Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Kafedra mudiri

G'oyibov Bobir Sobirovich

2001-2005 - yillar Samarqand Davlat universiteti talabasi
2005-2007 - yillar Samarqand Davlat universiteti magistranti
2007-2013 - yillar Samarqand Davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi o’qituvchisi
2013-2014 - yillar Samarqand Davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi dosenti vazifasini bajaruvchi
2014-2016 - yillar Samarqand davlat universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi
2017-2019 - yillar Samarqand Davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi dosenti
2019 -yildan Samarqand davlat universiteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri

«O’zbekiston tarixi» kafedrasi: kecha va bugun

«O’zbekiston tarixi» kafedrasi 1929-1937 yillar Oliy pedagogika instituti (1927-1930) Oliy Pedagogika akademiyasi (1930-1933), O’zbekiston Davlat Universiteti tarkibida «O’rta Osiyo tarixi» kafedrasi nomi bilan  tashkil topdi va  faoliyat ko’rsatadi. 1937-1941 yillarda esa «O’zbekiston xalqlari tarixi» kafedrasi nomi bilan faoliyatini davom ettirdi. 1944 yilda O’zDU tiklangach «O’rta Osiyo va xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi» kafedrasi sifatida faoliyat ko’rsatdi. 1959-1994 yillarda  yana «O’zbekiston xalqlari tarixi» va 1994-2005 yillarda esa «Vatan tarixi» kafedrasi nomi bilan yuritildi.
2005-yildan «Vatan tarixi» kafedrasiga fakultetlararo «O’zbekiston tarixi» kafedrasi qo’shilgach, hozirgi nomini olib faoliyat ko’rsatmoqda.
Kafedraning faoliyati davomida uni quyidagi olim-pedagoglar boshqardilar:
1929-1937 yillarda  prof. Po’lat Soliyev (1878-1937);
1945-1966 yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan  fan arbobi, prof. I.I.Umnyakov (1894-1976);
1966-1971 yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan  fan arbobi, prof. M.U.Aminov (1908-1992);
1971-1982 yillarda O’zbekiston xalq ta’limi a’lochisi dos. S.A.Akramov (1917-1993);
1982-1998 yillarda O’zbekiston xalq ta’limi  a’lochisi, «Do’stlik» ordeni sohibi, prof. M.M.Abramov (1926-1998);
1998-2005 yillarda tarix fanlari nomzodi,  dos. N.X.Toshkenboyev;
2005-2010 yillarda  tarix fanlari doktori, prof. Sh.S.G’afforov;
2010-2018 tarix fanlari nomzodi,  dos. R.Sh.Xoliqulov;
2018-2019 yillarda tarix fanlari nomzodi,  dos. X.M.Mamaraximov 
2019 yildan boshlab kafedrani t.f.d. dos B.S.G`oyibov boshqarib kelmoqda
«O’zbekiston tarixi» kafedrasi universitet va favkultetda  yetakchi ilmiy-pedagogik  jamoadir. Hozirgi  paytda kafedrada  2 nafar fan  doktori,  professor, 6 nafar fan nomzodi, dosent, 2 nafar katta o’qituvchi, 13 nafar o’qituvchilar samarali mehnat qilishmoqda.  Professor, tarix fanlari doktorlari B.S.G`oyibov, F.Nabiyev, dosentlar: Xoliqulov R.Sh, Mamaraximov X.M, Nasrullayev M.I, Normurodova G.B, K.G`aniyev, A.E.Kurahmedov, katta o’qituvchilar: Sattorova I.G’, Raximov B.E o’qituvchilar: Irisqulov O.J, Mamarasulov D.T, Hasanova Sh.H,  Yakubjonov N.Q., Muhitdinov S.I, Qo’shbaqov H.A., Soipov U.Z.,  Akbayeva Z.J., N.Ho`janov, Yu. Holho`jayeva, M.Hasanov, Z.Ahmedova, E Sattorov kabi pedagoglar universitetning barcha fakultetlarida xizmat ko’rsatishib, ma’ruzalar o’qib, seminar mashg’ulotlar o’tkazib kelishmoqda. Tarix fakultetida  «O’zbekiston tarixi» bo’yicha ixtisoslashuvchi talabalari  uchun 27 ta  ixtisos fanlari  va maxsus kurslar  ishlab  chiqilgan.  