Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Markazi boshlig'i

Xudoyberdiyev Bekzod G‘aybullayevich

  • Qabul vaqti: Seshanba,Payshanba (14:00-15:00)
  • Telefon: +99866-239-12-58
  • Elektron pochta: samdu_atm@samdu.uz

1981-yil 30-mayda Samarqand viloyati Payariq tumani Xosa mahallasi Chuqur qishlog‘ida tug‘ilgan.
1988-1998 yillarda Payariq tumani 26-umumta’lim maktabida o‘qigan. 
1998-2002 yillarda Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti fizika ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan.
2002-2004 yillarda Samarqand davlat universiteti “Issiqlik fizikasi va molekulyar fizika” mutaxassisligi magistranti.
2002-2004 yillarda Samarqand davlat universiteti “Iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi” boshliq yordamchisi sifatida ishlagan.
2004-2006 yillarda Samarqand temir yo‘l transport kasb-hunar kolleji informatika fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 
2006-2009 yillarda Samarqand davlat universiteti 01.04.05 – Optika ixtisosligi aspiranti.
2012 yil - fizika-matematika fanlari nomzodi.
2010-2014 yillarda Samarqand davlat universiteti katta laboranti va assistenti.
2014-2017 yillarda Samarqand davlat universiteti 01.04.05 – Optika ixtisosligi doktoranti.
2017-2018 yillarda Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi.
2018-2019 yillarda Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi dotsenti.
2019 yildan h.v. Samarqand davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i lavozimidan faoliyat ko‘rsatmoqda.

Markaz faoliyati haqida

Markaz universitet o‘quv, ilmiy, ma’muriy va xo’jalik xizmati jarayonlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish tashkillashtiradi.

Universitet axborot-kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

Universitetga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiya vositalarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish, joriy etish, foydalanish, loyihalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.

Universitetda yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritadi.

Universitetda tarmoq va tarmoq qurilmalari xavfsizligini va doimiy ishchi holatda bo‘lishini nazorat qiladi.

 

Markazning asosiy vazifalari:

  • universitetda tarmoq administratorligi va tarmoqqa kirishni nazorat qilish, universitet rasmiy veb-sayti, serverlari, axborot resurslari xavfsizligini va doimiy ish faoliyatida bo‘lishligini ta’minlash;
  • universitet ko‘p darajali telekommunikatsion tarmoqlari xamda texnik vositalarni xavfsizligini va sifatli ishlashini ta’minlash, shuningdek monitoringini yuritish;
  • o‘quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha Moodle masofaviy o‘qitish tizimi va multimediali ta’lim resurslarini texnik jixatdan qo‘llab-quvvatlash;
  • universitet tarkibiy bo‘linmalarini multimedia vositalari va texnika vositalari bilan jixozlash, sotib olish bo‘yicha takliflar kiritadi.
  • universitetda foydalaniladigan texnik vositalarni modernizasiya qilish ishlarini tashkil etish.
  • universitetda axborotlashtirish va texnik vositalar bilan bog‘liq tovar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxona, tashkilotlar bilan shartnomalarni o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va shartnomalar tuzishda ekspert sifatida ishtirok etish.