Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Iqtisodiyot va tadbirkorlik mudiri

Seytmuradov Refat Ablayevich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998905307008
  • Elektron pochta:

1979-1984 yillar Perm davlat universiteti talabasi;
1984-1990 yillar Samarqand shahar kinap zavodi iqtisodchisi;
1990-1995 yillar Samarqand davlat universiteti iqtisodiy nazariya kafedrasi assistenti;
1995-2004 yillar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi katta ilmiy xodimi;
2004-2013 yillar Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi kafedrasi dotsenti;
2013-2015 yillar Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi kafedrasi professori;
2015-yildan Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi mudiri.

Xozirgi paytdagi SamDU tarkibida “Iqtisodiyot va tadbirkorlik” kafedrasi 2018-yilgacha “Iqtisodiyot”, “Iqtisodiyot va mehnat sosiologiyasi” kafedrasi “Umumiqtisodiyot fanlari” kafedrasidan 1997-yilda mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqib, o’z faoliyatini boshlagan. Kafedra faoliyatiga professor N.B.Bozorov, dosentlar B.M.Boboqulov, B.U.Bozorov, D.X.Aslanova, H.Q.Qosimov, N.U.Arabovlar rahbarlik qilgan. Bugungi kunda esa kafedraga iqtisodiyot fanlar doktori R.A.Seytmuratov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari 5230100 – Iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar), 5231700 – Kadrlar menejmenti, 5111000 – Kasb ta’limi (5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)) bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalarga hamda 5A230110 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti mutaxassisligi bo’yicha magistrlarga ta’lim berib kelmoqdalar.

Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab, kafedra o’z an’analarini davom ettirib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada 10 nafar professor-o’qituvchilar: jumladan, i.f.d., professorlar R.A.Seytmuratov, N.U.Arabov, dosentlar: B.U.Bozorov, B.Rahmatov, Z.Rahimov, assistentlar N.U.Ulug’murodova, A.A.Abdusaidov, N.Sh.Mansurova, F.A.Djalilovlar faoliyat yuritishmoqda. Shuningdek, kafedrada S.B.Boboqulov katta ilmiy xodim izlanuvchi va N.U.Ulug’murodova, A.A.Abdusaidov, N.Sh.Mansurova, F.A.Djalilovlar mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Assistent B.S.Boltayev Turkiyadagi Mugla universitetida Ph.D. darajasini olish uchun doktoranturada tayyorgarlik ko’rmoqda.

Keyingi 5 yil mobaynida kafedrada 1 ta fan doktori dissertasiyani muvoffaqiyatli himoya qilib, ilmiy darajaga ega bo’ldi. Kafedra faoliyatida dastlab “Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti” va keyinchalik “Mehnat iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo’yicha 120 dan ortiq magistrlar tahsil olib, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida o’z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Kafedra professor-o’qituchilari tomonidan 5 ta darslik (Inson taraqqiyoti, Ijtimoiy soha iqtisodiyoti, Mehnat birjalari va bandlik), 7 ta o’quv qo’llanma (Sosial iqtisodiyot, Xorijda ish haqini tashkil etish, Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy himoya, Aholi turmush tarzi va daromadlari), Personal motivasiyasi) va 10 dan ortiq uslubiy qo’llanmalar chop ettirilgan.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, kafedrada “Ustoz-shogird” tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari “Yosh tadbirkor” ilmiy to’garagi faoliyat yuritib, to’garakning ilg’or talabalari fan olimpiadalarida faol ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda.