Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


Magistraturaga hujjat topshirganlar IELTS bo‘yicha 5,5 ballga ega bo‘lsa chet tili imtihonidan ozod etiladi

 

Abituriyentlarga eslatma

 

Abituriyent qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirishi, topshirgan hujjatlariga mos ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga to‘g‘ri kiritilganini tasdiqlashi lozim. Qabul jarayoni tugagandan so‘ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi.

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.

Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:

- savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish;

- test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish.