Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Umumiy fizika kafedrasi mudiri

Rajabov Rustam Mustafoyevich

1992-1993 yillar Samarqand davlat universitetitest markazi operatori;
1993-1996 yillar Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti Magnit xodisalar fizikasi kafedrasi katta laboranti;
1996-1999 yillar Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti aspiranti;
1999-2002 yillar Samarqand davlat universiteti Umumiy va magnit hodisalari fizikasi kafedrasi katta laboranti;
2002-2006 yillar Samarqand davlat universiteti umumiy va magnit hodisalari fizikasi kafedrasi assistenti;
2006-2011 yillar Samarqand davlat universiteti Umumiy va magnit hodisalari fizikasi kafedrasi dotsenti;
2011-yildan Samarqand davlat universiteti Umumiy fizika kafedrasi mudiri.

Umumiy fizika kafedrasi 1928 yilda tashkil topgan. Bu kafedraga 1928-1953 yillarda prof. A. N. Tekuchov, prof. V. S. Titovlar rahbarlik qildi. 1953-69 yillarda kafedrani prof. M. Mo’minov boshqardi. Bugungi kunda faoliyat ko’rsatayotgan umumiy fizika kafedrasining tarixi professor O.Q. Quvondiqov tomonidan 1974 yilda yadro fizikasi kafedrasi xuzurida magnetizm bo’yicha ilmiy tadqiqot laboratoriyasining tashkil qilinganligidan boshlandi. 1982 yilga qadar shu laboratoriya magnit hodisalar fizikasi mutaxassisligi boyicha kadrlar tayyorlaydigan ilmiy maktab vazifasini o’tadi. Shu maktabda I. Subxonqulov, A. Daminov, F. Ximmatqulov va X. Shakarovlar o’zining ilmiy tadqiqotchilik faoliyatlarini boshlaganlar.

1982 yil 6 iyundagi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kollegiyasining (№9-21) va 14 avgustdagi Samarkand davlat universiteti rektorining (№118) buyruqlari asosida yadro fizikasi kafedrasi kadrlari zahirasida fizika fakulteti uchun umumiy fizika kafedrasi tashkil qilindi. Magnetizm laboratoriyasining tashkilotchisi professor O. Q. Quvondiqov shu kafedraga mudir etib tayinlandi. Kafedraga umumiy fizika kursini, mexanika, molekulyar fizika va elektromagnetizm bo’limlarini o’qitish yuklamasi topshirildi.

1985 yil 4 sentyabrda SamDU rektorining buyrug’i (№119) bilan kafedrada magnetizm bo’yicha ixtisoslik tashkil qilindi va shu yildayoq unga 10 nafar talaba qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1985 yilgi (№42.6) va Samarqand davlat universiteti rektorining 1986 yil (№4) buyruqlari bilan umumiy fizika kafedrasi magnit hodisalari kafedrasi nomi bilan ataladigan bo’ldi. 1994 yilda SamDU rektorining buyrug’i bilan bu kafedraga yana umumiy fizika kafedrasi nomi berildi. “Fizikani o’qitish uslubiyati” kafedrasining tugatilishi munosabati bilan, uning fiziklar uchun o’quv yuklamasi xam shu kafedraga berildi.

Kafedrani, bugungi kunda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent R.M.Rajabov boshqarmoqda.

Universitetda kafedraning bevosita tashabbusi bilan 2013 yildan O’zbekiston Milliy Universiteti bilan hamkorlikda 5A140204 – Kondensasiyalangan muhitlar fizikasi va materialshunoslik (Magnit hodisalar fizikasi va magnit materiallar) mutaxassisligi bo’yicha magistratura yo’nalishi, 2017 yildan Samarqand davlat universiteti huzuridagi 01-04-09- magnit hodisalar fizikasi ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajalar beruvchi PhD.29.08.2017.FM02.04. raqamli ilmiy kengash faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Hozirgi vaqtda O.Kuvandikov rahbarligida universitetda Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan “Magnit hodisalar fizikasi” ilmiy laboratoriyasi faoliyat ko’rsatib turibdi. Mazkur laboratoriya magnit hodisalar fizikasi ixtisosligi bo’yicha kadrlar tayyorlaydigan ilmiy maktab vazifasini bajarib kelmoqda va jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan tan olingan. “Magnit hodisalar fizikasi” ilmiy laboratoriyasini shakllanishida Moskva, Ekaterinburg, Kiyev, Sankt-Peterburg, Donesk, Krasnoyarsk, Dnepropetrovsk shaharlari ilmiy markazlari olimlari,  Moskva davlat universiteti “Magnetizm” kafedrasi mudiri, marhum prof. Ye. I. Kondorskiy, hozirgi vaqtdagi kafedra mudiri prof. A. V. Vedyayev, shu kafedra professori A. B. Granovskiylar katta hissa qo’shgan. “Magnit hodisalar fizikasi” ilmiy laboratoriyasida tadqiqotchilardan 2 nafari fan doktorligi, 12 nafari fan nomzodligi, 1 nafari falsafa doktori (fizika-matematika fanlari PhD) dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Bugungi kunda umumiy fizika kafedrasida “Siyrak Yer va o’tkinchi element metall qotishmalar hamda o’zaro birikmalarining elektr, magnit va galvanomagnit xossalarini kristall, amorf va suyuq holatlarda o’rganish” bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun quyidagi qurilmalar yaratilgan.

