Magistratura bo'limi boshlig'i

Nizamova Nigora Negmatovna

  • Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma kunlari 15:00 dan 17:00 gacha
  • Telefon: 0-366-239-15-23
  • Elektron pochta: n-nizomova@samdu.uz

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO‘LIMI


Samarqand davlat universitetida magistratura bo‘limi 1999-yil tashkil etilgan. Magistratura bo‘limini dotsent O.Pardayev (1999-2002-yillar),  dotsent Y.Jo‘rayev (2002-2003-yillar), dotsent R.Eshbo‘riyev (2003-2011-yillar), dotsent M.Mo‘minov (2011-2013-yillar), dotsent Z.Rahmonova (2013-2017-yillar), dotsent X.X.Ro‘zimuradovlar (2017-2019-yillar)  boshqarib kelganlar. 2019-yil may oyidan N.N.Nizamova rahbarlik qilmoqda.

Hozirgi paytda magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan kuchga kirgan “Magistratura to‘g‘risidagi nizom”ga asosan faoliyat olib bormoqda.
Universitet magistratura bo‘limining 1-kursida 47 ta mutaxassislik  bo‘yicha 380 nafar magistrant, 2-kursida 41 ta mutaxassislik bo‘yicha 237 nafar magistrant, jami 617 nafar magistrant tahsil olmoqda. Shulardan 7 nafari xorijiy mamlakatlar (Koreya, Xitoy va Afg‘oniston) fuqarolaridir. Bu mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlarni tayyorlash 50 ta kafedra zimmasiga yuklatilgan. Har bir fakultetda vidoekuzatuv kameralari va videoproyektor bilan jihozlangan magistrantlar xonasi tashkil etilgan.

Mutaxassislik fanlaridan darslarni o‘tishga va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan. Bundan tashqari, magistratura o‘quv jarayoniga va ilmiy rahbarlikka respublikamizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarmoq institutlaridan hamsohalar boyicha taniqli olimlar, mutaxassislar taklif etilgan.                                           Magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, konferensiyalarga faol ishtirokini ta’minlash, kuzatishlari va ilmiy tadqiqotlari natijalar asosida ilmiy maqolalar chop etish masalalariga ham alohida e’tibor berilmoqda. Universitet magistrantlarining an’anaviy ilmiy konferensiyasida magistrantlarimizning aksariyat qismi o‘z dissertatsiyasi mavzusi asosida ma’ruza qilmoqda. Keyingi yillar davomida magistrantlarning ikki qismdan iborat konferensiya to‘plamlari chop etib kelinmoqda.   
Bir qator iqtidorli talabalarimiz magistraturada o‘qishi davomida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan jiddiy va muvaffaqiyatli shug‘ullanishib, nufuzli davlat stipendiyalari, tanlovlar va mukofotlar sovrindorlari bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindorlari:

2004-2005-o‘quv yili Xudoyberdiyev Sharof Abdumalikovich (Biotexnologiya).

2005-2006-o‘quv yili Arabboyev Shavkat Umidovich (Informatika).

2006-2007-o‘quv yili Hamroqulova Shohista Shamsitdinovna (Umumiy tarix).

2007-2008-o‘quv yili Ergashev Islom Ismoilovich (Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti).

2008-2009-o‘quv yili Redkin Pavel Vitaliyevich (Lazer fizikasi).

2017-2018-o‘quv yili Nuritdinova Hilola Abdurahmonovna (Pedagogika nazariyasi va tarixi).

2019-2020-o‘quv yili Oripov Hasan Abdivahobovich (Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi). 

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori:

2019-2020-o‘quv yili Musulmonova Kamola Husniddin qizi (O‘zbek tili va adabiyoti).

Nihol mukofoti sovrindori:

2017-2018-o‘quv yili Ayapov Salamat Baxiyevich (Musiqa ta’limi va san’at).

“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sovrindori:

2019-2020-o‘quv yili Samadov Aziz Ilhomovich (Amaliy matematika va axborot texnologiyalari).

Magistratura bo’limining vazifalari:

  • Samarqand davlat universiteti   mutasaddi kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo’limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
  • Magistratura mutaxassisliklari uchun zaruriy normativ-huquqiy  hujjatlarni ishlab chiqish,  kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
  • universiteti  bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o’rtasida yo’nalish bo’yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
  • universitet barcha bo’linmalarining magistrlar tayyorlash bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • magistrlar tayyorlash bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga ko’maklashish;
  • magistrantlarga taqdim etilayotgan ta’lim va o’qitish sifatini nazorat qilish;
  • magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o’qituvchilarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlarini nazorat qilish, ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish;
  • magistraturada mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni aniqlash;
  • magistrlarni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
  • magistrantlarning ilmiy-pedagogik,  ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo’yicha faoliyatini  “Magistratura to’g’risida” Nizomga  muvofiq magistrantlarning kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlash
  • YaDA sinovlari va magistrlik dissertasiyasi himoyalarining samarali tashkil etishini ta`minlash.

 

Magistratura to‘g‘risidagi Nizom

Stajirovka  toʼgʼrisida Nizom

Magistratura talabasining kalendar ish rejasi

Magistrantlarning ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyati dasturi