Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Kafedra mudiri

Ikromov Isroil Akramovich

1979-1982-yillar Samarqand davlat universiteti talabasi
1982-1985-yillar Moskva davlat universiteti talabasi
1985-1985-yillar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, matematika instituti Stajyor tadkikotchi
1985-1988-yillar Moskva davlat universiteti aspiranti
1988-1991-yillar Samarqand davlat universiteti assistent
1991-1994-yillar Toshkent davlat universiteti doktoranti
1994-2001-yillar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Samarqand bulimi Katta ilmiy xodim
2001-yildan Samarqand davlat universiteti kafedra mudiri

Matematik analiz kafedrasi SamDU da dastlab tashkil etilgan kafedralardan biri bo‘lib, u 1934 yilda tashkil qilingan. Birinchi kafedra mudiri dotsent V.P.Solov’ev. Ulug‘ vatan urushigacha bu kafedrada M.S.Sobirov, R.I.Iskandarov, SH.T.Maqsudov va boshqalar ishlagan. 1944 yilda universitet qayta tiklangandan keyin kafedraga 1945-1961 yillarda dotsent M.S.Sobirov mudirlik qilgan.

Kafedraga 1961-1966 yillarda dotsent X.A.Abdullaev, 1966-1972 yillarda   O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi M.S.Sobirov, 1972-1984 yillarda dotsent A.N.Nazarov, 1985-1994 yillarda dotsent U.E.Mamirovlar mudirlik qilgan. 1994 yildan hozirgi kungacha professor I.A.Ikromov kafedrani boshqarmoqda. Kafedra qoshida maxsus kurslar tinglagan va faoliyat ko‘rsatib doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar: Abdalimov B., Xudaynazarov X., Xo‘jayorov B., Safarov T., Begmatov A.X., Kornienko V.V., Ikromov I.A., Djalilov A.A., Qosimov SH.G‘., Roziqov O‘. A., Abdullaev J.I., Imomqulov S.A.  Kafedra qoshida magistratura, tayanch doktarantura (aspirantura), doktorantura faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.  1965 yillarda xozirgi kungacha kafedra bitiruvchilaridan       40 dan ziyod nafari nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya qilishgan. Kafedraning bitiruvchilari Davlat boshqaruv tashkilotlarida , Tuman xalq ta’limi mudiri, KHK va AL direktorlari, ichki ishlar xodimlari va umumta’lim maktab direktorlari vazifalarini bajarishgan va bajarishmoqdalar.

Turli yillarda kafedrada quyidagi professor o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishgan: Qabulov R., Ro‘ziev J., Nazarov A., Asrorov YA., Nurimov T., Hamroev Q., Rabbimov A.S., Mamatqulov A., Soliev A., Ashurov R., Musaev A., Aymatov Q., Otaqulov S., Laqaev S.N. Abduqodirov Z., Mamatqulov H.,Ochilov P.I., Islomov I., Kornienko V.V., Begmatov A.H., Ibragimova S.G., Muyasarov A., Sunnatov X.M., Matniyazov B., Boqiev Q., Pozdniyakova N.S. Mamatov SH.

