yillar Samarqand davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi assistenti;
1986-1987 yillar Samarqand davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi katta laboranti;
1987-1993 yillar Samarqand davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi assistenti;
1993-1996 yillar Samarqand davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi dotsenti;
1996-2000 yillar Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi dotsenti;
2000-2011 yillar Samarqand davlat universiteti fizikaviy kimyo va kimyoviy ekologiya kafedrasi mudiri;
2011-2012 yillar Samarqand davlat universiteti fizikaviy kimyo kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi;
2012-2013 yillar Samarqand davlat universiteti fizikaviy kimyo kafedrasi dotsenti;
2013-2016 yillar Samarqand davlat universiteti fizikaviy kimyo kafedrasi professori;
2016-yildan Samarqand davlat universiteti fizikaviy kimyo kafedrasi mudiri.
Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi tarixi
Kafedra 1933 yilda tashkil etilgan bo'lib, uni professor N.A.Kolosovskiy boshqargan. Keyinchalik kafedraga dotsent V.N.Orestov, professor P.A.Trofimenko va dotsent I.A.Orestovlar mudirlik qilishgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyin kafedra 1963 yilda qayta tashkil etilgan va uni 1975 yilga qadar professor V.I.Yezdakov boshqargan. 1975-1987 yillar davomida kafedrani dotsent R.N.Kutfitdinov, 1987-2000 yillarda dotsent S.M.Vasina, 2011 yilgacha esa professor N.K.Muxamadiyev boshqargan. 2011 yildan kafedraga dotsent K.F.Xalilov mudirlik qilgan, 2016 yilning dekabridan professor N.K.Muxamadiyev mudirlik qilmoqda.
Kafedrada “Kimyo”, “Kimyoviy texnologiya”, “Biologiya”, “Ekologiya” bakalavr ta’lim yo‘nalilari hamda “Fizikaviy kimyo” magistratura mutaxassisligi uchun «Fizikaviy kimyo», «Kolloid kimyo», «Moddalar tuzilishi», «Yukori molekulyar birikmalar kimyosi», «Kimyoviy texnologiya», «Modda tuzilishi va reaksion qobiliyatini matematik modellash», «Talaba tanlovi» va «Maxsus kurs» va boshqa fanlari ỹqitilib kelinmoqda.
Keyingi 10 yilda kafedra professor-o'qituvchilari hammuallifligida 6 ta darslik, 7 ta o'quv qo'llanma va 25 dan ziyod uslubiy qo'llanmalar va tavsiyalar tayyorlanib, chop ettirildi hamda 16 ta elektron qo'llanmalar va 16 ta o'quv-uslubiy majmualar tayyorlanib, talabalarga foydalanish uchun havola etilgan.
Kafedrada bugungi kunda 14 sht. birligida 14 nafar professor-o'qituvchilar, ulardan 2 nafar fan doktori, professor va 7 nafar fan nomzodlari, dotsentlar hamda 5 nafar assistentlar ishlashmoqda. Ilmiy salohiyat 64,3 % ni tashkil etadi.
Kafedrada 02.00.04-Fizik kimyo, 02.00.06-Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari), 02.00.12–Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedra veb-sayti: fizximiya.samdu.uz