Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Qattiq jisimlar fizikasi mudiri

Arziqulov Eshquvat Ulashevich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan16:00 gacha
  • Telefon: +998915389791
  • Elektron pochta: eshquvat@samdu.uz

1980-1985 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
1992-1992 yillar Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi muhandisi;
1992-1993 yillar Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi assistenti;
1993-1995 yillar Samarqand davlat universiteti, Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dotsenti;
1996-1997 yillar Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dotsenti;
1999-2005 yillar Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi mudiri;
2011-2013 yillar Samarqand davlat universiteti kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi;
2014-yildan Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedra mudiri.

SamDUda “Qattiq jismlar fizikasi” sohasida mutaxasisslar tayyorlash bo’yicha dastlabki ishlar 1975 yilda shu nomdagi kafedra tashkil qilingandan  boshlangan.  Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi 1975-yilda “Optika va spektroskopiya” kafedrasi qoshida O’zFA akademigi A.Q.Otaxo’jayev va dos.A.Nosirovlar tashabbusi hamda Sankt Peterburg Fizika-texnika instituti olimlari akademik A.G.Smolenskiy, prof. V.V.Lemanovlarning bevosita ko’magi bilan tashkil qilingan.

Dastlab kafedrada o’quv va ilmiy ishlarni tashkil etish Leningrad, Moskva, Tartu, Toshkent kabi yirik shaharlarda tahsil olgan ilmiy xodimlar tomonidan amalga oshirildi. Jumladan kafedraning ilk professor-o’qkituvchilari va texnik xodimlaridan dosentlar  A. Nosirov, S. M. Murodov, F. R. Axmedjanov, katta o’qituvchi I. A. Avetisyan, assistentlardan M. M. Axmedjanova, V. S. Kim texnik xodimlardan B. R. Namozov, A. J. Qorayev, Z. T. Xodjayeva, B. A. Agishevlar qattiq jismlar fizikasi sohasida faoliyat ko’rsatishni boshlaganlar.

    

Proyessor V.V.Lemanov                        Dosent A.N.Nosirov

Dastlabka fedrani 1985-yilga qadar dosent Abduhakim Nosirov boshqardi.  1985-1993 yillarda dosent S.M.Murodov, 1993-1996 yillarda dosent F.R.Axmedjanov kafedraga mudirlik qilgan. 1996-2011 yillarda kafedrani dosent E.U.Arziqulov, 2011-2013 yillarda dos.S.Q.Axrorov boshqargan bo’lsa, 2014-yildan buyon qattiq jismlar fizikasi kafedrasini yana E. U. Arziqulov boshqarib kelmoqda.

Копия (3) 10002                 

Dosent S. M. Murodov                         Professor O’. Yorqulov

Kafedrada dastlab “Kristallografiya”, “Kristallofizika”, “Kristalloakustika”, “Metallarfizikasi”, “Dielektriklarfizikasi”, “Qattiq jismlar fizikasi”, “Qattiq jismlar optikasi va spektroskopiyasi”, ”Kvant elektronikasi”, “O’tayuqorichastotali elektronika”, “Guruhlar nazariyasi va uning qattiq jismlarga tadbig’i” kabi kurslardan ma’ruzalar va o’quv laboratoriyalari tashkil etildi.  Zamonaviy asboblar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar yaratildi va horijiy ilmiy  markazlar bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi.   

SamDU rektori, akademik Sh. O. Alimov tashabbusi bilan zamonaviy soha bo’lgan elektronika sohasini rivojlantirish maqsadida dastlab kafedra qoshida 1987-yildan boshlab“Fizikaviy elektronika” va 2003-yildan boshlab esa “Yarim o’tkazgichli asboblar va mikroelektronika” sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash boshlab yuborildi va bu boshlangan xayorli ishlar shu bungi kungacha davom etmoqda.

Respublikamiz mustaqqillikga erishgandan so’ng 1994-yildan boshlab, kafedra qoshida 5521700-“Elektronika va mikroelektronika” yo’nalishi bo’yicha bakalavlar tayyorlash boshlandi va bugunga qadar bu sohada 800 ga yaqin malakali elektronika muhandislari tayyorlandi. Bitiruvchilarimizning ko’pchiligi viloyatimiz, respublikamiz va hatto rivojlangan chet mamlakatlardagi turli nufuzli tashkilotlarda asosan elektronika sohasida muxandis sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

Hozirgacha qattiq jismlar fizikasi sohasida 2 nafar fan doktori, 12 nafar fan nomzodlari yetishib chiqdi. Shular jumlasiga f-m.f.d., O’.Yarqulov,  dosentlar Z.X.Rahimov, E.Arziqulov, S.Q.Axrorov, B.N.Shermatov, S.N.Srajev, X.R.Abdukarimova, T.U.Toshboyev, A.A.Eshbekov, A.G’.Abdusattorov, G’.G’.G’ulomov, assistentlardan J.T.Ro’zimurodov, M.Toshboyev, S.Eshmamatov, R. M. Usanovlarni kiritish mumkin.


Kafedra hozirgi kunda kafedra respublikamiz OЩYulari va ITI bilan o’quv va ilmiy tadqiqot sohalarida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan Toshkent Davlat Texnika universiteti va O’zbekiston Milliy universiteti bilan kafedrada tayyorlanayotgan bakalavryat va magistratura ta’lim yo’nalishlari uchun o’quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish, o’quv-uslubiy hamda zamonaviy ilm sohalarida hamkorlik yo’lga qo’yilgan. “Foton” OAJ, “Fizika-Quyosh” IIB, Yadro Fizikasi instituti, “Materialshunoslik” va “Ion-plazma va lazer texnologiyalari” institutlari bilan hamkorlikda zamonaviy elektronika va fizika muammolarini tadqiq qilish borasida ishlar bajarilmoqda. Bundan tashqari bu tashkilotlar bazasidan kafedrada taxsil olayotgan talabarning tanishuv, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tashda foydalanilmoqda.

Bundan tashqari kafedra xalqaro ilmiy markazlar va OO’Yulari bilan ham yaqindan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Jumladan Rossiya FA Sibir Bo’limi Yarim o’tkazgichlar fizikasi instituti, Lomonosov namidagi MDU, Qozon fiziko-texnika instituti, Vuxan universiteti (Xitoy), Nagoya universiteti (Yaponiya), Xarkov radiotexnika instituti (Ukraina), Uppsala universiteti (Щvesiya), Latviya universiteti (Latviya) bilan har tomonlama mustahkam aloqalar o’rnatgan.

1Kafedrada 5521700 – Elektronikava mikroelektronika, 5440100 – Fizika va 5A521701 – «Qattiq jismli elektronika, mikroelektronika», 5A521709 – «Kasb-hunar fanlarini o’qitish metodikasi (elektronika va mikroelektronika)» yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlangan. Bugungi kunda 5111000 – Kasb ta’limi (5310800 – elektronika va asbobsozlik (elektronikava mikroelektronika)) bakalavriat va 5A140203–Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Hozirda kafedra bitiruvchilari akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish korxonalarida jumladan, «Sino» OAJ, «El Xolding» kompaniyasi, Janubiy Koreyaning “KOICA” kompaniyasining Samarqand shaxrida ochilgan o’quv markazi, vohadagi elektronikaga ixtisoslashgan xususiy korxonalarda va boshqa nufuzli tashkilotlarda samarali mehnat qilishmoqda.