Kafedra bir qancha xorijiy davlatlarning  MDU (Moskva), Kiel (Germaniya)  universitetlari bilan hamkorlikda ilmiy uslubiy ishlar olib bormoqda. Kafedra o‘qituvchilari Ikromov I.A. (Italiya , Germaniya, Turkiya, Koreya), Mardiev R. (Fransiya), Arziqulov A.U. (Angliya, Turkiya), Absalamov A.T. (Italiya, AQSH)  xorijiy davlatlarda ilmiy safarlarda bo‘lganlar. Bugungi kunda “Maxsusliklar nazariyasi va uning tadbiqlari” nomli ilmiy seminar professor Ikromov I.A. rahbarligida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Prof. I.A.Ikromov  va dots. U. Mamirov “Mustaqillikning 25 yilligi ” ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldilar. Prof. Ikromov I.A. 2015 yil “Yilning eng yaxshi tadqiqotchisi”, Dotsent A.U.Arziqulov 2010 va 2015 yillarda “Yilning eng yaxshi pedagogi” tanlovlari g‘olibi bo‘lganlar. Dots.  A.G‘oziev ning o‘quv qo‘llanmasi 2016 yil “Yilning eng yaxshi o‘quv qo‘llanmasi”  tanlovi g‘olibi  bo‘lib vazirlikning maqtov yorlig‘i bilan taqdirlangan. Kafedra matematika, mexanika, amaliy matematika va informatika, fizika va pedagogika yo‘nalishlarigi matematik analiz va matematika fanlarini o‘qitishni ta’minlab kelmoqda. Shu bilan birga bakalvriat va magistraturaning matematika yo‘nalishiga ixtisoslik va  tanlov fanlaridan ta’lim berib kelmoqda.

Kafedrada 3 ta ilmiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda:

1. Tebranuvchan integrallar nazariyasi (Ikromov I.A., To‘raqulov D.D., Hasanov G‘.O., Safarov A.R., Usmonov S., Muronov SH.A.).

2. Analitik funksiyalarning chegaraviy masalalari va singulyar integral tenglamalar (G‘oziev A., Absalamov T., Mardiev R., Fayzullaeva B.).

3.   Matematik analizni o‘qitish nazariyasi va metodikasi (G‘oziev A., Mamirov U.E., Ashurova Z., Fayzullaeva B., Arziqulov A.U.)

KAFEDRA PROFESSOR - O‘QITUVCHILAR TOMONIDAN YARATILGAN

DARSLIK, O‘QUV-QO‘LLANMA va MONOGRAFIYALAR

 

prof.Ikromov I.A.

  1. Tebranuvchan integrallar va ularning tatbiklari 2003 y o‘quv qullanma (magistrlar uchun)
  2. Estimates for  maximal functions  and related problems of harmonic analysis associated to hypersurfaces in $\mathbb{R}^3$. Acta mathematika, 204(2010), no. 2, 151-271. Печ. 120 M. Kempe  and D. Mueller
  3. Fourier Restriction for Hypersurfaces in three dimensions and Newton Polyhedra. Annals of Mathematics studies Number 194, Monograph . Princeton University,  Press 2016 ,  258.    D. Mueller  

 prof. G’oziyev.

  1. Matematik analizdan misol va masalalar to‘plami (o‘quv qo‘llanma) (I.Isroilov va M. Yaxshiboevlar bilan hamkorlikda) 2005 y. 283 bet. Toshkent   2006 y.  
  2. Funksiyalar va grafiklar (o‘quv qo‘llanma) (I.Isroilov va M. Yaxshiboevlar bilan hamkorlikda) 592 bet. Toshkent 2005 y.  

 3. Matematik analizdan misol va masalalar to‘plami, O‘quv qo‘llanma (3-qism) . 2012 y. Fan va texnologiya nash. (I.Israilov, M.Yaxshiboevlar).

4. Matematik analizdan misol va masalalar to‘plami, O‘quv qo‘llanma (4-qism) 2013 y Fan .nash.(I.Israilov, M.Yaxshiboevlar).

5. Matematik analizdan misol va masalalar to‘plami, O‘quv qo‘llanma (2-qism) 2012 y Fan .nash.(I.Israilov, M.Yaxshiboevlar).

