Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri

Uroqov Sirojiddin Xudayberdiyevich

  • Qabul vaqti: Har kuni (13:00-16:00)
  • Telefon: +998979180741
  • Elektron pochta:

1999-2003 yillar Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti talabasi

2003-2005 yillar Samarqand davlat universiteti magistranti

2005-2014 yillar Samarqand davlat universiteti botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasi assistenti

2014-2018 yillar Samarqand davlat universiteti botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasi dosenti

2018 yildan O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri

 Samarqand Davlat universitetida 1934 yildan boshlab hozirgi kungacha «O‘simliklar fiziologiyasi» sohasida ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Dastlabki yillarda (1934-1941 y.y.) kafedra mudirlari prof. Tixomirov, prof. A.I.Fashevskiy va dotsent P.G.Marsakovalar asosiy e’tiborni oliy ma’lumotli   fiziolog kadrlar tayyorlashga qaratdilar. Bu kafedrani birinchi bo‘lib, 1936 yilda 8 kishi: Ataullaev N.A., Gaffarov B.X., Abaeva S.S., Ratskevich S.K., Danilova L.A., Frolova K., Deynenko P. va U.Sultonovlar tugatdi. Ular turli insitutlarda ilmiy ishlarni davom etirdilar. Bulardan professor N.A.Ataullaev va dotsent B.X.Gaffarov  Samarqand qishloq xo‘jaligi intitutida umrining oxirigacha ilmiy faoliyat va ta’lim – tarbiya sohasida tinimsiz xizmat qildilar.

Dastlabki fiziologlardan, ayniqsa S.S.Abaevaning (1916-2008) ta’lim-tarbiya va ilmiy sohalaridagi ishlari ibratli bo‘ldi. U 1936-1939 yillarda aspiranturada o‘qidi va  o‘z muddatida nomzodlik ishini himoya qildi. 1939-1940 yillarda Samarqand o‘qituvchilar oliygohida assistent, dotsent va tabiatshunoslik kafedrasining mudiri lavozimlarida, 1941-1942 yillarda Toshkent shahrida fanlar Akademiyasining O‘zbekiston bo‘limida ilmiy xodim, 1943-1944 yillarda Samarqand viloyat partiya qo‘mitasi qoshidagi qishloq xo‘jalik bo‘limida maslahatchi bo‘lib ishladi.

Abaeva S.S. 1944 yili Samarqandda O‘zbekiston Davlat universitetining qayta tiklanishi (chunki urush yillarida 1941-1944 Samarqand va Toshkent universitetlari birlashtirilgan edi) munosabati bilan oliygohga ishga taklif etildi va biologiya fakultetining dekani lavozimiga tayinlandi. Bu lavozimda 1946 yilgacha ishlab, talabalarning o‘qishi uchun to‘la sharoit yaratish maqsadida kechayu-kunduz tinmay mehnat qildi, boshqa oliygohlarga tarqatilib yuborilgan barcha o‘quv jihozlarini qaytarib olib keldi. Fakultetga malakali o‘qituvchilarni ishga taklif qildi va ularga sharoit yaratib berishga jonbozlik qildi.

Universitet ilmiy kengashining qaroriga binoan, rektor buyrug‘i bilan 1944 yil biologiya fanlari nomzodi, dotsent Abaeva «O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya » kafedrasiga mudir etib tayinlandi va shu lavozimda 28 yil (1972 yilgacha) xizmat qildi. Bu yillar mobaynida kafedra yangi jihozlar bilan ta’minlandi. O‘quv- tarbiya sohasida juda ko‘p ijobiy  ishlar amalga oshirildi. Ilmiy izlanishlar va o‘quv jarayonlari uchun maxsus laboratoriyalar tashkil etildi. Fiziologlar ilmiy maktabiga asos solindi. Abaeva rahbarligida kafedradagi barcha o‘qituvchilar ilmiy izlanish ishlarini bajarishga jalb etildi. Uning o‘zi ham ilmiy ishlari yuzasidan 100 dan ortiq maqolalar chop etdi. Moskva, Leningrad, Kiev, Novosibirsk olimlari bilan doimiy muloqotda bo‘ldi. Kafedrada aspirantura ochdi va shaxsan Abaeva rahbarligida 3 kishi nomzodlik ishini himoya qildi (A.N.Narziqulov, Q.R.Ravshanov, J.X.Xo‘jaev). Uning rahbarligida bajarilgan «Tog‘ xom ashyosi chiqindilarining paxtachilikda qo‘llanishi» sohasidagi ishlari BQXYUK ning kumush medaliga sazovor bo‘ldi

Shu kafedrani tugatgan L.A.Ezdakova 1956 yildan boshlab, 1975 yilgacha assistent, dotsent va professor lavozimlarida ishladi va o‘simliklar hayotida litiy mikroelementining ahamiyati bo‘yicha tadqiqot ishlarini davom ettirdi. 1963 yilda «O‘simliklarning fiziologik jarayonlari va hosildorligiga litiyning ta’siri» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini va 1973 yilda «Zarafshon daryosi vohasidagi har xil litiy miqdori va o‘simliklar geokimyoviy ekologiyasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini yoqladi.

O‘simliklar fiziologiyasi kafedrasida 1956-1991 yillar mobaynida T.YA.Stesnyagina (1930-2009) katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ishladi. Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari o‘simliklarda mikroelementlarning fiziologik ahamiyatini o‘rganishga qaratildi.

Abaevaning shogirdi Narziqulov A.N. 1962-1969 yillarda kafedrada aspirant va assistent lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. «Lyangar va Ingichka tog‘-kon chiqindilarining g‘o‘za fotosintetik faoliyatiga ta’siri» mavzusida tadqiqot ishlarini o‘tkazdi.

SHuningdek Abaeva shogirdi Q.R.Ravshanov ham  kafedrada 1966-1968 yillarda assistent lavozimida ishladi va 1968-1971 yillarda aspiranturani tugatdi. «G‘o‘za mahsuldorligi va suv rejimiga alyuminiyning ta’siri» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya etdi. Hozirgi kunda Samarqand veterinariya meditsinasi institutida dotsent lavozimida ishlamoqda.

Universitetni 1963 yilda tugatgan va kafedrada ishlab kelayotgan (Abaevaning shogirdi) biologiya fanlari doktori, professor Xo‘jaev J.X. (1975-1977 va 1987-2005 yillar mobaynida kafedra mudiri) 1975 yildan boshlab to hozirgi kungacha o‘simliklar fiziologiyasi sohasidagi tadqiqot ishlariga umumiy ilmiy rahbar vazifasini bajarmoqda. Tinimsiz qilingan mehnat va izlanishlar natijasida 1985 yili «G‘o‘zaning sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamliligi va hosildorligiga mikroelementlar ta’sirining fiziologik asoslari» mavzusidagi doktorlik ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu ishning nazariy va amaliy ahamiyatini MDH dagi yirik fan arboblari prof.Shkolnik M.YA., akad.Genkel P.A., akad. Toma S.I., akad. Nosirov YU.N., akad. Agakishev D.S., V.F.Altergot va boshqalar yuqori baholadi.  Shaxsan Xo‘jaev ilmiy rahbarligida 5 kishi nomzodlik ishini himoya qildi (B.D.Davronov, A.E.Xolliev, A.A.Zulfanov, X.X.Keldiyorova, J.Z.Boshmonov) va ikki kishi A.E.Xolliev doktorlik dissetatsiyasini himoya qildi va hozirgi kunda Buxoro univrsitetida professor lavozimida ishlamoqda.  M.G.Nosirov doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida tayyorlanmoqda.

Professor J.X. Xo‘jaev rahbarligida «Mineral oziqlantirishni mo‘‘tadillashtirish asosida g‘o‘zaning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi va hosildorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish» mavzusi bo‘yicha keng doirada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Natijada g‘o‘za uchun eng zarur bo‘lgan azot, fosfor, kaliy elementlarining mo‘‘tadil miqdori, me’yori va foydalanish muddatlari aniqlandi. Bular bilan birgalikda o‘simliklar uchun zarur eng kerakli bo‘lgan marganets, mis, molibden, rux, alyuminiy va bor kabi mikroelementlardan foydalanishning nazariy hamda amaliy asoslari ishlab chiqildi. Makroo‘g‘itlar bilan mikroelementlardan differensial foydalanish eng yaxshi samara berishi aniqlandi. Mineral oziqlantirishni optimallashtirish natijasida qator fiziologik ko‘rsatkichlarning oshishi, o‘sish jarayonlarining jadallashishi, xlorofill miqdorining ko‘payishi, fotosintez jadalligining kuchayishi va uning sof mahsuldorligining ortishi, suv almashinuvining balanslashuvi kabi fiziologik ma’lumotlar aniqlandi va samaradorlikning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Olingan natijalar asosida Samarqand viloyati sharoitida g‘o‘zani mineral oziqlantirishni mo’tadillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyanoma yozildi va u 1988 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat agrosanoat birlashmasi tomonidan tasdiqlanib, paxtachilik xo‘jaliklariga tavsiya etildi.

