Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

SamDU matbuot kotibi

  • Qabul vaqti: Har kuni 08:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon:
  • Elektron pochta:

Matbuot kotibining vazifalari

 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

keng jamoatchilikni universitetning faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

universitetning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

universitetning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.