Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Tojik tili va adabiyoti kafedrasi mudiri

Hamroyev Jumaqul

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998915289800
  • Elektron pochta: juma.hamroh@mail.ru

1971-1977 yillar Samarqand davlat universiteti ilmiy kutubxonasi sharq qo‘lyozmalar bo‘limi bibliografi;
1977-2001 yillar Samarqand davlat unversiteti tojik adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi;
2001-2007 yillar Samarqand davlat unversiteti tojik filologiyasi fakulteti dekani;
2007-2009 yillar Samrqand davlat unversiteti tojik adabiyoti kafedrasi mudiri;
2009-2012 yillar Samarqand davlat unversiteti filologiya fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi;
2012-2016 yillar Samarqand davlat unversiteti tojik tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi, profesori;
2016-yildan Samarqand davlat unversiteti tojik tili va adabiyoti kafedrasi mudiri.

Samarqand Davlat universitetida  hozir «Filologiya fakulteti, tojik filologiyasi shӯ’basi”  nomi bilan yuritilayotgan fakulttet aslida  1956 yili  O’zbekiston davlat universiteti (1961 yildan Samarqand davlat universiteti) Filologiya fakulteti tarkibida «Tojik tili va adabiyoti» bo’limi sifatida, 1961 yildan «O’zbek va tojik filologiyasi fakulteti» tarkibida, 1989 yildan «Tojik  filologiyasi fakulteti» nomi bilan alohida fakultet sifatida, 2010 yildan «Tojik va rus filologiyasi fakulteti», 2016 yildan “Filologiya fakulteti, tojik filologiyasi shӯ’basi”   tarkibida tojik tili va adabiyoti bo’limi sifatida faoliyat olib bormoqda. Uning tarkibida bitta kafedra Tojik tili va adabiyoti kafedrasi faoliyat olib boradi.

1959-1989 yillar davomida fakultetni (kunduzgi, kechki va sirtqi bo’limlar bilan birgalikda) ikki mingdan ziyod yigit va qizlar «filolog – tojik tili va adabiyoti o’qituvchisi» mutaxassisligi bilan bitirgan. Ular  O’zbekistonning deyarli barcha viloyatlaridagi hamda Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’iston Respublikalaridagi   umumta’lim maktablarida tojik tili va adabiyoti, arab va fors tillaridan dars berib, shuningdek  Ommaviy axborot vositalari idoralarida jurnalist, tarjimon, nashriyotlarda muharrir, ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy xodim, davlat va boshqaruv idoralarida rahbarlik va yetakchi xodim lavozimlarida ishlab kelmoqdalar. Fakultetni bitiriganlardan ӯn sakkiz kishi filologiya fanlari doktori, 6 nafar tarix va falsafa fanlari doktorlari, o’ttiz tӯqqiz kishi filologiya fanlari nomzodi, shuningdek bir necha kishi pedagogika, falsafa, san’atshunoslik fanlari doktor va nomzodi ilmiy darajalarini olib, O’zbekiston va Tojikiston oliy o’quv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlamoqdalar.

Kafedraning o’zida fan doktorlari va nomzodlari tayyorlashda ham sezilarli ishlar amalga oshirgan va shu nuqtai nazardan uning zamirida milliy adabiyotshunoslik va tilshunoslik bobida ilmiy maktab azaldan shakllangan. Kafedrada ishlab turib professorlar R.Muqimov, Yu.Avaliani, T.Zehniy, B.Valixӯjayev, ak. R.G’afforov, Sh.Sharofov, J.Mirsaidov, Sh.Shukurov, S.Sa’diyev, J.Hamroyev, fan nomzodlari, dosentlar T.Abdujabborov, R.Egamberdiyev, M.Atoyev, S.Ibroimzoda, S.Asliddinov, S.Umarova, M.Mirkamolova, A.Mirsafoyev, S.Halimov, V.Qosimov, L.Nazarova, B.Nasriddinzoda, A.Qamarzoda, M.Istamova, M.Adashev, A.Samadov, G’.Mahmudov, J.Hamroyev, H.Berdiqulov, S.Xӯjaqulov, Z.Yunuszoda, D.Hazratquliyon, falsafa doktorlari (PhD) G’.Rahimqulov, G.Adashulloyeva, S.Majidova, A.Shernazarovlar ilmiy risolalarini yoqlaganlar.

Mazkur fakultetni bitirganlar orasida davlat arboblari bor bo’lib, ular turli davrlarda Respublikaning nufuzli tashkilotlari va davlat organlari va ta’lim muassalaraida mas’uliyatli vazifalarni bajarishgan. Bular orasidan H.Qudratulloyev,  R.Hakimova, S.Asadov, A.Iskandarov Sh.Vakilov, Yo.Dodojonov, R.Mo’minjonov, U.Hasanova, S.Yangiboyev, bir qator bitiruvchilar Respublika va viloyat radio va televideniyesi idoralarida muharrir lavozimlarida ishlagan. Bundan tashqari fakultet bitiruvchilari ayni paytda Respublikamiz viloyatlari va tumanlaridagi barcha mahalliy OAVda muxbir va muharrir sifatida faoliyat olib borishmoqda.  