1. Yuqori temperaturalarda (20-2000 ºC) moddalarning magnit qabul qiluvchanligini kondensirlangan holatda o’lchaydigan qurilma;

2. Moddalarning elektr o’tkazuvchanligini yuqori temperaturalarda kondensirlangan holatda o’rganish qurilmasi;

3. Vibrasion magnitometr yordamida moddalarning kuchli magnit xossalarini o’rganish qurilmasi;

4. Moddalarning galvanomagnit xossalarini yuqori temperaturalarda o’rganadigan qurilma;

Hozirda mazkur qurilmalarda O. Quvondiqov rahbarligida umumiy fizika kafedrasida faoliyat ko’rsatayotgan dos. X. O. Shakarov, dos. I. Subxonqulov, dos. N. S. Hamrayev, dos. R. M. Rajabov, dos. M. K. Saloxitdinova, dos. Z. M. Shodiyev kabi fan nomzodlari va ass. B. U. Amonov, ass. U. E. Nurimov va magistrlar O. Sulaymonov X.Xasanov va B.Xayrullayevlar o’z  ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar.

Hozirgacha olingan natijalar asosida quyidagi ilmiy monografiyalar va o’quv qo’llanmalar tayyorlandi:

O. K. Kuvandikov. Магнитные и кинетические свойства конденсированных сплавов и соединений на основе переходных и редкоземельных металлов. Monografiya. «Fan», Toshkent. 2009.

O. K. Kuvandikov. Магнетизм и магнитные материалы. Часть 1. Магнетизм. Учебное пособие. «Fan» Toshkent. 2011  

O. Q. Quvondiqov, I. Turdibekov, R. Xoldorov. Elektromagnetizm. O’quv qo’llanma. “Zarafshon”. 2013.

Kuvandikov O. K., Shakarov X.O. “Структурные и манитные свойства соединений редкозмелных металлов с нормальными и переходными металлами при высоких температурах”.// T.: “Fan, 2015.-320s.

Kuvandikov O. K., Rajabov R. M.. “Электромагнитные свойства сплавов никеля при высоких температурах”. //LAMBERT Academic publishing. Germany, 2015.-104 s.

O. Q. Quvondiqov, I. Subxonqulov, X. O’rinov. Elektrotexnika fanidan laboratoriya mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent. Fan va texnologiya nashriyoti. 2016 yil. 136 b. 

O.K.Kuvandikov, X.O.Shakarov, M.K.Salaxitdinova “Руководство по выполнению лабораторных работ по курсу «Электричество и магнетизм». СамГУ, Самарканд. 2016 г. I и II часть. 224 с.

Kuvandikov O.K., Shakarov X. O. Структурные и магнитние свойства соединений редкоземельных металлов с нормальными и переходными металлами при высоких температурах Научная монография. T.: “Fan va texnologiya”.-307 s. 2017 g,

Kuvandikov  O.K., Shakarov X. O., Niyazov Sh.K. Elektr va magnitizm kursidan laboratorya ishlari. O’quv qo’llanma. T.: “Fan va texnologiya”.-295 s. 2017 g

Umumiy fizika kafedrasi xodimlari tomonidan Respublika, Xalqaro jurnallarda va ilmiy konferensiya materiallarida 600 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilingan.

Umumiy fizika kafedrasining tashabbusi bilan quyidagi konferensiyalar o’tkazilgan:

1. O’zaro Iqtisodiy Hamkorlik mamlakatlari Kengashiga kirgan davlatlarning olimlari ishtirokida magnetizm bo’yicha xalqaro konferensiya, (Samarqand, SamDU,  1984 y.);

2. “Umumiy-o’rta, o’rta-maxsus, kasb –hunar ta’limi tizimlarida fizika fanini o’qitish muammolari”, mavzusidagi Respublika amaliy–uslubiy konferensiyasi, (Samarqand, SamDU, 2000 yil, 30-31 mart);

3. “XXI asrda fizika ta’limi va fani muammolari”, mavzusidagi Respublika amaliy–uslubiy konferensiyasi, (Samarqand, SamDU, 2003 yil 5-6 may.);

4. “Murakkab materiallarning elektromagnit xossalari” mavzusidagi Xalqaro konferensiya, (Samarqand, SamDU, 2006 yil, Sentyabr);

5. “Fizika fani va fizik ta’limi muammolari”. mavzusidagi Respublika ilmiy konferensiyasi (Samarqand, SamDU, 2009 yil 11-12 dekabr);

6. ”Ilg’or texnologiyalar uchun murakkab (kompleks) materiallar elektrodinamikasi (PLASMETA'11)”mavzusida bo’lib o’tgan I–Xalqaro konferensiya (Samarqand, SamDU, 2011 yil, 21-26 sentyabr). o’tkazilgan.

Bugungi kunda umumiy fizika kafedrasida dos. M. Saloxitdinova tomonidan 2015-2017 yillarga mo’ljallangan A-4-9-raqamli «O’tkinchi metallar oksidlari bilan legirlangan borat shishada nanozarrachalar va nanostrukturalarni xarakterlovchi usullarni ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyiha bajarilmoqda

Umumiy fizika kafedrasi professor-o’qituvchilari ilmiy ishlarining samarali  natijasi bo’yicha 1998-2003 yillarda 2 marta xalqaro “INTAS” loyihasi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

Umumiy fizika kafedrasida bir necha yillardan buyon Samarqand shahridagi oliy o’quv yurtlariaro “Fanlar metodologiyasi va o’qitishning zamonaviy texnologiyalari” ilmiy-uslubiy seminari tashkil etilgan. Shuningdek, kafedrada ilmiy-tadqiqot  yo’nalishlari bo’yicha «Magnit olami» to’garagi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.