Talabalar uchun 30 dan ortiq darslik,  elektron darslik, o’quv qo’llanma,  ma’ruzalar matni o’quv-uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar  yaratilgan. ma’ruza o’qish uchun respublika va xorijning yetakchi mutaxassislari jalb qilinmoqda. Kafedra professor o’qituvchilari qo’shni viloyatlar, Samarqand shahri oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, umumiy o’rta maktab jamoalariga O’zbekiston tarixidan uslubiy yordam berib kelmoqdalar. Kafedra respublika va shahrimizda katta ilmiy salohiyatga egadir. Jamoa a’zolari tomonidan O’zbekiston tarixini tadqiq etish va hozirgi zamon talabiga muvofiq yangicha yoritish borasida ko’pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va olib bormoqdalar. Buning natijasida 20 ga yaqin monografiya, 50 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 27 ta ilmiy to’plam, 800 dan ortiq ilmiy maqola, 200 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etganlar. Jumladan, prof. P.Soliyevning «Buxoro mang’itlar sulolasi davrida» (1933), prof. I.I.Umnyakovning «Akademik V.V.Bartold asarlarining bibliografik sharxi» (Moskva,1975), M.X.Toshkenboyevning «Zarafshon vodiysining qadimgi tosh davri madaniyati» (Toshkent,1980) va «Qo’tirbuloq manzilgohi» (Varshava, 2000, ingliz tilida), Sh.S.G’afforovning “Chor istibdodi davrida Turkistondagi ta’lim tizimi” (Samarqand, 2001), “Mustamlaka davrida Samarqandda boshqaruv tizimi va sanoat ishlab chiqarishning shakllanishi” (Samarqand, 2011), «Tarix va taqdir» (Toshkent, 2012), G.B.Normurodovaning “XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Samarqand viloyati aholisi” (Samarqand, 2010),   “XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Samarqand viloyati aholisining ijtimoiy stratifikasiyasi” (Toshkent, 2013), B.S.G’oyibovning Sug’d konfederasiyasida Panchning o’rni (Ilk o’rta asrlar) (Toshkent, 2012), “Devashtich” (Toshkent, 2012), Sug’d konfederasiyasi shakllanishi taraqqiyoti va tanazzuli
(Toshkent, 2015), «Ilk o`rta asrlarda Sug`d konfederatsiyasi tarixi» (o`quv qo`llanma, Samarqand, 2018), “Sug`dshunoslikka kirish. I. Sug`diy yozuv va numizmatika” (Toshkent, 2018), About Confederateve administration Ruring of Sagd (South Korea, 2016) kabi monogrfiyalari ilmiy jamoatchilik tomonidan qizg’in kutib olindi.
Muntazam ravishda har yili kafedraning ilmiy to’plami nashr etilmoqda. Kafedra  a’zolari O’zMU, FarDU, AnDU, ToshPDU, GulDU, BuxDU, TerDU, Navoiy va Jizzax pedagogika institutlari  va respublikadagi  boshqa  oliy o’quv yurtlaridagi  turdosh kafedralar,  O’zFA Tarix instituti  va Arxeologiya instituti hamda  AQShdagi Garvard universiteti, Germaniyadagi Galle universiteti, Vena (Avstriya)  universiteti qoshidagi «Etnologiya instituti», Moskva Davlat Universiteti olimlari bilan yaqin ilmiy-ijodiy aloqalar olib bormoqda. Kafedra qoshida ilmiy metodologik seminar  faoliyat  ko’rsatib kelmoqda. Har yili unda 2-3 ta doktorlik dissertasiyalari muhokomadan o’tadi. Mavjud  «Moziydan  sado» talabalar ilmiy to’garagiga har yili 35-40 nafar iqtidorli talabalar jalb qilinmoqda. Ulardan 60-70 nafari ilmiy anjumanlarda  faol ishtirok etishdi. Kafedradagi  iqtidorli talabalar turli xil respublika tanlovida ishtirok etib kelmoqda. O’zbekiston tarixining yangi  tarixini o’rganish bo’yicha “Tafakkur sinovlari” tanlovida “Ulug’bek vorislari” jamoasi bilan qatnashib, 2012 yilda 1-o’rinni, 2013 yilda 3-o’rinni egalladilar.
Kafedra bitiruvchilari orasida Prezident, atoqli kishilar nomidagi stipendiyalar sohiblari va respublika miqyosidagi olimpiadialari g’oliblari yetishib chiqqan. Kafedra a’zolari fakultet, universitet, shahar, viloyat hamda respublika miqyosida jamoat ishlarida qatnashmoqda.