Mustaqillik  yillarida  fakultetda  5120100-Filologiya va tillarni ӯqitish (tojik filologiyasi) bakalavr ta’lim yӯnalishi va shu ta’lim yӯnalishi negizida 5A120101-Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti), 5A120102–Lingvistika (tojik tili) magistratura mutaxassiliklari bo’yicha mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Yaqin yillargacha mazkur shӯ’baga har  yili davlat granti asosida 15 nafar talaba bakalavr bo’limiga, 25 nafar bakalavr ta’lim yӯnalishiga va 2 nafar iqtidorli talabalar magistratura mutaxassisliklariga hamda kontrakt-shartnoma tӯlov asosida 6 nafardan qabul qilinar edi. Hozirgi paytda davlat granti asosida 5 nafar talaba bakalavr bo’limiga, 15 nafar bakalavr ta’lim yӯnalishiga va 2 nafar iqtidorli talabalar magistratura mutaxassisliklariga hamda kontrakt-shartnoma tӯlov asosida 6 nafardan qabul qilinmoqda.

Mustaqillik yillarida J.Hamroyev doktorlik dissertasiyasini, S.Xo’jaqulov, Z.Yunuszoda, D.Hazratqulova kabi yosh tadqiqotchilar nomzodlik dissertasiyalarini, G’.Rahimqulov, G.Adashulloyeva, S.Majidova, A.Shernazarovlar falsafa fani doktorlari (PhD) sifatida ilmiy risolalarini yoqladilar. Ayni paytda ham Samarqand davlat universiteti qoshida PhD. 27.06.2017 Fil.02.03 raqamli ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda. Mazkur ilmiy kengashda 10.00.05 - Osiyo va Afrika xalqlari  tili va adabiyoti (tojik tili va adabiyoti) ixtisosligi bo’yicha doktorantlar, yosh tadqiqotchilar va izlanuvchilar doktorlik dissertasiyalarini himoya qilishmoqda. Bu jihatdan hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Respublikada ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan oqilona siyosat va  izchil islohotlar hamda universitetimiz rektori prof. R.I.Xalmuradovning ta’lim jarayonida tadrijiy ravishda kafedraning moddiy texnik bazasini takomillashtirish, uning miqyosini kengaytirish, ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasidagi bevosita qӯllab quvatlashlaridan kafedramiz jamoasi mamnundir.

         Mustaqillik yillarida fakultetning  O’zbekistondagi boshqa oliy o’quv yurtlari hamda ilmiy tadqiqot institutlari, shuningdek chet el  olimlari  bilan aloqasi yo’lga qo’yilgan bo’lib, fakultet olimlari turli Xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan qatnashib, ilmiy asarlari nufuzli  nashrlarda e’lon qilinmoqda.

         Fakultet professor-o’qituvchilari tojik tili va adabiyoti ta’limi bo’yicha Davlat ta’lim standartlari, namunaviy ta’lim dasturlari va o’quv qo’llanmalar hamda darsliklar yaratish borasida ham  fa’ol qatnashib kelmoqdalar. Professor A. Qamarzoda 2001 yildan 2012 yilgacha Respublika Ta’lim Markazi qoshidagi tojik tili va adabiyoti Ilmiy-metodik kengashi raisi vazifasini bajarib keldi.  Professorlar S.Sa’diyev, A.Qamarzoda, J.Hamrov, A.Vohidov, dosent A.Samadov, o’qituvchilar M.Davronova, A.Vohidov, S.Xӯjaqulovlar umumta’lim maktablari uchun  tojik tili  va adabiyotidan darsliklar yaratdilar va hozirda mazkur darsliklar xalq ta’limi sohasida asosiy ӯquv adabiyotlari sifatida foydalanilmoqda. Oxirgi yillarda prof. J.Hamroyevning “Yangi tojik adabiyoti tarixi”. –Toshkent:  Tamaddun, 2015. (38 bosma taboq), dos. S.Xӯjaqulovning “Milliy uyg’onish davri tojik adabiyoti”. – Toshkent: Ӯzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2015. (26 bosma taboq), M.Kabirov va T.Choriyevlarning “Hozirgi zamon tojik adabiy tili”. –Toshkent: Chӯlpon, 2017 (22 bosma taboq) nomli darsliklari Oliy va ӯrta maxsus ta’lim vazirligining grifi asosida nashrdan chiqarildi.

