Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri

Djalilov Ergash Kenjayevich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: 998933366140
  • Elektron pochta: e-jalilov@mail.ru

1981-1992 yillar Samarqand davlat pedagogika instituti musiqa pedagogikasi fakulteti o'qqtuvchisi;
1992-2005 yillar Samarqand davlat universiteti musiqa pedagogikasi va cholgu ijrochiligi kafedrasi o'qituvchisi;
2015-yildan Samarqand davlat universiteti Musiqa ta’limi kafedrasi mudiri.

Kafedra 1969-yilda o’zbek tili va adabiyoti fakultet qoshida tashkil etilgan bo’lib, “Musiqa va ashula” kafedrasi deb nomlangan.

Kafedraga uzoq yillar dosentlar Ya.Haqqulov, F.Obidov, N.Valixo’jayev, B.Ashurov, N.Tolliboyev va B.Roziqovlar rahbarlik qilib kelganlar.

2011-yil kafedraning nomi «Musiqa o’qitish metodikasi va xalq cholg’u asboblari» kafedrasi va 2015-yil kafedralar birlashganligi sababli “Musiqa ta’limi” kafedrasi deb nomlanib, ayni kunda katta o’qituvchi  E.Djalilov rahbarlik qilib kelmoqda. 

Kafedrada talaba yoshlarga bilim va ilm berishda 1ta O’zbekiston xalq artisti, professor, 4 ta dosent, 1 ta (PhD) doktor, 1 ta O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, 4 ta katta o’qituvchi, 13 ta o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Barcha kafedra professor – o’qituvchilari doimo izlanishda.

Hozirgacha musiqa ta’lim yo’nalishini tugatgan talabalar o’sish dinamikasi 1969-2015 yillar mobaynida 2080 ta oliy ma’lumotli umumta’lim, kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim uchun kadrlar tayyorlab bergan, bundan tashqari 64 nafar magistrlarni tayyorlashda kafedra professor-o’qituvchilarining mehnati cheksiz. Yo’nalishni tugatgan talabalra xalq xujaligini turli sohalarida samarali mehnat qilib kelmshmaqdalar: Respublika milliy-mafkura bo’lim boshlig’i pedagogika fanlari doktori professor Muhammadjon Quronov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Vaxobiddin Baxriyev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Ravshan Hamroqulov, O’zbekiston bastakorlar uyushmasi a’zosi Javodbek Kozimov, Shuhrat ordini sohibi kattaqurg’olik Sayidmurod Botirov, dosent Nishonboy Qiyomov, fakultetimizda faoliyat kursatayotgan  professor-o’qituvchilarimiz va magistraturani tugatib ishlayotgan o’qituvchilarimizdan. M. Murodov, J.Xodjayev, B.Boltayev, U.Boliyev, Sh.Shayqulov, G.Daronova, Z.Karimovlar  shular jumlasidandir.

Professor A.Ergashevning 2009-yil “San’atga baxshida umr” video filmi Respublika miqiyosida san’at ixlosmandlariga havola etildi.

Kafedrada talabalarining mustaqil ilmiy faoliyatini rivojlantirish va jonlantirish maqsadida  “Oxang” ilmiy  to’garagi, talabalarni bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish uchun “Guldasta” xor jamoasi, “Dutorchilar”, “Vokalchilar” to’garaklari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bu to’garaklarda faol qatnashayotgan talabalar iste’dodli va iqtidorli talabalardir. Kafedra respublikamiz oliy o’quv yurtlaridagi nomdosh kafedralar bilan ijodiy hamkorlikda bo’lib, musiqa pedagogikasining dolzarb muammolarini hal qilishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra professor – o’qituvchilari kafedraning bosh ilmiy mavzusidan kelib chiqgan holda o’zlarining ilmiy pedagogik faoliyatini amalga oshirib kelmoqdalar bosh mavzu: “Musiqa san’ati orqali o’quvchi va talaba yoshlar shaxsini shakllanitrishning nazariy va uslubiy asoslari” deb nomlanadi. Hozirga qadar kafedra professor – o’qituvchilari bir qancha uslubiy qo’llanmalar, uslubiy tavsiyalar va ilmiy maqolalar chop etishgan. Bularning barchasi viloyat va Respublikada musiqa ta’lim tarbiyasida as qotib kelmoqda. Bunga dos.N.Tolliboyevning I.Qudratov bilan hamkorlikda  Fan nashriyoti tomonidan chop etilgan “Boshlang’ich sinf musiqa darslarida o’zbek xalq qo’shiqlarini o’rgatish” nomli o’quv uslubiy qo’llanmasi, dos.N.Tolliboyev va katta o’qituvchi A.Toshpulatovlarning  “O’zbek xalq qo’shiqlarini o’rganish davr taqazosi” nomli uslubiy qo’llanmasi, katta o’qituvchi E.Djalilovning “Pedagogik amaliyotning sifat va samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari” nomli uslubiy qo’llanmasi va “Maktab repertuari” fanidan  namunaviy o’quv dasturi, 2011-yil «Maktab repertuari» nomli o’quv qo’llanmasi O’zbekiston milliy universiteti bosmaxonasida chop etildi.  dos.R.Xamroqulovning “Barhayot navolar” nomli uslubiy qo’llanmasi, “Qashqar va afg’on rubobi” nomli uslubiy qo’llanmalari  shular jumlasidandir.  

Katta o’qituvchi A.Odilovning “Doira uchun pesalar” nomli uslubiy qo’llanmasi chop etilgan.

Kafedra dos. I.Qudratov 2012-yil «Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini maktab ta’limiga tayyorlash tizimini takomillashtirishning didaktik asoslari» (o’zbek mumtoz musiqasi materiallari asosida) mavzusida doktorlik ishi mavzusini tasdiqdan o’tkazdi.

Kafedrada qoshida Musiqiy ta’lim yo’nalishida magistrtura mavjud bo’lib, hozirda birinchi va ikkinchi bosqich magistrlari 7 nafarni tashkil qilib, ular hozirda musiqa ta’lim – tarbiyasining dolzarb muammolari to’g’risida magistrlik dissertasiyasi himoya qilish borasida tinmay izlanishda. Ularga nazariy va amaliy bilim berishda kafedra professor – o’qituvchilari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.