Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy
Telefon: +998 66 2391140 Faks: +998 66 2391140 Email: devonxona@samdu.uz
1975-1978-yillar Oqdaryo tumani Kommunist kolxozi ishchisi
1978-1983-yillar Samarqand davlat universiteti talabasi
1983-1984-yillar Qorako‘lchilik Butunittifoq Ilmiy-tadqiqot instituti labaranti
1984-1987-yillar Qorako‘lchilik Butunittifoq Ilmiy-tadqiqot instituti laboranti
1987-1989-yillar Qorako‘lchilik Butunittifoq Ilmiy-tadqiqot instituti katta laborant
1989-1993-yillar Qorako‘lchilik Butunittifoq Ilmiy tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi
1993-1996-yillar Samarqand davlat universiteti Tabiiy geografiya kafedrasi o‘qituvchisi
1996-1996-yillar Samarqand davlat universiteti Katta o‘qituvchisi
1996-2000-yillar Samarqand davlat universiteti Geografiya fakulteti dekan o‘rinbosari
2000-2000-yillar Oqdaryo tuman Davlat soliq inspeksiyasi savdo va xizmat ko‘rsatish soxasini nazorat kilish bo‘limi Davlat soliq inspektori
2000-2001-yillar Oqdaryo tuman Davlat soliq inspeksiyasi xisob, taxlil va statistika bo‘limi, axborot bilan ta’lminlash shu’basi Davlat soliq inspektori
2001-2002-yillar Samarqand viloyat o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi
2006-2008-yillar Samarqand davlat universiteti Tabiiy geografiya va geoekologiya kafedrasi assistenti tanlovdan o‘tgan va kontrakt tuzgan
2006-2008-yillar Samarqand davlat universiteti Tabiiy geografiya kafedrasi assistenti
2008-2011-yillar Samarqand davlat universiteti Tabiiy geografiya va geoekologiya kafedrasi dotsenti
2011-2013-yillar Samarqand davlat universiteti Tabiiy geografiya kafedra mudiri vazifa bajaruvchisi
2014-yildan Samarqand davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi mudiri
Hozirgi Samarqand davlat universiteti Geografiya kafedrasi 1934 yilda Geologiya-geografiya fakulteti qoshida Umumiy tabiiy geografiya kafedrasi sifatida tashkil topgan. Geografiya kafedrasining tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, kafedrani shakllanishi va rivojlanishida turli yillarda V.A.Lopato, K.F.Kondratyeva, Ya.A.Leven, N.I.Leonov, M.U.Umarov, Z.Sultonov, L.A.Alibekov, S.B.Abbosov, X.T.Nazarovlarning xizmatlari kattadir.
Bugungi kunda Geografiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari «Janubi-G‘arbiy O‘zbekistonni geosistemalarini xaritalashtirish, ulardan foydalanish va ekologik baholash» mavzuida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari Janubi-G‘arbiy O‘zbekiston tabiati, tabiiy resurslardan rasional foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, geoekologik muammolar, landshaftlarni inson hayoti uchun optimallashtirish, tabiatdagi bo‘lajak o‘zgarishlarni bashoratlash kabi masalalariga qaratilgan. Ilmiy tadqiqotlar doirasida professor L.A.Alibekov ilmiy rahbarligida F-8-07- «O‘zbekistonda cho‘llanish jarayoniga qarshi kurashning landshaft geografik asoslari» mavzusida fundamental davlat granti loyihasida ish olib borishmoqda.
So‘nggi yillar davomida kafedra xodimlari tomonidan 100 yaqin ilmiy va maqola va tezislar, 4 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma va 8 ta monografiya nashr ettirildi. Ushbu ilmiy tadqiqot natijalaridan respublikamiz barcha oliy o‘quv yurtlarida foydalanib kelinmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, professor, 6 ta fan nomzodi, dosent, 5 ta katta o‘qituvchi va 5 nafar assistentlar faoliyat yuritishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari bakalavriyat talabalarga «Umumiy tabiiy geografiya», «O‘zbekiston tabiiy geografiyasi», «Iqtisodiy geografiya», «O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi», «Siyosiy geografiya», «Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari» fanlaridan, magistrantlarga esa «Geotizimlar haqida ta’limot», «Inson va tabiat munosabatlarining geografik asoslari», «Geografiya tarixi va metodologiyasi» kabi mutaxassislik fanlaridan dars berib kelishmoqda.
Kafedrada 5A140602-Geografiya (O‘rganish obyekti bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud bo‘lib, bugungi kunda 15 nafar magistrant tahsil olmoqda. Kafedra qoshida «Joy plani va mo‘ljal olish» nomli talabalar ilmiy to‘garagi faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garakka geografiya bo‘limining 50 yaqin talabalari a’zo hisoblanib, ular o‘zlarining dolzarb mavzulari bilan ma’ruza qilib kelishmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda, yetuk geograf kadrlar tayyorlashda ilm-fanni rivojlantirish hamda yosh avlodni Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda faol xizmat qilib kelishmoqda.