Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Kafedra mudiri

Djabbarov Ibroxim Shodmanovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +99890 600-70-13
  • Elektron pochta:

1977-1979 yillar Dushanbe davlat pedagogika instituti talabasi;
1979-1981 yillar Harbiy xizmatda;
1981-1984 yillar Dushanbe davlat pedagogika instituti talabasi;
1984-1985 yillar Tojikiston Fanlar akademiyasi O‘simliklar fiziologiyasi va biofizika instituti katta laboranti, ilmiy xodimi;
1986-1989 yillar Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi Sitologiya va ginetika instituti aspiranti;
1989-1996 yillar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi Biologiya va qishloq xo‘jalik bo‘limi katta ilmiy xodimi;
1996-1999 yillar Samarqand qishloq xo‘jalik instituti dala tajriba maydoni mudiri;
1999-2011 yillar Samarqand davlat universitetining «Fiziologiya, genetika va biokimyo» kafedrasi dotsenti;

2014-2018 yillar Samarqand davlat universitetining «Fiziologiya, genetika va biokimyo» kafedrasi mudiri;

2018- yildan Samarqand davlat universitetining «Genetika va biotexnologiya» kafedrasi mudiri.

Genetika va biotexnologiya kafedrasining mudiri b.f.n., dotsent Djabbarov Ibrohim Shodmanovich, Tojikiston davlat universiteti, biologiya fakultetining genetika kafedrasini tamomlagan. 1986-1987 yillarda Rossiya Fanlar Akademiyasi sitologiya va genetika institutida malaka oshirishga va maqsadli aspiranturaga o‘tgan. O‘z faoliyatini 1998 yildan SamDU genetika, seleksiya va darvinizm kafedrasida assistenti lavozimidan boshlagan va hozirgi kunga qadar, « Genetika va biotexnologiya » kafedrasining mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy qiziqishlari: bug‘doy genetikasi va seleksiyasi muammolari, mahalliy o‘tmish navlarining genofondi masalalari va ularning intogressiv gibridizatsiyaga ishlatilishi. Djabbarov Ibrohim Shodmanovich tomonidan bugungi kunda 170 ta maqola va tezislar, SNG va xalqaro jurnallarda chop etilib bug‘doy genetikasi va seleksiyasining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan. Uning rahbarligida 1 nomzodlik dissertatsiyasi va magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Genetika va biotexnologiya kafedrasida 9 nafar professor – o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda, ulardan:

Fan doktori, professorlar – 1 ta;

Fan nomzodi, dotsentlar – 4 ta ;

Fan nomzodi, katta o’qituvchilar – 1 ta;

Unvonsiz assistentlar – 3 ta.

Kafedraning ilmiy salohiyati 58,8% tashkil etadi.

Kafedra tomonidan 2016-2021 yillarga mo‘ljallangan «Zarafshon vohasi bioresurslari potensialini innovatsion tadqiq qilish» mavzusi belgilab berilgan. Ushbu mavzu bo‘yicha 2 ta yo‘nalish: Genetika va biotexnologiya ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunda kafedraning har bir professor – o‘qituvchisi umumiy mavzusini bajarilishi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘limga oid ilmiy adabiyotlar tahlili asosida ma’lumotlarni to‘plash, ulardan ilmiy maqolalar yozishda foydalanish hamda yangi pedagogik texnologik va innovatsiya asosida o‘qitishning nazariy va amaliy asoslari bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Davlat ilmiy texnika dasturi asosida 2017-yilda prof. Ismailov Z.F. va ass.Aliqulov B.S. tomonidan I-OT-2017-3-4 raqami asosida «Galofit o‘simliklar biomassasi va chorvalik organik chiqindilaridan bioyoqilg‘ilar olishning kompleks texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda «Vnedreniye v proizvodstvo intensivnoy linii pshenitsi i razrabotka texnologii yeye virashivaniya» mavzusida dots. Djabbarov I.Sh. tomonidan Samarqand viloyati Jomboy tumaniga qarashli «OZODNURMEVAHOSIL» fermer xo‘jaligi bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari qo‘yilgan. Genetika va biotexnologiya kafedrasida halqaro xamkorlik keng darajada rivojlanib bormoqda. Kafedra xodimlari prof.Ismailov Z.F. tomonlaridan AQSH, Yevropa davlatlari va Tinch okeani regionidagi davlatlari bilan genetika, molekulyar biotexnologiya jamiyatlari bilan aloqa o‘rnatgan. Oxirgi yillarda BIT – umumjahon biotexnologlar jamiyati bilan aloqa o‘rnatmoqda. Bundan tashqari kafedramiz tomonidan QS Apple – Rankiss qatoridagi universitetlar bilan va bu jamiyatning reyting qatoridagi universitetlarning biotexnologiya va molekulyar genetika va boshqa fanlarni o‘qitish uslublari va ped texnologiyalarini qo‘llanilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni SNG davlatlari ichida RF bilan ilmiy – tadqiqot markazlari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan halqaro xamkorlik amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, dotsent Djabborov I.SH. rahbarligida Rossiya FA Sibir bo‘limining sitologiya va genetika ilmiy tadqiqot instituti, Ukraina respublikasining seleksiya va genetika instituti, Rossiya qishloq xo‘jalik akademiyasining Sibir bo‘limi Oltoy qishloq xo‘jalik ilmiy tekshirish instituti, Qozog’iston Respublikasining milliy o‘simliklar biotexnologiyasi markazi va genetikasi ilmiy tadqiqot markazi hamda Tojikiston FAning o‘simliklar fiziologiyasi va genetikasi institutlari bilan ilmiy aloqalar mavjud. Kafedrada bugungi kunda katta ilmiy xodimlar tomonidan filosofiya doktori darajasini olish uchun doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar faoliyat olib bormoqdalar. Mustaqil izlanuvchilar tomonidan, shu jumladan, N.A. Vaxobova «Ayrim dorivor o’simliklarning biotexnologik potensiali» (Ilmiy maslahatchi: b.f.d. prof. Viena Agraval) mavzusida ilmiy ishlar olib borilmoqda.