Mustaqillik yillarida fakultet professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan Universitetimizda Rӯdakiy Samarqandiy, Abdurahmon Jomiy, Sadriddin Ayniy, Hoji Muyin, Foteh Niyoziy, Shodon Hanif kabi adiblar ijodiga bag’ishlangan Xalqaro anjumanlar o’tkazildi. Joriy yilda ham Samarqand davlat universiteti va Buxoro davlat universitetlari hamkorligida Qori Rahmatulloh Vozeh Buxoriyning 200 yilligiga bag’ishlangan xalqaro anjuman, taniqli adabiyotshunos, munaqqid, mohir yozuvchi, dramaturg, “Samarqandnoma” kitobi muallifi  Rasulxon Hodizodaning 90 yilligiga bag’ishlangan Respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar ӯtkazildi. 

Fakultetni bitirganlar orasida O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi,  Tojikiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalistlar (Ma’ruf Otaxonov,  Muzayyana Xo’jayeva), ko’plab O’zbekistonda xizmat kӯrsatgan o’qituvchilari,  Xalq ta’limi a’lochilari, «Do’stlik» ordeni, «Shuhrat» medali “Mustaqillik” kӯkrak nishoni sohiblari bor.

Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlariga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Tojik tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari 2017- 2021 yillar uchun adabiyotshunoslik sohasi  bo’yicha «Tojik adabiyotida adabiy janrlar va ijodiy uslublar rangbarangligi», tilshunoslik sohasi bo’yicha «Tojik tilining leksikologiyasi, leksikografiyasi va uslubiyotiga doir ba’zi masalalar» nomli ikkita loyiha mavzulari  asosida ilmiy-tadqiqot va izlanishlar olib borishni ӯz oldlariga maqsad qilganlar. Mazkur loyihalar asosida joriy taqvimiy yilda kafedrada doktorlik dissertasiyalari himoya qilinishi rejalashtirilgan. Tojik tili va adabiyoti kafedrasida uchta tayanch doktorant  Dilorom Axmedova, Xayyom Mirzoyev, Sharif Yarashovlar ilmiy ish olib borishmoqda.

Tojik tili va adabiyoti kafedrasi yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan o’quv qo’llanmalar, darsliklar, monografiyalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, turdosh fanlardan Respublikamizda mustaqillik davrida yaratilgan ilmiy nazariy adabiyotlar, elektron darsliklar, o’quv-uslubiy majmualar asosida olib borilmoqda. Barcha mutaxassislik fanlaridan o’quv uslubiy majmualar, uslubiy ko’rsatmalar, ularning elektron versiyalari shu kafedraning professor–o’qituvchilari tomonidan yaratilgan va fakultetning axborot resurs markazida alohida nusxalarda va kurslar kesimida saqlanmoqda.  Istiqbolda kafedra professor-o’qituvchilari xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ilmiy salohiyatni oshirish, korporativ hamkorliklarni yo’lga qo’yishni asosiy maqsadlari sifatida belgilab olishgan.

Fakultetda hozir 2 nafar fan doktori, professor (S.Sa’diyev, J.Hamroyev), 5 nafar fan nomzodi, dosent (A.Vohidov, M.Istamova, H.Berdiqulov, D.Hazratqulova, S.Xo’jaqulov), 4 nafar  katta o’qituvchi (A.Vohidov, A.Xonxo’jayeva), 4 nafar falsafa doktorlari (PhD) G’.Rahimqulov, G.Adashulloyeva, S.Majidova, A.Shernazarov), ikki nafar ӯqituvchilar N.Qayumov va A.Xonxӯjayevalar ishlaydi.

Tojik tili va adabiyoti kafedrasi huzurida «Suxanshinos» va «Mahfili adab» ilmiy-adabiy  to’garaklari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Tojik filologiyasi shӯ’basining iqtidorli talabalari mazkur to’garaklarda faol qatnashib kelmoqda. Ta’bir joiz bӯlsa aytish mumkinkim, ayni paytda Respublikamizda ijodiy faoliyat bilan shug’ullanib kelayotgan kӯpgina ijodkorlar, shoirlar va yozuvchilar ushbu tӯgaraklarning faxriy a’zosi hisoblanishadi va ӯz vaqtida mazkur tӯgarak anjumanlarida va yig’ilishlarida toblanishgan. Jumladan, yozuvchilar  Bolta Ortiqzoda, Adash Istad, Salim Kenja, Abdullo Subhon, Paymon, Maryam Farg’oniy, Mahbuba Tursunova, Mahbuba Ne’matzoda, Hadya Rajabova, Nasim Rajabov, Norxoja Choriyev, Dilshoda Hazratquliyon, Saodat Aliyeva va boshqalar fakultet bitiruvchilari hisoblanishadi.

Fakultet  professor-o’qituvchilarining istiqbolda ko’zda tutilgan rejalari:  kelajagi buyuk O’zbekiston uchun munosib kadrlar yetishtirishda o’z hissalarini qo’shish, tojik tili  va  adabiyoti bo’yicha yetuk mutaxassislar tayyorlash, fan yutuqlarini ommaga yetkazish, yoshlarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda muhim hissa qo’shishdan iboratdir.