Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Mehnat ta'limi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi kafedrasi Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Astranomiya kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi

Yadro fizikasi kafedrasi mudiri

Eshburiyev Rashid Majidovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998933430082
  • Elektron pochta: r-eshburiyev@mail.ru

1975-1980 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
1980-1984 yillar Samarqand davlat universiteti muammolar laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi;
1984-1988 yillar Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi aspiranti;
1988-1991 yillar Samarqand davlat universiteti muammolar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi;
1991-1995 yillar Samarqand davlat universiteti kosmos fizikasi va astrofizika kafedrasi assistenti;
1995-1998 yillar Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi doktoranti;
1998-2000 yillar Samarqand davlat universiteti kosmos fizikasi va astrofizika kafedrasi assistenti;
2000-2001 yillar Samarqand davlat universiteti kosmos fizikasi va astrofizika kafedrasi dotsenti;
2001-2003 yillar Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekan o‘rinbosari;
2003-.2006 yillar Samarqand davlat universiteti magistratura bo‘limi boshlig‘i;
2006-2008 yillar Samarqand davlat universiteti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i;
2008-2011 yillar Samarqand davlat universiteti magistratura bo‘limi boshlig‘i;
2011-2017 yillar Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekani;
2017 - yildan Samarqand davlat universiteti yadro fizikasi kafedrasi mudiri v.b.

Samarqand Davlat universiteti 1927 yilda tashkil topgan bo‘lsa, Yadro fizikasi kafedrasi ham dastlab fizika-matematika fakulteti tarkibida, 1961 yildan boshlab esa fizika fakulteti tarkibida faoliyat ko‘rsatib keldi. Universitetda yadro fizikasi bo‘yicha tadqiqotlarni birinchi bo‘lib, yirik olim va davlat arbobi, 1944-1953 yillarda universitet rektori bo‘lib ishlagan professor Muminov Muso Mo‘minovich boshlab bergan va “Yadro fizikasi” ilmiy maktabini yaratgan edi. Yadro fizikasi kafedrasini bitirganlardan o‘nlab fan doktorlari va fan nomzodlari yetishib chiqdi. Bular qatoriga professorlar M.M.Mo‘minov, akademik T.M.Mo‘minov, prof.U.S.Salihbayev, prof.I.Xolboyev, prof.E.Bozorov, dotsentlar N.B.Badalov, A.B.Xoliqulov, G.Axmedova, Sh.Omonov, T.Hazratov, F.Qo‘ng‘urov, A.N.Safarov, Sh.Xushmurodov, D.Hotamov, O.Qobilov, T.Saidmurodov, X.Tillayeva, X.Xaydarov, U.Maqsudov, R.Tog‘ayev, I.Haqberdiyev va O.Mamatqulovlarni kiritish mumkin.

Bugungi kunda kafedra Respublikada ilm-fan rivojiga katta hissa qo’shish bilan birgalikda, ko‘plab yuqori malakali mutaxassislar tayyorlamoqda. Kafedrada 1 nafar fan doktori - akademik, 1 nafar fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar hamda 4 nafar assistentlar samarali mehnat qilishmoqda. Kafedrada 5A140205-“Yadro fizikasi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika” va 5A140202-“Fizika (fizik ekologiya)” mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura hamda tayanch (PhD) doktorantura  faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarni olib borishda akademik T.M.Mo‘minov, professor X.X.Hasanov, dotsentlar O.Pardayev, G.Axmedova, R.Eshbo‘riyev. O.B.Mamatqulovlar, katta o‘qituvhchi  A.O‘sarov hamda assistentlar U.U.Tuxtayev, E.A.Umirzaqov, S.K.Yo‘ldashev, D.A.Hakimovlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2010-2014 yillarda kafedra o‘qituvchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan (loyiha rahbari dots.SH.Xushmurodov) MAGATE tashkilotining qiymati 231000 EURO bo‘lgan granti hisobiga atom fizikasi, yadro fizikasi, o‘quv laboratoriyalari hamda ilmiy laboratoriyalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Kafedra qoshidagi Yadro fizikasi ilmiy laboratoriyasida (laboratoriya mudiri f-m.f.n.A.Safarov) akademik T.M.Mo‘minov rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari bajarilmoqda.

Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va kadrlar tayyorlash borasida O‘zFA yadro fizika instituti O‘zFA “Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi, O‘zMU Yadro fizika kafedrasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Birlashgan Yadro tadqiqotlar instituti (Dubna, Rossiya) hamda Moskva davlat universiteti Yadro texnologiyalari laboratoriyasi bilan hamkorlik ishlarini olib borishmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada quyidagi ilmiy loyihalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda:

1. “Capacity Building in the Peaceful Use of Nuclear Science and Technologies at the National Iniversity of Uzbekistan and the Samarkand State University. UZB2018002”. (95 000 dollar);

2. “Qurilish materiallarining radiatsion xafvsizligini baholash”. (100 mln. so‘m);

3. “Noyob ob’ekt (Yadro fizikasi laboratoriyasi-371 mln.so‘m)” grant loyihalari bajarilmoqda.

Atom fizikasi o‘quv laboratoriyasi

 

Изменение размера Лаборатория в ЯФЛ - IMG_1379

Yadro fizikasi o‘quv laboratoriyasi

   ЯФЛ_установки_6

«Mikrotron-22С» qurilmasining boshqaruv pulti

1944 yildan hozirgi vaqtgacha “Yadro fizikasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan professor – o‘qituvchilar:

  • 1944-1969 yillar, professor Mo‘minov Muso Mo‘minovich;
  • 1969-1972 yillar, dotsent Mo‘minov Maqsud Musayevich;
  • 1973-1978 yillar, dotsent Badalov Ne’mat Badalovich;
  • 1978-1983 yillar, dotsent Xoliqulov Amriddin Bobobekovich;
  • 1983-1988 yillar, professor Ibadov Rustam Mustafayevich;
  • 1988-1998 yillar, professor Mo‘minov Maqsud Musayevich;
  • 1999-2010 yillar, dotsent Xushmurodov Shaymon Xolmonovich;
  • 2011-2014 yillar, professor Ibadov Rustam Mustafayevich;
  • 2014-2017 yillar, dotsent Xushmurodov Shaymon Xolmonovich;

- 2017 yildan dotsent Eshbo‘riyev Rashid Majidovich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.