Xo‘jaevning shogirdi Davronov B.D. 1985-1997 yillar mobaynida kafedrada dotsent lavozimida ishladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari mikroelementlar va makroelementlarning g‘o‘za fiziologik jarayonlariga ta’sirini o‘rganishga qaratildi. So‘ngi yillarida qishloq xo‘jalik sohasida rahbar lavozimlar ishladi.

Xolliev A.E. (Xo‘jaev shogirdi) ham 1991 dan 2002 yilgacha kafedrada assistent va dotsent lavozimlarida ishladi. Ilmiy ishlari g‘o‘za navlarining suv almashinuv xususiyatlari, qurg‘oqchilikka chidamlilik va hosildorlik darajalarining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganishga qaratildi.

Kafedra a’zolari bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarini boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari (tamaki, grechixa, bug‘doy va boshqalar) bilan yanada kengaytirib davom ettirdilar.

1995-2005 yillarda professor J.X.Xo‘jaev rahbarligida «Zarafshon vodiysi sharoitida ekologik toza va sifatli hosil etishtirishning  bioekologik asoslarini o‘rganish» mavzusida ilmiy ishlarini davom ettiridilar. Bu mavzu bo‘yicha qishloq xo‘jalik ekinlarining suv almashinuv xususiyatlari, qurg‘oqchilikka chidamlilik darajalari va uning oshirish usullari, ayrim navlarining tabiiy iqlim sharoitiga moslashganligi va boshqalar ilmiy asoslandi. 

Hozirgi paytda (2006-2012) kafedra a’zolari «Samarqand viloyati sharoitida ekinlardan yuqori va sifatli hosil etishtirishning fiziologik va biokimyoviy asoslarini o‘rganish» mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar. Bu mavzu to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limi «Ayrim bir yillik va ko‘p yillik donli ekinlar hosildorligining fiziologik-biokimyoviy asoslarini o‘rganish»ga qaratilgan. Bu bo‘lim dotsent X.O.Keldiyorov va dotsent X.X.Keldiyorovalar tomonidan bajarilmoqda. Istiqbolli  bug‘doy navlarining hosildorligi hamda adir mintaqalarida noan’anaviy to‘yimli oziqabob pichanzor va o‘tloqzorlar barpo qilishning ilmiy asoslari o‘rganilmoqda.   Ikkinchi bo‘lim «Tog‘ o‘rmonlari (archazorlar) sharoitida uglerod aylanishining mavsumiy dinamikasini o‘rganish»ga qaratilgan bo‘lib, u dotsent M.G.Nosirov tomonidan bajarilmoqda. Bu mavzu bo‘yicha archazorlar sharoitida mikrometerologik omillar ta’sirida uglerod aylanishining mexanizmini aniqlash ishlari davom ettirilmoqda.  M.G.Nosirov «Iqlim omilari ta’sirida archa (juniperus) turkumi turlarida yillik halqalarning shakllanishi» mavzusida xalqaro grant bo‘yicha ham ilmiy ish olib bormoqda. Uchinchi bo‘lim «Samarqand viloyati sharoitida introdutsiyalanayotgan grechixa navlarining fiziologik va biokimyoviy asoslarini o‘rganish» bo‘yicha bo‘lib, uni dotsent Z.J.Jo‘raeva, dotsent S.X.O‘roqov va assistent Sh.S.Ataevalar bajarmoqdalar. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida grechixaning yangi istiqbolli navlari tanlandi va ularni Zarafshon vodiysi sharoitida etishtirishning biologik va agrotexnologik asoslari ishlab chiqildi. To‘rtinchi bo‘lim «Zarafshon  qo‘riqxonasi sharoitida chakanda shakllarini o‘stirishning fiziologik va biokimyoviy asoslarini o‘rganish» bo‘lib, u dotsent F.J.Qobulova tomonidan bajarilmoqda. Bu sohada Zarafshon daryosi sohillarida o‘sayotgan chakanda shakllarini o‘rganish asosida ularning istiqbolli shakllarini aniqlash va ko‘paytirishning ilmiy asoslari o‘rganilmoqda. F.J.Qobulova Bioversitu International xalqaro tashkiloti bilan ham o‘zaro hamkorlik shartnomasi asosida ilmiy ishlar olib bormoqda.

sho‘rlangan hududlari dehqonchiligi bo‘yicha Xalqaro Markazning (IKARDA) Markaziy Osiyoning noqulay tuproq-iqlim sharotlarida noan’anaviy ozuqabop o‘simliklarni baholashda foydalanilgan.