     Kafedrada  a’zolari  quyidagi  xalqaro va respublikamizning grantlari  sovrindorlari bo‘lganlar:

Prof. I.A.Ikromov. - Germaniyaning Kiel universitetining DFG (USB-486 raqamli) fondi granti (2001-2019 yillar), Italiyaning Triest shaxridagi xalqaro nazariy fizika markazi granti (2002-2003), O‘zbekiston Respublikasi O‘zFA FTKK fondi 70 – 06 2005 yil.           I.A.Ikromov 2001 yildan hozirgi kunga qadar Germaniyaning Kiel universiteti professori D.Myuller bilan hamkorlikda DFG fondi granti asosida ilmiy ishlar olib bormoqda.  U  1996-2004 va 2007-2013 yillarda  Italiyaning Abdus Salam nomidagi xalqaro nazariy fizika ilmiy markazining a’zosi bo‘lgan.  OT-F4-69 «Garmonik analiz, darajali geometriya va ularning matematik fizika masalalariga tatbiqlari» (2017, O‘zbekiston)

Prof.A.A.Djalilov. - Italiyaning Triest shaxridagi xalqaro nazariy fizika markazi granti (2002 yil), Germaniya DAAD ilmiy granti (2004 yil). Fransiya shaxrining Lill 1 universiteti ilmiy granti (2005 yil), Angliyaning Qirolicha jamiyati ilmiy granti (2004-2006 yillar).

Kafedraning bitiruvchilari

1967 yilda kafedra qoshida G‘oziev A., Tursunqulov M., Nazarov A. lar tashabbusi bilan  “Analitik funksiyalarning chegaraviy masalalariva singulyar integral tenglamalar”  yo‘nalishi bo‘yicha maxsus kurs tashkil etilgan bo‘lib hozirgi kungacha faoliyat ko‘rsatmoqda. 1971 yildan hozirgacha 1060 dan ortiq talaba kafedra mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan.     Kafedra qoshida tashkil qilingan maxsus (tanlov fanlar) kurs tinglovchi talabalardan 6 nafari  Absalomov A. (akad. A.Otaxujaev nomidagi davlat stipendiya sovrindori), Jo‘raeva A. (Beruniy nomidagi davlat stipendiya sovrindori, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi), Qalandarova M. (Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi), Eshtemirova L. (Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi). Ibrogimov O. 2016 yil Shvetsiariyaning Bern universitetida falsafa doktori (PhD) darajasini oldi. Hozirgi kunda Bern universitetida doktoranturada tahsil olmoqda. Ibragimov Z. Prezident stipendianti sovrindori,  Respublika bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlari tanlovida  birinchi   o‘rinni egallagan. Kafedraning dastlabki magistrlaridan Kuliev K, Dustmurodova G., Kulieva G., Kornienko D. (1999-2001), , Nurmatov X. (2000-2002),  Sattorov A, Achilov A., Xudoyberdiev G‘. (2001-2003), (Chexiya Respublikasida magistratura va doktoranturada  o‘qidilar). Bundan tashqari Kuliev K va Kulieva G.lar Shvetsiya davlatining “Litsentiat” ilmiy darajasini olishga ham muvoffaq bo‘ldilar. Ahatqulov H (Malayziya) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra aspirantlaridan  Hasanov G‘., (2004 yil) va Shoymardonov SH. (2005 yil) Italiya shaxridagi xalqaro nazariy fizika markazida ilmiy stajirovkada bo‘ldi, 1-kurs aspiranti Absalomov A. 2007 yil Italiya shaxridagi xalqaro nazariy fizika markazi tanlovining sovrinni qo‘lga kiritib, 1 yil Triest shaxrida o‘qishni davom ettirdi. Ikromova D.I. (Italiyaning Triest shahridagi Xalqaro nazariy fizika ilmiy markazda  bir yillik malaka oshirish kursini  o‘tadi (2014-2015), Akramov I.I.  Germaniyaning  Bremen universitetida magistraturani tugatib (2015-2016) , Germaniyaning Hannover universiteti aspiranturasida o‘qimoqda. Kafedraning tayanch doktoranti A.Safarov 2017 yil Toshkent shahrida “XXI asr-intellektual avlod asri” shiori ostida o‘tkazilgan yosh olim va talabalarning yakuniy V respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining aniq fanlar yo‘nalishida qatnashib, 1-o‘rinni egalladi.