Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Kafedra mudiri

Xamroqulova Shoxista Shamsidinovna

2001-2005 - yillar Samarqand Davlat universiteti talabasi;
2005-2007 - yillar Samarqand Davlat universiteti magistranti;
2007-2010 - yillar Samarqand Davlat universiteti aspiranti; 
2011-2015 - yillar Samarqand Davlat universiteti «Umumiy tarix» kafedrasi o‘qituvchisi;
2015-2018 - yillar Samarqand Davlat universiteti «Jahon tarixi» kafedrasi o‘qituvchisi;
2018-yildan Samarqand Davlat universiteti «Jahon tarixi» kafedrasi mudiri.

Jahon tarixi kafedrasi tarixidan

Jahon tarixi kafedrasi Samarqand davlat universitetining to‘ng‘ich kafedralaridan. U 1927 yilda tashkil etilgan oliy pedagogika instituti tarkibidagi dastlabki 12 kafedraning biri, universitetimiz tengdoshi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Urush yakunlanib borayotgan 1944 yil oktyabrida O‘zDU bilan bir vaqtda Umumiy tarix kafedrasi faoliyati ham tiklandi. 1949 yil boshlaridan kafedrani dots D.N.Lev boshqardi.
1965 yilda Umumiy tarix jamoasida kafedra mudiri, dotsent D.N.Lev, rahbarligida dotsentlar - Rustamov S.R., Samiboyev K.X., Abduraximova M.Yo., katta o‘qituvchi Yuldasheva X.M., assistentlar Ortiqov M.Z., Jo‘raqulov M.J., Narziqulov I.N., Mirzayev A.M. Zoxidova M.Z., Vorobev I.L., Xakimova O., 1966 yil oxirlaridan Fayziyev Sh.F. faoliyat ko‘rsatdilar.

1971 yilda tarix fakulteti tarkibida arxeologiya kafedrasi tashkil etilishi munosabati bilan Umumiy tarix kafedrasining shu soha va qadimgi dunyo tarixi bilan shug‘ullanuvchi kadrlari o‘z o‘quv yuklamalari bilan yangi kafedraga o‘tkazildi. Bular orasida M.J.Jo‘raqulov, M.Ya.Abduraximova, R.R.Mukasheva va boshqalar bor edi.

K.H.Samiboyev mudirlik qilgan (1967-1977 yy.) davrda Umumiy tarix kafedrasi har tomonlama rivojlandi. 1967 yilda kafedrada 14 nafar professor – o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, ulardan yettitasi ilmiy darajali bo‘lgan.

Pirimqulov Sh.D. 1985 yildan boshlab «Umumiy tarix» kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 1991 yil mart oyida «1941-1946 yillarda polyak fuqarolari SSSRda» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.

Kafedrani 2009-2012 yillarda dots. B.T.To‘raqulov boshqardi. 2012 yildan 2018 yilgacha  dots.M.M.Xashimova boshqardi. 2018 yildan bugungi kungacha Sh.Sh.Xamroqulova boshqarib kelmoqda. Kafedraning nomi 2015 yil sentyabrda «Jahon tarixi» deb nomlandi.  Hozirgi kunda «Jahon tarixi» kafedrasida 13 nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada 10,25 shtat birligida 12 ta professor-o‘qituvchi bo‘lib, shulardan 9 nafari asosiy  shtatda, 2 kishi o‘rindoshlik asosida va 1 nafar texnik xodim. Tarix fanlari doktori, professor E.Z.Nuriddinov, fan nomzodlari, dotsentlar M.R.Raxmatullayev, M.M.Hoshimova va B.T.To‘raqulov, katta o‘qituvchi S.O‘sarov, ilmiy ish olib borayotgan assistentlar H.U.Gadoyev, F.Rashidova, M.B.Yakubova, Sh.Hamroqulova, S.Sh.Pirimqulova, S.Ya.Umarov, L.Elimov va F.Rayimov, kafedra texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodim faoliyat olib bormoqda.

Kafedraning bosh mavzusi “Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tarixi va tarixshunosligining dolzarb masalalari (XX asrnnig oxiri – XXI asr boshlarida)”

Jahon tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ilmiy faoliyati to‘g‘risida. Xashimova Mukaddas Muradxanovna "Migratsion jarayonlarning Markaziy Osiyo respublikalari tarixida tutgan o‘rni (XIX asr oxiri XX asr o‘rtalari)”, Usarov Sirojiddin Raxmatullayevich “O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari o‘rtasida davlatlararo hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixi (Indoneziya, Malayziya, Singapur misolida)”, Gadoyev Hamro Usanovich “XX asrning 20-50 yillarida Kavkaz xalqlarining Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari hududiga surgun qilinishi (balkarlar, qorachoylar, qalmiqlar va greklar misolida)”, Yakubova Muxtaram Bakayevna “Vklad nemetskoyazыchnыx issledovateley v izuchenii istorii Sentralnoy Azii”, Rashidova Feruza Shomuxammedovna “Vklad zarubejnыx investitsiy v formirovaniye i razvitiye malogo biznesa i chastnogo predprinimatelstva v Respublike Uzbekistan (Istoricheskiy aspekt)”, Hamroqulova Shohista Shamshidinova “Qozog‘istondagi o‘zbeklarning respublika fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi”, Umarov Sardor Yakubovich “Globallashuv sharoitida O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya davlatlararo hamkorligining shakllanishi va rivojlanishi” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.