Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Magistratura bo'limi boshlig'i

Ro'zimurodov Xaydar Xolmurodovich

  • Qabul vaqti: Dushanba-juma kunlari 15:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: 0-366-239-15-23
  • Elektron pochta: rxx05@mail.ru

Samarqand davlat universiteti magistraturasi 1999 yil tashkil topgan. Magistraturaga bo‘limini 1999-2002 yillar mobaynida dots.O.Pardayev, 2002-2003 yillar mobaynida dots.Yu.Jo‘rayev, 2003-2011 yillar mobaynida dots.R.Eshbo‘riyev, 2011-2013 yillar mobaynida dots.M.Mo‘minov, 2013-2017 yillar mobaynida dots.Z.Raxmanovalar boshqarib keldilar, 2017 yilning 7 iyunidan boshlab bo‘limga dots. X.X. Ro‘zimuradov rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi paytda magistratura bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martidagi 36-son qarori bilan kuchga kirgan “Magistratura to‘g‘risidagi nizom”ga asosan ishlar olib borilmoqda.
Magistraturani 2002-2017 yillar mobaynida jami 3000 nafardan ortiq talaba bitirib, magistr akademik darajasini olishdi.
Hozirgi vaqtda universitetning 1 kursida 37 ta mutaxassislik shifri bilan 45 ta mutaxassislik bo‘yicha 223 ta magistrant, 2 kursida 33 ta mutaxassislik shifri bilan 40 ta mutaxassislik bo‘yicha 138 ta magistrant, jami 361 ta magistrant ta’lim olmoqda. Bu mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlarni tayyorlash 40 ta kafedralar zimmasiga yuklatilgan.

Magistrantlarga 2017 yilda tasdiqlangan o‘quv rejasi asosida o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda. O‘quv reja bo‘yicha jami 4212 soatning 35% i o‘quv fanlariga (1512 soat), 65% foizi ilmiy faoliyatga (2700 soat) ajratilgan. Magistrantlar bajaradigan asosiy yuklama ilmiy faoliyatdan iborat.
Mutaxassislik fanlaridan darslarni o‘tishga va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlikka universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari jalb qilingan. Bundan tashqari magistratura o‘quv jarayoniga va ilmiy rahbarlikka respublikamizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan va Fanlar Akademiyasi tarmoq institutlaridan bir talay mutaxassislar taklif qilingan.
Magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, ularni konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash, ilmiy natijalar asosida maqolalar chop etish masalalariga ham e’tibor berilmoqda. Magistrantlarning an’anaviy ilmiy konferensiyasida aksariyat magistrantlar ma’ruza qilishmoqda. Keyingi yillar davomida magistrantlarning ikki qismdan iborat konferensiya to‘plamlari chop etilib kelinmoqda.
Magistraturadagi o‘qishi davomida muvaffaqiyatli ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullangan 7 nafar iqtidorli magistrantlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldilar.
Bular: Biotexnologiya mutaxassisligi buyicha taxsil olgan Xudoyberdiyev Sharof Abdumalikovich (2004-2005 yillar), Informatika mutaxassisligi buyicha taxsil olgan Arabboyev Shavkat Umidovich (2005-2006 yillar), Umumiy tarix mutaxassisligi buyicha taxsil olgan Xamrokulova Shoxista Shamsitdinovna (2006-2007 yillar), Axolishunoslik va mexnat iktisodiyoti mutaxassisligi buyicha taxsil olgan Ergashev Islom Ismoilovich (2007-2008 yillar), Lazer fizikasi mutaxassisligi buyicha taxsil olgan Redkin Pavel Vitaliyevich (2008-2009) yillar, Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan Nuritdinova Xilola Abduraxmanovna (2017-2018 o‘quv yili). 2017 yili Musiqa ta’limi va san’at mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan Ayapov Salamat Baxtiyevich Nihol mukofoti sovrindori bo‘ldi.

Magistratura to‘g‘risidagi Nizom

Magistratura talabasining kalendar ish rejasi

Magistratura talabasining ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyatini baholash tartibi va mezonlari

 

 

http://samdu.uz/assets1/plugins