Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


STIPENDIYALAR

Universitetda stipendiya tayinlash o‘quv yilida ikki marotaba o‘tkaziladi va stipendiyalar yakuniy nazorat natijalariga asosan universitet rektorining buyrug‘i bilan tayinlanadi va to‘lanadi.

2018-2019 o‘quv yilida o‘quv semestri mobaynida har bir fan bo‘yicha eng yuqori ballarning 86-100 foizini to‘plagan talabaga 1.0 koeffitsiyenti bilan 621745 so‘m stipendiya, har bir fan bo‘yicha eng yuqori ballarning 71-85 foizini to‘plagan talabaga 0.75 koeffitsiyenti bilan 466309 so‘m, har bir fan bo‘yicha eng yuqori ballarning 55-70 foizini to‘plagan talabaga 0.5 koeffitsiyenti bilan 310873 so‘m stipendiya (50% naqd pul shaklida) to‘lanadi.

Universitetda koeffitsiyentlarni qo‘llash bilan stipendiyalarning bazaviy miqdori

(2018/2019 o‘quv yil boshida)

 

T/R

Reyting bo'yicha ballar

Koeffisiyent

Oylik stipendiya miqdori

(so'm)

1

86-100%

1,0

621745

2

71-85%

0,75

466309

3

55-70%

0,5

310873