KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Maktabgacha ta'lim Sport faoliyati Tabiiy va aniq fanlar Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxeologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Boshlang'ich va texnologik ta'lim San'atshunoslik Ijtimoiy gumanitar fanlar Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Fakultetlararo pedagogika Fakultetlararo jismoniy madaniyat Analitik kimyo kafedrasi Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari Samarqand tamadduni tarixi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Rus filologiyasi Fakultetlararo rus tili Xorijiy tillar

kafedra mudiri

Muxiddinov Sunnatullo Inoyatovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998915242310
  • Elektron pochta: smuxiddinov@mail.ru

«Samarqand tamadduni tarixi» kafedrasi

“Samarqand tamadduni tarixi” kafedrasi 2021-yil asos solingan.

Jahonning bir qator mamlakatlarida shunday shaharlar mavjudki, ular insoniyat tarixiy-madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi va mashhurligi bilan nom qozonib kelmoqda. G‘arb va Sharqning Afina, Rim, Parij, Bag‘dod, Damashq kabi shaharlari bilan bir qatorda Samarqand nomi e’zozlanadi va manbalarda turli nomlar bilan tilga olinadi. Samarqandning umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni beqiyos bo‘lib, 2001 yilda YUNESKO tashkiloti tomonidan «Samarqand — madaniyatlar chorrahasi» sifatida jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2007 yil 25 avgustda Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi nishonlandi.

2019 yilda Samarqandning Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasiga (WTCF) a’zo bo‘lishi, uning kelajakda jahon turizm markaziga aylanishidan dalolat beradi. Samarqand dunyoning borib ko‘rishi mumkin bo‘lgan 50 ta shaxardan biri hisoblanib, bu ro‘yxatga MDH davlatlari shaharlaridan faqat Samarqand munosib ko‘rilgan.

Hozirgi kunlarda xalqaro miqyosda bu qadimgi shaharning tarixi, madaniyati va hozirgi hayotiga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Samarqandning tarixiy-madaniy rivojlanish masalalari maxsus loyihalar sifatida jahonning bir qator yetakchi ilmiy markazlari YUNESKOning MOTXI, Oksford, Sarbonna, Bolonya, Vena, Ottava universitetlari va Rossiya Fanlar akademiyasi institutlarida tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu nuqtai-nazardan olib qaraganda ushbu shaharda joylashgan Samarqand davlat universitetida “Samarqand tamadduni tarixi” kafedrasining tashkil qilinishi Samarqandshunoslikda yangi sahifa ochdi.

Samarqand tarixini o‘rganish, shaharning rivojlanish xususiyatlarini ochib berish, shu bilan to‘plangan tajriba asosida shahar taraqqiyotining hozirgi va kelgusi davrlarida kechadigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon uchun foydali bo‘lgan zarur xulosalar chiqarish imkonini beradi. Samarqand shahrining har bir tarixiy davrini o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.

Kafedraning maqsadi Samarqand tarixini kompleks tarzda xolisona yoritish, ilmiy muomilaga kiritilmagan qo‘lyozma va toshbosma shaklidagi manbalarni o‘rganish yanada chuqurroq tadqiq etishdan iborat. Shuningdek, Samarqand tarixiga oid xorijning ilmiy markazlarida olib borilgan barcha tadqiqotlar va adabiyotlar katalogini yaratish maqsad qilingan. O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi, taraqqiy topishini tadqiq etish, ilm-fan, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va yoshlarda Samarqand tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish kafedraning maqsadlaridan hisoblanadi.

Samarqand tamadduni tarixi kafedrasining vazifalari:

- Kafedra a’zolari tomonidan birinchi navbatda Samarqand tarixiga doir bo‘lgan manbalar va adabiyotlarni to‘plash ishlari yo‘lga qo‘yish;

- Tarixiy manbalar bilan ishlash, tarixiy-madaniy meros namunalarini har tomonlama chuqur o‘rganish, buyuk alloma va mutafakkirlarning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini targ‘ib etish, yurtdoshlarimiz, avvalo, yosh avlodni xalqimizning buyuk ma’naviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning natijadorligini tubdan oshirish;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi  “Qadimiy yozma manbalarni saqlash , tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” qaroridan kelib chiqqan holda Samarqand davlat universiteti kutubxonasidagi qo‘lyozma va toshbosma asarlarni yanada chuqurroq tadqiq etish;