Avutxonov Burxon Sobirovich olingan natijalar asosida 2018 yilda “Sorghum almum Parodining turli o‘stirish sharoitlaridagi fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari” mavzusidagi  nomzodlik  dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib  diplomni oldi. Oxirgi yillarda kafedrada assistent Avutxonov Burxon Sobirovich faoliyat kursatmokda. Ilmiy tadqiqot ishi respublikada chorvachiligi uchun yangi bo‘lgan noan’anaviy em-xashak o‘simligi Kolumb o‘ti (Sorghum almum Parodi)ning turli o‘stirish sharoitlaridagi fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.

O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida  Kolumb o‘ti (Sorghum almum Parodi) Samarqand viloyatining Oqdaryo, Ishtixon va Nurobod tumanlari dalalarida istiqbolli em-xashak ekini sifatida amaliyotga joriy etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida bug‘doydoshlar (Poaceae) oilasining jo‘xori (Sorghum) turkumiga mansub o‘simliklar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda hamda Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz

  Kafedra a’zolari tomonidan to‘plangan ma’lumotlar asosida 600 dan ortiq ilmiy, uslubiy maqolalar va ilmiy asarlar nashr etildi. «O‘simliklar fiziologiyasi» (prof.J.X.Xo‘jaev), «Mikrobiologiya va virusologiya» (dotsentlar F.J.Qobulova, X.A.Keldiyorov) fanlaridan multimediyali elektron darsldiklar yaratilib, ularga davlat patenti olindi. Professor J.X.Xo‘jaev tomonidan tayyorlangan «O‘simliklar fiziologiyasi» o‘quv darsligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashrga tavsiya qilindi va 2004 yilda  chop etilib, respublikamizning barcha universitetlariga asosiy darslik sifatida tarqatildi va hozirgi kungacha asosiy darslik sifatida qo‘llanilmoqda.

Kafedra professor o’qituvchilarning chet eldagi safarlaridan lavha

 

Oxirgi yillarda kafedra xodimlari fundamental grant «O‘zbekiston to‘qayzorlari o‘simliklarining xilma – xilligi va kelib chiqishini o‘rganish» va amaliy grant «Samarqand viloyatining bo’z tuproqlari sharoitida marjumakning etishtirish  agrotexnologiyasini  yaratish va amaliyotga joriy etish» ishlarini bajarishda faol ishtirok etmoqda.

2018-Yildan keying tarixi

Oxirgi yillarda kafedrada assistent Avutxonov Burxon Sobirovich faoliyat kursatmokda. Ilmiy tadqiqot ishi respublikada chorvachiligi uchun yangi bo‘lgan noan’anaviy em-xashak o‘simligi Kolumb o‘ti (Sorghum almum Parodi)ning turli o‘stirish sharoitlaridagi fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.

O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida  Kolumb o‘ti (Sorghum almum Parodi) Samarqand viloyatining Oqdaryo, Ishtixon va Nurobod tumanlari dalalarida istiqbolli em-xashak ekini sifatida amaliyotga joriy etilgan. SHuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida bug‘doydoshlar (Poaceae) oilasining jo‘xori (Sorghum) turkumiga mansub o‘simliklar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda hamda Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz

Xozirgi kunda kafedramizda 9 ta professor ukituvchi mavjud shulardan 1ta professor 7 ta dotsent 1 ta assistent o’qituvchilar foliyat olib bormoqda.

Kafedraning o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha faoliyati.

    Kafedrada o’qitilayotgan umumiy fanlar, tanlov fanlari va ixtisoslik fanlaridan o’zbek, rus va tojik tillarida 5140100 – “Biologiya”  yo’nalishi bo’yicha ishchi dasturlar tuzilgan. Shuningdek barcha fanlardan ma’ruza matnlari hamda o’quv-uslubiy majmualar tayyorlangan.

Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan darslik, o’quv-qo’llanma, uslubiy-qo’llanmalar, uslubiy tavsiyasi chop etilgan va ko’p yillardan buyon o’quv jarayonida qo’llanilib kelishmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari, talabalari tomonidan shu kungacha erishilgan yutuqlar.

Professor J.X. Xo‘jaev tomonidan o’simliklar fiziologiyasi fanidan 1 ta o’quv darslik tayorlangan.

Kafedraning istiqboldagi rejalari

Kelajakda kafedrada bakalavriatura, magistratura va katta ilmiy xodim izlanuvchilik yo’nalishlarini davom ettirish, 3 nafar (DSc) fan doktorlari, 1 nafar falsafa doktorlari (PhD) tayyorlash, shuningdek, Halqaro va respublika ilmiy loyhalari hamda innovasion loyihalarda ishtirok etish, xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish rejalashtirilmoqda.