Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Kafedra mudiri

Kuziyev Mirzoxid

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +99894 287-43-26
  • Elektron pochta:

Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti

«Odam va   hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo»

kafedrasi tarixi haqida

 

Kafedraning rivojlanish tarixi.

     Kafedra universitetning Biologiya fakulteti  qoshida 1934-yildan boshlab «Odam va   hayvonlar fiziologiya» kafedrasi nomi bilan faoliyat ko’rsata boshlagan, kafedra mudiri lavozimida V.V. Popov ishlagan. 1944-yilda mazkur kafedraga «Biokimyo» kafedrasi bilan qo’shilish natijasida va u yangi nom - «Odam   hamda   hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi» bilan nomlangan va uni prof. P.M.Faktorovich boshqargan. So’ngra, 1970 yilgacha mazkur kafedrani taniqli fiziolog olim, B.Yu.Hamraqulov boshqargan. Bu davrda «Oziqlanish fiziologiyasi», «Elektrofiziologiya», «Gematologiya» hamda «Mikroelementlar biokimyosi» bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan Chianurov D.A., Mamayeva T.N., Ataullaxanov I.A., Abdullayeva D.A., Qodirova S.Z., Isaqov X.I., Baqoyev F.B., Tog’aynazarov A.Sh. kabi mutaxassislar ishlagan.

         Kafedraning ilmiy izlanish ishlariga prof. L.N.Lapin rahnomolik qilgan. Bu davrda kafedra a’zosi Ataullaxanov I.A. doktorlik dissertasiyasini yoqlagan.

         Kafedraning 1970-1972 yillarda universitet rektori lavozimida ishlagan, akademik Yo.X. To’raqulov boshqargan. 1972-1993 yillarda bu vazifani prof. Rish M.A. davom ettirgan «O’zbekistonning biokimyoviy mintaqalarida chorvachilikni rivojlantirishda mikroelementlardan foydalanish» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishga rahbarlik  qilib, «Mikroelementlar biokimyosi» muammoviy laboratoriyasini tashkillashtirgan. Uning rahbarligida 6 ta fan doktori va 60 ga ya qin fan nomzodlari tayyorlanib, biokimyogarlar maktabi yaratilgan.

         1993-1998 yillarda kafedrani prof. Nuritdinov E.N. boshqargan.  Bu davrda «Oliy nerv faoliyatining neyropeptidli boshqaruvi mexanizmi» mavzusida ilmiy ishlar olib borgan. 1998 yilning sentyabrdan to 1999 yilning mart oyigacha kafedra mudirligi lavozimini dost. Boqayev F.B. bajargan.

         1998 yilda kafedraga sobiq Samarqand Davlat pedagogikа instituti «Odam anatomiyasi va fiziologiyasi» kafedrasining  qo’shilishi munosabati bilan kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati yanada oshgan. 1999 yilni mart oyidan 2005 yilning mart oyigacha kafedrani prof. M.O’. O’ralov boshqaragan.  «Hayvonlar biologiyasining evolyusion, eko-fiziologik va biokimyoviy asoslari» mavzusida ilmiy izlanishlar olib borilib, kafedra a’zolaridan Rajabov A.I., Bozorov B.M., G.A. Dushanovalar nomzodlik dissertasiyalarini muvoffaqiyatli  yoqlashdi va kafedraning ilmiy salohiyati yanada oshdi.

         2005 yilda kafedraga «Genetika va biotexnologiya kafedrasi» birlashtirildi va uning nomi «Fiziologiya, genetika va biokimyo» kafedrasi bilan atalagan. 2005 yil 29-martdan boshlab, 2011 yil iyungacha kafedraga dosent Safin M.G. mudirlik qilgan. U kishi kafedrani boshqargan paytda prof. Urolov M.U. bilan birgalikda №31.04 xalqaro granti bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan hamda shu bo’yicha 14 ilmiy maqolalar xorijiy davlatlar jurnallarida chop etilgan. (ilmiy raxbar prof. Nizomov). 2009 yilda kafedra aspiranti Ioselevich M.A. nomzodlik dissertasiyasini himoya qilib, tasdig’ini oldi (rahbar: prof. Rajamurodov Z.T.) Shu yillardan shu davrda 3ta yo’nalishda (5A420105-Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 5A420109-Biokimyo, 5A420110-Biotexnologiya) magistratura mavjud bo’lgan. 2011 yil iyundan boshlab, 2012-yil yanvargacha kafedraga yetakchi olim prof. Z.T.Rajamurodov rahbarlik qildi. U kishi raxbarligida magistrlar, tadqiqotchi-stajyorlar «Kovshovchi hayvonlarda hazm jarayonlari fiziologiyasi» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedrada u kishi rahbarligida 2 ta tadqiqotchi-stajyor va magistrlar ilmiy izlanishlar olib borgan.

        2012 yil yanvardan mart oyigacha kafedrani biologiya fanlari doktori Ismayilov Z.F. boshqargan. 2012 yil apreldan 30.12.2013 yilgacha, dosent B.M.Bozorov mudirlik qilgan. Ushbu yillarda kafedrada ishlab kelayotgan ilmiy tadqiqotchi   ass. Ismayilova M. A. 2012 yil iyun oyida nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’ldi (ilmiy rahbari akademik Soatov T.S.). 

2018-Yildan keying tarixi

         2018 yilda kafedraning tayanch doktaranti M.S. Kuziyev biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini yoqladi (ilmiy rahbari professor Z.T. Rajamurodov).

         Shu yili kafedraning assistenti, mustaqil tadqiqotchisi Yu.S. Ro’ziyev biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini yoqladi (ilmiy rahbari professor A. K. Miraxmedov).

2018-yil sentyabrdan boshlab «Fiziologiya, genetika va biokimyo»  kafedrasi ikkita alohida kafedralarga ajratildi va ulardan biri “Odam va hayvonlar fiziologiyasi ва биокимё” kafedrasi nomi bilan atala  boshladi. Ushbu kafedraga PhD. M.S. Kuziyev rahbarlik qilib kelmoqda.

 Bugungi kunda Кафедрада жами бўлиб 11 та профессор-ўқитувчи мавжуд, шундан 7 нафар илмий даражали (64%), 4 та илмий даражасиз (45). Шулардан 1 та фан доктори ва профессор. 4 та фан номзоди, 2 та PhD, 4 та доцент, 2 та PhD ассистент, қолган ўқитувчилар илмий даражага эга бўлмаганлар.

        Kafedrani yutuqlarga to’xtaladigan bo’lsak, 2010 yilda prof.Rajamurodov Z.T.ning «Odam va hayvonlar fiziologiyasi» darsligi nashrdan chiqdi va yilning eng yaxshi darsligi ko’rik tanlovida faxrli 3-o’rinni egalladi. 2013 yilda Rajamurodov Z.T., Bozorov B.M., Rajabov A.I. larning «Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi» darsligi oliy ta’lim vazirligi tomonidan nashr etildi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari.

        Kafedra a’zolari “Zarafshon vohasi bioresurslaridan samarali foydalanish hamda kafedra fanlarini yangicha pedtexnologiya va innovasiya asosida o’qitishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusida istiqbolli rejadagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

1. Mayda shoxli hayvonlarini yaylov va uy sharoitidagi oziqa bilan oziqlantirilganda fiziologik va biokimyoviy ko’rsatkichlarining o’zgarishi va ularning hayvonlar mahsuldorligiga ta’siri. Prof. Rajamuradov Z.T.,  dos. Bozorov B.M. PhD. M.S. Kuziev.  ass. D.G’. Xayitov, ass. Haydarov S. ilmiy tadqiqotchilar, magistraturalar.

        2. Dos. Safin M.G., ass. Ro’ziyev Yu.S., magistrlar. Qorako’l qo’ylarining ikterogemoglobinuriya kasalligini etiologik-biokimyoviy jihatlarini o’rganish. Bajaruvchilar.

       3. Dos. A.E. Rajabov Ass. N.B.   Raxmatova magistrlar. Tayloq va Samarqand tumanlari sharoitida o’stiriladigan ayrim madaniy o’simliklarning mikroelementar tarkibini, ularning mahsuldorligiga ta’sirini o’rganish.  

  Kafedraning professor-o’qituvchilari mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o’rganish bilan birga, ilmiy-tadqiqot rejasiga muvofiq bajarilgan ishlarning yakuni bo’yicha konferensiyalar materiallarida, to’plamlarda, ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarni nashrdan chiqardilar.

Kafedraning o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha faoliyati.

    Kafedrada o’qitilayotgan umumiy fanlar, tanlov fanlari va ixtisoslik fanlaridan o’zbek, rus va tojik tillarida 5140100 – “Biologiya”  “Biotexnologiya” yo’nalishi bo’yicha ishchi dasturlar tuzilgan. Shuningdek barcha fanlardan ma’ruza matnlari hamda o’quv-uslubiy majmualar tayyorlangan.

Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan darslik, o’quv-qo’llanma, uslubiy-qo’llanmalar, uslubiy tavsiyasi chop etilgan va ko’p yillardan buyon o’quv jarayonida qo’llanilib kelishmoqda.

 

Kafedra professor-o’qituvchilari, talabalari tomonidan shu kungacha erishilgan yutuqlar

Z.T.Rajamurodov tomonidan Odam va hayvonlar fiziologiyasi, fanlari bo’yicha elektron darsliklar tayyorlanib, prof. Z.T.Rajamurodov, dost. A.I.Rajabov, dost. B.M.Bozorov, ass. D.G’.Hayitovlar tomonidan «Yosh fiziologiyasi va gigenasi» fanidan darsliklar tayorlandi. Olimjonova Sadoqat (Q.Z.Zokirov nomidagi), Nurmuhamedova Feruza (J.Saidov nomidagi) stipendiyantlari  sovrindorlari mavjud.

Kafedraning istiqboldagi rejalari

Kelajakda kafedrada bakalavriatura, magistratura va katta ilmiy xodim izlanuvchilik yo’nalishlarini davom ettirish, 3 nafar (DSc) fan doktorlari, 4 nafar falsafa doktorlari (PhD) tayyorlash, shuningdek, Halqaro va respublika ilmiy loyhalari hamda innovasion loyihalarda ishtirok etish, xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish rejalashtirilmoqda.