- O‘rta asrlarda Samarqand olimlari hayoti va faoliyatini, Samarqandning sharq renesansining birinchi va ikkinchi davrlaridagi o‘rni va holatini tadqiq etish;

- Samarqand tarixining barcha davrlariga oid turli xil turdagi manbalarning, jumladan, arxeologik, numizmatik, epigrafik, etnografik, tarixiy solnoma, xotiralar (memuar), geografik, agiografik, og‘zaki tarix, xalq dostonchiligi, diniy va huquqiy xarakterdagi manbalarning izohli ko‘rsatkichini tayyorlash;

- Kafedra ilmiy natijalarni ommalashtirish va tijoratlashtirish ishlarini zamon talablari darajasiga olib chiqish, tarixchi mutaxassislar tayyorlashning butunlay yangicha, ilmiy muassasalar bilan uzviy bog‘langan tizimi asosida, qadim, boy va noyob tarixiy merosni milliy va xorijiy darajada targ‘ib etishning yangicha va samarali tizimi yaratish;

 - Samarqand tarixi bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalari amaliyotga tatbiq qilish, xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xalqaro jamg‘armalar bilan hamkorlik qilish, umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda Samarqand tarixini tizimli ravishda o‘rganish;

- Samarqand tarixi bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalar, ta’lim jarayonida zamonaviy o‘quv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitishning mazmuni va uslubini takomillashtirish, talabalarning savollari va so‘rovnomalaridan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonini tashkil etish;

 - Talabalarning dunyoqarashlarini kengaytirish bilan birga tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, Samarqand tarixini o‘rganish sohasida talabalarning ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari, fan olimpiadalar va ilmiy konferensiyalarda qatnashishlari, ko‘proq mustaqil ishlashga yo‘naltirilgan faoliyatini muntazam tahlil qilish;

- O‘qitish sifatining doimiy yaxshilanishini ta’minlash, talabalar tomonidan fanlardan an’anaviy ta’limdan tashqari o‘zlashtirish uchun virtual ta’lim muhitini ta’minlashga harakat qilish, yoshlarning intellektual, ta’lim va tadqiqot darajasini oshirish, talabalarning shaxsiy, ma’naviy va axloqiy salohiyatini rivojlantirish;

 - Samarqand tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy adabiyotlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, Samarqand tarixi bilan shug‘ullangan tadqiqot olib borayotgan mahalliy va xorijiy olimlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yish, kafedrada o‘tiladigan fanlar soha mutaxasisi bo‘lgan mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan o‘tilishi rejalashtirilgan;

- Samarqandning buyuk tarixiy shaxslar, voqealar haqida tasavvur hosil qilish maqsadida tarixiy maskanlari xaritasini ishlab chiqish, tarixiy joy, shaxs va ashyolar haqida ilmiy-ommabop risolalar va qo‘llanmalar tayyorlash;

 - Samarqand tarixi bo‘yicha ilmiy ishlar mavzulari bankini yaratish va tadqiqotlar olib borish tartibini ishlab chiqish;

 - Doimiy ravishda “Samarqand o‘qishlari” konferensiyasi tashkil etish, Samarqand tarixining turli yo‘nalishlarida jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yoritish orqali O‘zbekistonni dunyo bo‘yicha tanitish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda “Samarqand tamadduni” internet-portali (veb-saytini) yaratish, viloyat teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston tarixi telekanali bilan hamkorlikda Samarqand tarixiga oid turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlash rejalashtirilgan;

- Samarqand me’moriy va tarixiy obidalarini yanada chuqurroq o‘rganish, Samarqanddagi yirik moddiy madaniy meros obyektlarida ichki va tashqi turizm oqimlarini ko‘paytirish maqsadida o‘lkaning turizm salohiyatini hisobga olgan holda tur firmalar bilan yaqindan hamkorlik qilib hududning tur xaritasini tuzish va turistlar uchun malakali gidlar va shahar tarixini yorituvchi turli materiallar yaratish ishlarini olib borish;

 - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019 yil 30 sentabrdagi Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorida ko‘rsatilgan qo‘yidagi vazifalarni bajarish, Oliy ta’lim muassasalari talabalarining tarix va madaniyat bo‘yicha o‘quv dasturlarini Samarqand viloyatining turizm obyektlariga tashrifi bilan uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida o‘tiladigan darslarning bir qismi ilmiy labaratoriya hisoblanadigan tarixiy joylarda o‘tish;

- Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda Samarqandning tarixi, etnografiyasi, gastronomiyasi, milliy liboslari, madaniy meros obyektlari va tarixiy yodgorliklari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotni o‘z ichiga oluvchi axborot albomlari va kataloglari, yo‘lko‘rsatkichlari, joy xaritalari, tarqatma va reklama materiallarini ishlab chiqish;

 - Samarqandning azaldan ko‘p millatli hudud ekanligini hisobga olgan holda Samarqandda yashovchi millatlar, diasporalar tarixi va madaniyatini, hozirgi kundagi millatlararo bag‘rikeng va tolerantlikni tadqiq etish;

- Samarqandning yangi tarixini o‘rganish, muammo va yutuqlarni tahlil qilish;

- Kafedra ta’lim va ilmiy tadqiqot ishlarida fanlararo sohalarini rivojlantirish asosida O‘zbekiston, jahon tarixi va zamonaviy ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishiga xizmat qilish.

Yangi tashkil qilingan kafedrada hozirda Ikki nafar tarix fanlari bo`yicha PhD doktorlar S.I.Muxiddinov va O.J.Irisqulovlar, bir nafar kata o`qituvch M.Buzrukov va ikki nafar o’qituvchilar M.B.Yakubova va M.G`.Xasanovlar samarali mehnat qilishmoqdalar. Suningdek o`rindoshlik asosida Chexiyaning Palasko Olomous universiteti katta ilmiy xodimi tarix fanlari nomzodi dosend A.M.Malikov va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qo‘lyozmalar bilan ishlash va muzey bo‘limi kichik ilmiy xodimi I.T.Daurbekovalar o`rindoshlik asosida ishlab kelmoqdalar.

Kafedra professor-o`qituvchilari universitetning barcha fakultetlarida xizmat ko’rsatishib, Samarqand tamadduni tarixi fanidan ma’ruzalar o’qib, seminar mashg’ulotlarini shahrimizning tarixiy obidalarida o’tkazib kelishmoqda. Tarix fakultetida «Samarqand tarixi» bo’yicha ixtisoslashuvchi talabalari uchun 11 ta ixtisos fanlari va maxsus kurslar ishlab chiqilgan. Talabalar uchun elektron darslik, o’quv qo’llanma, Ma’ruzalar matni o’quv-uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar yaratilmoqda. Ma’ruza o’qish uchun respublika va xorijning yetakchi mutaxassislari jalb qilinmoqda. Kafedra professor o’qituvchilari viloyatlar, Samarqand shahri oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, umumiy o’rta maktab jamoalariga Samarqand tarixidan uslubiy yordam berib kelmoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavr

Samarqand tamadduni tarixi

Samarqand tarixi

Samarqand tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi.

Samarqand maorifi va universitet tarixi

Samarqand madaniyati - san’ati tarixi.

Samarqand tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi.

Samarqand allomalari tarixi.

Samarqand va Buyuk ipak yo‘li (shaharning turistik imkoniyatlari).

Tarixiy-manbalarni o‘qitish va talqin qilish.

Samarqand muzeylari tarixi.

Zarafshon vohasi shaharlari tarixi

Amir Temur va temuriylar davri integratsiyasi.

Samarqandning yangi tarixi.

Magistratura

Samarqand tarixi

Samarqand tarixiga oid manbalar paleografiyasi

Samarqand madaniyati tarixi

Samarqand jahon sivilizatsiyalari tizimida va tarixshunosligida.

Samarqand o‘lkashunosligi va me’moriy yodgorliklari tarixi.

Markaziy Osiyoda islomiy ilmlar rivoji.

O‘zbekiston shaharlari tranformasiyasi