Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Kafedra mudiri

Eshnazarov Jurakul

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998937221829
  • Elektron pochta: JEshnazarov@samdu.uz

1963-1964-yillar Urgut tumanidagi 45-maktab o‘qituvchisi
1994-1966-yillar Harbiy xizmatda
1966-1966-yillar Urgut tumanidagi Zarafshon jamoa xo‘jaligi yoshlar qo‘mitasi kotibi
1968-1972-yillar Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi
1972-1973-yillar Samarqand davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi
1973-1976-yillar Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti
1976-1989-yillar Samarqand davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, kafedra mudiri, jismoniy tarbiya fakulteti dekani, dekan o‘rinbosari, pedagogika fakulteti dekani
1989-1991-yillar Samarqand davlat pedagogika instituti partiya qo‘mitasi kotibi
1991-1992-yillar Samarqand davlat pedagogika instituti sirtqi bo‘lim bo‘yicha prorektori
1993-1997-yillar Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi kafedrasi mudiri
1997-2012-yillar Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti dekan vazifasini bajaruvchisi
2012-2015-yillar Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sport o‘qitish metodikasi kafedrasi professori
2015-2016-yillar Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi professori
2016-yildan Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri

Kafedra 1968 yilida jismoniy tarbiya fakulteti tarkibida tashkil etilgan bo‘lib jismoniy tarbiya nazariyasi va gimnastika nomi bilan yuritilgan. 1993 yildan kafedraning nomi jismoniy madaniyat nazariyasining asoslari deb yuritilgan. 1998 yildan kafedraning nomi jismoniy madaniyat nazariyasi va yengil atletikani o‘qitish metodikasi deb yuritilgan.

Qator yillar davomida kafedraga R.Abdumalikov, J.Eshnazarov, L.K.Maslakova, X.Rafiyev, T.Qurbonov va A.Mamadiyarovlar rahbarlik qilib kelgan. 2008 yildan hozirgacha kafedrada Sh.Aminjonov rahbarlik qilmoqda. 2005 yili fakultetlar va kafedralarni qo‘shilishi munosabati bilan jismoniy madaniyatning tibbiy-biologik asoslari kafedrasi jismoniy madaniyat nazariyasining asoslari kafedrasi bilan qo‘shilgan.

Kafedra tashkil etilganda kafedraning a’zolari 5 kishidan iborat bo‘lgan.

Mustaqillik yillarida kafedraga bir qator iqtidorli yoshlar ishga qabul qilingan va hozirgi vaqtda uning tarkibida 10 ta professor-o‘qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedra tashkil etilganda uning tarkibida 1 ta fan nomzodi (R.Abdumalikov, J.Eshnazarov) bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib 1 ta fan doktori, professor (E.N.Nuritdinov) va 3 ta fan nomzodi, dosentlar (Sh.A.Aminjanov, B.T.Haydarov va Y.M.Masharipov) faoliyat olib borishmoqda.

Ilmiy-tadqiqot ishlari kafedraning bosh ilmiy mavzusi asosida o‘tkazilib kelindi va uning natijalariga ko‘ra 2 ta fan nomzodi tayyorlandi va doktorlik dissertasiyalari ustida ish olib bormoqda (Z.Boltayev, T.Xoldorov, R.Abdumalikov, J.Eshnazarov).  

Bundan tashqari 6 ta monografiya ham yozilib chop etilgan. Hozirgi vaqtda 3 ta nomzodlik dissertasiyasi tayyorlangan va muhokamaga tavsiya etilgan. Kafedraning barcha yosh iqtidorli o‘qituvchilari ilmiy-izlanuvchanlik bilan shug‘ullanib o‘z dissertasiyalari ustida ish olib borishmoqda. Istiqlol yillari davomida kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan yozilgan ilmiy maqolalar «Fan sportga», «Pedagogik ta’lim», «O‘zbekiston biologiya jurnali» va «SamDU ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi» kabi nufuzli ilmiy jurnallarga chop etilgan.

Bundan tashqari respublika va xalqaro miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan ilmiy anjumanlarga ham kafedra professor-o’qituvchilarini ilmiy maqolalari chop etilib kelingan. Ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish va malakali ilmiy kadrlar tayyorlash uchun kafedra Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya fanlar akademiyasi tasarrufidagi I.M.Sechenov nomidagi evolyusion fiziologiya va biokimyo ilmiy tadqiqot instituti bilan ilmiy shartnoma tuzgan.

2003 yilda kafedra qoshida magistratura tashkil etilgan va hozirgi vaqtgacha 50 dan ziyod yuqori malakali magistrlar bitirib oliy va o’rta maxsus kasb ta’limi tizimida hamda sport tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatib kelinmoqda.

Mustaqillik yillarida kafedrada ta’lim olgan R.Nosirov, Ye.Piskunova, I.Pak, A.Kotlyarova, R.Toshmatov, T.Yavorskiylar yengil atletika sport turlari bo‘yicha respublika, Osiyo va xalqaro musobaqalarga faol qatnashib Osiyo va Jahon chempionlari bo‘lishgan.

Bugungi kunda kafedrada 1ta fan doktori, professor; 1ta fan kandidati, professor; 2 fan kandidati, dosent va 13ta o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda.