Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Iqtisodiy nazariya kafedrasi mudiri

Ergashev Islom Ismoilovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +99893 720-79-77
  • Elektron pochta: e_islom@samdu.uz

2002-2006 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;

2006-2008 yillar Samarqand davlat universiteti magistranti;

2008-2011 yillar Samarqand davlat universiteti aspiranti;

2012-2018 yillar Samarqand davlat universiteti iqtisodiy nazariya kafedrasi assistent;

2018-yildan Samarqand davlat universiteti iqtisodiy nazariya kafedrasi mudiri;

Kafedra faoliyati 1927-yilda boshlangan. U davrda «Sosial-iqtisodiy fanlar» kafedrasi nomi bilan yuritilgan. 1949-yildan boshlab «Siyosiy iqtisod» kafedrasi nomi bilan mustaqil kafedra sifatida ishlay boshlagan.

Dosent K.A.Pogrebinskaya kafedraning birinchi mudiri sifatida uning shakllanishiga va rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.

O’tgan asrning 60-yillarida N.Y.Abdurazzoqov, K.S.Saidov, Yu.N.Dunayev, N.U.Usmonov, V.Yu.Yashin, K.Y.Yo’ldoshev, E.A.Aliqulov, X.M.Sodiqova, B.M.Mirzaxo’jayev, E.N.Xo’jayev, X.B.Barakayev, N.Abdullayev, A.D.Daurov singari olimlar o’z nomzodlik dissertasiyalarini himoya qildilar. Keyinchalik Yu.N.Dunayev, K.S.Saidov, E.A.Aliqulov, L.V.Krivoruchkolar doktorlik dissertasiyalarini ham himoya qildilar.

Kafedra faoliyat ko’rsatgan davr mobaynida Dunayev Yu.N., Saidov K.S., Aliqulov E.A. kabi yetakchi professorlar kafedrani boshqarishgan.

1991 yildan buyon kafedra “Iqtisodiy nazariya” nomi bilan atalib kelinadi. 1993-2007 yillarda kafedrani i.f.d., prof. E.A.Aliqulov rahbarlik qilgan.

2008-2012 yilda kafedraga i.f.n., dosent B.X.Turayev rahbarlik qilib kelgan. Ushbu davr mobaynida 2 ta nomzodlik dissertasiyasi va 1 ta doktorlik dissertasiyasi himoya qilindi va 2 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilish arafasida.

2012-2017 yillarda kafedraga i.f.n., dos. B.M.Boboqulov, 2017-2018 yillarda i.f.n., dos. D.A.Nasimov rahbarlik          qilgan.

2018-yil 3-sentyabrdan kafedraga iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dos. I.I.Ergashev rahbarlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda kafedrada 16,5 shtat birligi bo’lib, 18 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib kelishmoqda. Jumladan, kafedra mudiri PhD, dos. Ergashev I.I., i.f.d., prof. To’rayev B.X., i.f.n., dos. Boboqulov B.M., i.f.n., dos. Alibekova S.L., i.f.n., dos. Quvondiqov Sh.O., i.f.n., dos. Nasimov D.A., i.f.n., dos. Nizamov A.N., i.f.n., dos. Yuldashev Sh.Q., i.f.n., dos. Eshtayev A.A., katta o’qituvchilar Djumayev A.X. va Mirzaxodjayev A.B., assistent o’qituvchilar Eshburiyev U.A., Djalolova S., Raximova.N., Sharipov S., Maxmudova M., Orziqulova Z. va Djanzakov B.Q. Kafedraning ilmiy salohiyati 2018-yilda 50,0% ni tashkil etgan.

Kafedra professor-o’qituvchilari iqtisodiyot va noiqtisodiyot yo’nalishlari bo’yicha hamda magistratura yo’nalishi bakalavriat talabalariga va magistrantlarga «Iqtisodiy nazariya», «Makroiqtisodiyot», «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi», «Iqtisodiy tarbiya nazariyasi», «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar», «O’zbekiston milliy iqtisodiyoti», «Iqtisodiy fanlarni o’qitish uslubiyati», «Institusional iqtisodiyot», «O’zbekistonning iqtisodiy tarixi», «Global iqtisodiy rivojlanish», «Mikroiqtisodiyot», «Ta’lim sohasida siyosat», «Bilimlar iqtisodiyoti», «Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovasion modellari», «Institusional nazariyalar», «Monetar siyosat nazariyalari», «Hozirgi zamon raqobat nazariyasi», «Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar», «Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash» fanlaridan dars berib kelishmoqda.

2018-2019 o’quv yilida kafedrada “Iqtisodiy nazariya” mutaxassisligi bo’yicha 4 ta ikkinchi bosqich va 9 ta birinchi bosqich magistrantlar (shundan 2 ta xorijlik magistrant) tahsil olishmoqda. Shuningdek, “Iqtisodiy nazariya” ixtisosligi bo’yicha doktaranturada   2 ta tayanch doktarant tahsil olishmoqda.

Mustaqilligi yillarida kafedraning umumiy ilmiy yo’nalishi bo’yicha B.M. Boboqulov, R. Seytmuratov, F. Niyazov, G. Ambarsumyan, L. Xoliqova, Sh. Yo’ldoshev, S. Alibekova, B. To’rayev, Sh. Quvondiqov, D.A.Nasimovlar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilishgan. 2011-yilda B.X.To’rayev, 2017-yilda M.T.Alimova doktorlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. 2018-yilda I.I.Ergashev iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini himoya qildi. Himoya qilingan dissertasiya mavzulari va ilmiy yo’nalishlari kafedraning ilmiy yo’nalishi bilan bog’liq bo’lib, mamlakatimiz iqtisodiyotining eng dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan.