Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Bo'lim boshlig'i

Alikulov Begali Saydullayevich

  • Qabul vaqti: Seshanba, payshanba, 16-00 dan 18-00 gacha
  • Telefon: (0366) -2391849
  • Elektron pochta: alikulov_begali@mail.ru

  • 1987-yilda Samarqand viloyati Nurobod tumanida tug‘ilgan;
  • 2005-2006 yillarda Nurobod tumani SFU da ish yurituvchi;
  • 2006-2010 yillarda Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 2010-2012 yillarda  Samarqand davlat universiteti magistranti;
  • 2012-2015 yillarda Samarqand davlat universiteti Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi assistenti;
  • 2015-2016 yillarda  Samarqand davlat universiteti genetika va biokimyo kafedrasi assistenti;
  • 2016 - 2018 yillarda  Samarqand davlat universiteti Biologiya va kimyo fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari;
  • 2018 - 2019 yillarda  Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari;  
  • 2019 yildan Samarqand davlat universiteti  O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i.

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ining asosiy vazifalari

• o‘quv-uslubiy  kengash raisining o‘rinbosari vazifasini bajarish;
• o‘quv-uslubiy  boshqarma xodimlarining faoliyatini tashkil qilish, boshqarma xodimlariga o‘z vazifalarining ijrosi bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish va xizmat vazifalarini talab darajasida bajarilishini nazorat qilish;
• o‘quv-uslubiy  boshqarmaning yillik ish rejasini tuzish;
• universitet Ilmiy kengashi ishida ishtirok etish; 
• o‘quv ishlariga doir Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruq va ko‘rsatmalari, universitet Ilmiy kengashi qarorlarini universitet miqyosida joriy etish bo‘yicha rektor buyruq va farmoyishlari loyihasini tayyorlash;
• yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha fanlarning o‘quv-uslubiy  adabiyotlar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish ishlarini tashkil etish; 
• universitet Ilmiy kengashi, dekanlar yig‘ilishiga o‘quv ishlariga doir axborotlar va ma’lumotlarni tayyorlash;
• o‘quv-uslubiy  ishlarga doir rektor buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini fakultetlarda ijrosini nazorat qilish;
• yangi o‘quv yili o‘quv jarayonini tashkil qilish rejasini tuzadi va uning ijrosi bo‘yicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtish;
• ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yillik ishchi o‘quv rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiq uchun tayyorlash;
• universitet bo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmi va mavjud shtat birliklari miqdori asosida professor-o‘qituvchilarning lavozimlari bo‘yicha o‘quv yuklamalari me’yorini belgilash va tasdiqdan o‘tkazish;
• kafedra ish hajmining professor-o‘qituvchilarga taqsimlanish sifati ustidan nazorat o‘rnatish, bu bo‘yicha kafedra yig‘ilishi qarori asosida rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
• kafedralar o‘quv yuklamasi va shtat birliklari o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi chorasini ko‘rish, kafedraga shtat ajratish yoki shtatni qisqartirish haqida taklif berish;
• fakultetlar taklifi va o‘quv rejalari asosida universitet o‘quv  grafigini tuzish va bu bo‘yicha rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
• “professor-o‘qituvchilar va o‘quv jarayoni haqida talabalar fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar tashkil qilish, fakultetlar tahlilini universitet miqyosida umumlashtirib, xulosa chiqarish ishlarini amalga oshirish;
• YADA sinovlari va bitiruv malakaviy ish himoyalarining samarali  tashkil etilishini ta’minlash. YADA jarayonida universitet ma’muriyati nazoratini amalga oshirish;
• o‘quv-uslubiy  jarayonini tashkil etish hamda nazorat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va o‘quv-yordamchi xodimlariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
• o‘quv-uslubiy   jarayonni tashkil etish va nazorat qilish ishlari bo‘yicha fakultet va kafedralar uchun uslubiy ko‘rsatmalar tayorlash ishlarini tashkil qilish;
• o‘quv-uslubiy  ishlarda o‘ziga berilgan vakolat doirasida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan yoki nuqsonlariga yo‘l qo‘yayotgan professor-o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi  xodimlarni taqdirlash yoki jazo choralari ko‘rish haqida belgilangan tartibda taklif kiritish;
• vazirlik va boshqa yuqori tashkilotlarga rektor (yoki o‘quv ishlari prorektori) ko‘rsatmasiga asosan so‘ralgan ma’lumotni tayyorlash;
• o‘quv jarayoniga oid me’yoriy va ishchi hujjatlarni  tahlil qilib borish va takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda taklif kiritish; bu bo‘yicha fakultetlar takliflarini umumlashtish;
• boshqarma xodimlarining malakasini va ish unumini oshirish choralarini belgilash, boshqarma faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rish; 
• boshqarma Web–saytini takomillashtirish va tegishli ma’lumotlarning vaqtida kiritib borilishini ta’minlash;
• boshqarma tarkibini tajribali, ishga ijodiy yondasha oladigan, qat’iyatli va adolatli xodimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish;  
• fakultetlarning o‘quv-uslubiy  ishlar bo‘yicha yillik hisobotlarni umumlashtirish;
• boshqarma xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalarning mehnat va o‘quv intizomlari ustidan nazorat o‘rnatilishini tashkil qilish;
• o‘quv ishlari bo‘yicha murojaat, shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish hamda hal qilish choralarini ko‘rish;
• o‘quv ishlari bo‘yicha muammoli vaziyatlarni, tushunmovchiliklarni tahlil qilish va belgilangan tartibda bartaraf etish chorasini ko‘rish;
• dekanat va kafedralarning o‘quv-uslubiy  ishlar bo‘yicha faoliyatini tahlil qilib borishni tashkil etish. Qayd etilgan kamchiliklarning kafedra va dekanatlar tomonidan tuzatilishini nazoratga olish, ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish.

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining asosiy vazifalari

•boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaradi;
•bakalavriat o‘quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha vazirlik qaror, buyruq va ko‘rsatmalarini universitet miqyosida joriy etilishi ustidan nazorat o‘rnatadi;  
•dekanat va kafedralarning o‘quv ishlariga doir me’yoriy va ishchi hujjatlar bilan ta’minlanish holati va ularga amal qilinishi ustidan nazorat o‘rnatadi hamda bu bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
•fanlar bo‘yicha qaydnomalarning markazlashgan holda ro‘yxatdan o‘tkazilishini tashkil qiladi;
•boshqarma xodimlari, dekanat va kafedralarning o‘quv-yordamchi xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish sifati ustidan nazorat o‘rnatadi;
•yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv yuklamalari mo‘ljalli hajmini aniqlaydi;
•kafedra mudirlari bilan hamkorlikda kafedralar o‘quv yuklamalari hajmini aniqlaydi va kafedra shtatlari miqdori haqida taklif kiritadi;
•o‘quv yuklamalarining lavozimlar bo‘yicha adolatli va to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qiladi va bu bo‘yicha kafedralarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
•o‘quv grafigi bo‘yicha fakultetlar takliflarini yig‘adi, umumlashtiradi va shu asosda universitet o‘quv grafigi loyihasini tayyorlaydi;
•kafedralar o‘quv yuklamalari va uning taqsimotining o‘quv yili davomidagi o‘zgarishi (asosli sabablarga ko‘ra) hisobini olib boradi, sabablarini aniqlashtiradi va tegishli choralar ko‘rish haqida taklif beradi;
•fakultetlarda o‘quv jarayonini tashkil etish sifatini nazorat qiladi bu bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam uyushtiradi;
•o‘quv-uslubiy  jarayon me’yoriy hujjatlarining (ishchi o‘quv rejalari va ishchi o‘quv dasturlari, ish yuritish hujjatlari va b.q.) amaldagi talablar asosida tayyorlanishi va belgilangan tartibda tasdiqdan o‘tkazilishi bo‘yicha fakultetlar va kafedralar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda bu bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
•o‘quv jarayoni me’yoriy hujjatlari mazmuni va sifatining ta’lim standartlari talablariga muvofiq kelish holatining tahlilini tashkil qiladi va bu bo‘yicha fikr-mulohazalarni universitet miqyosida umumlashtiradi hamda shu asosda ushbu hujjatlarni takomillashtirish chorasini ko‘radi.

O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari (uslubchi, inspektor, kotib va ish yurituvchi)ning asosiy vazifalari

•ilmiy axborot resurs markazi va kafedralar bilan hamkorlikda fanlarning o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy  majmualar bilan ta’minlanish monitoringini yuritadi;
•kafedralarning o‘quv-uslubiy  adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini tahlil qiladi va shu asosda kafedralar ilmiy-uslubiy ishlar rejasini tuzishda uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
•kafedralar ehtiyoji asosida universitet bo‘yicha o‘quv-uslubiy  adabiyotlar yaratish va chop etish rejasini tuzadi, o‘quv-uslubiy  adabiyotlarni nashrga tavsiya etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha mualliflarga uslubiy-amaliy yordam beradi;
•ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar sonidan kelib chiqqan holda, universitet bosmaxonasida nashr etishga mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlari miqdori haqida taklif tayyorlaydi;
•yaratilgan o‘quv-uslubiy  adabiyotlarning o‘quv dasturlariga muvofiq kelishi, o‘quv adabiyotlari yaratish konsepsiyasi talabalariga javob berishini tahlil qiladi va o‘quv-uslubiy  kengash muhokamasidan o‘tkazishni tashkil etadi;
•kafedralar ilmiy-uslubiy ishlar rejasining bajarilishini nazorat qiladi;
•universitet o‘quv-uslubiy  kengashi mas’ul kotibi vazifasini bajaradi, kengash raisi bilan kelishgan holda kengashning ish rejasini tuzadi va muhokama qilishga mo‘ljallangan masalalarni tayyorlaydi;
•kengash qarorlarining ijrosini nazorat qiladi;
• fakultetlar o‘quv-uslubiy  kengashlari ish rejasining bajarilishini nazorat qiladi, fakultetlar o‘quv-uslubiy  kengashi ishini samarali tashkil etish bo‘yicha uslubiy yordam beradi;
•ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklardagi fanlarning adabiyotlar bilan ta’minlanish holati haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha yuqori tashkilotlardan keladigan barcha turdagi topshiriqlarni ARM bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlaydi;
•bakalavr yo‘nalishlarning birinchi blok fanlari dars jadvali texnologik xaritalari, ishchi dars jadvalini belgilangan muddatda va talab darajasida tayyorlaydi, tasdiqdan o‘tkazilishini tashkil qiladi hamda fakultetlarga etkazadi;
•birinchi blok fanlari bo‘yicha talabalar mustaqil ta’limi topshiriqlarining ishchi o‘quv dasturlarida o‘z aksini topishi, bajarilishi va baholash jarayoni ustidan nazorat o‘rnatadi va bu bo‘yicha kafedralarga uslubiy yordam uyushtiradi;
•birinchi blok fanlari bo‘yicha qayta baholashlar jadvalini tuzadi va belgilangan tartibda hamda muddatida o‘tkazilishini nazorat qilib boradidi;
•bakalavr yo‘nalishlarning birinchi blok fanlari dars jadvali texnologik xaritalari, ishchi dars jadvalini belgilangan muddatda va talab darajasida tayyorlaydi hamda fakultetlarga etkazadi;
•darslarning to‘g‘ri va dars jadvallariga muvofiq o‘tilayotganligini nazorat qiladi;
•ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim bosqichlari bo‘yicha talabalar ro‘yxati, kontingenti, guruh (guruhcha) va potoklar miqdori bo‘yicha ma’lumotlar monitoringini yuritadi;
•talabalarning o‘zlashtirishi, akademik qarzlarning topshirilishi monitoringini yuritadi. Ma’lum sabablarga ko‘ra darsga kelmay qolgan fakultetlararo fan o‘qituvchisini almashtirish va darsning borbod bo‘lmasligini ta’minlash chorasini ko‘radi;
•o‘quv xonalaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazorat o‘rnatadi;
•kafedralarda vakant soat hisobini olib boradi. Moliya-rejalashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda universitet bo‘yicha soatbay ish hajmi fondini aniqlaydi va ish turlari bo‘yicha taqsimlaydi hamda bu bo‘yicha rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlaydi;
•soatbay asosdagi o‘quv yuklamalarining oyma-oy bajarilish hisobini yuritadi. Soatbay asosida dars o‘tishga ruxsat berish hamda bajarilgan o‘quv yuklamalariga haq to‘lash haqida rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlaydi, bu bo‘yicha bildirishnomalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini guruh jurnallaridagi qaydlar asosida tekshiradi;
•o‘quv yili davomida har yarim yillik oxirida soatbay o‘quv yuklamalarining bajarilishi va unga haq to‘lash holati bo‘yicha ma’lumot tayyorlaydi;
•dekanatlar, kafedralarda talabalar malakaviy amaliyotini tashkil qilish, o‘tkazishga doir me’yoriy hujjatlarning (amaliyot turlari bo‘yicha Nizomlar, amaliyot dasturi va ishchi dasturlar, uslubiy tavsiyanomalar, baholash me’zonlari va h.k.) bo‘lishi, ularning sifati hamda talab darajasida tayyorlanishi ustidan nazorat o‘rnatadi va uslubiy-amaliy yordam beradi;
•universitet bo‘yicha malakaviy amaliyotlarga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va yakunlash ishlarini tashkil qiladi, amaliyotni o‘tkazish grafigini tuzadi;
•amaliyot ob’ektlarini tanlash va ular bilan shartnoma tuzish ishlarini, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi;
•moliya-rejalashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda amaliyot xarajatlari smetasini tuzadi va vazirlikka bu bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda taklif tayyorlaydi;
•amaliyot bo‘yicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, fakul’tetlar bildirishnomalari asosida rektor buyruqlari va ko‘rsatmalari loyihasini tayyorlaydi;
•amaliyotda ishtirok etuvchi talabalarning tashkiliy va yakuniy konferensiyalarini tashkil qilishda hamkorlik qiladi hamda ishtirok etadi;
•talabalarning amaliyot ob’ektlariga belgilangan paytda etib borishlari va qaytishi hamda amaliyotni o‘tkazish jarayonini ustidan nazorat o‘rnatadi;
•amaliyot bo‘yicha fakultetlar va kafedralar faoliyatini nazorat qiladi, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
• talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotlari himoyasi taqdimotining talab darajasida o‘tkazilishini nazorat qiladi;
• fakultetlarning amaliyot hisobotlari asosida universitet bo‘yicha umumiy hisobotni tayyorlaydi;
•o‘quv laboratoriyalarining texnik holati, jihozlari va sarflanuvchi ashyolar, bajarish mumkin bo‘lgan laboratoriya ishlari miqdori, laboratoriyalarning dars mashg‘ulotlari bilan yuklanish darajasini tahlil qilish orqali o‘quv laboratoriyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif tayyorlaydi;
• fakultetlarda YADA ni tashkil qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha me’yoriy va ishchi hujjatlarning bo‘linishi ta’minlaydi;
•YADA sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi, bu bo‘yicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
• YADA o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha imtihon variantlarini zaruriy muhokamalardan va ilmiy kengash tasdig‘idan o‘tkazish ishlarini tashkil qiladi;
• YADA sinovlarini o‘tkazish grafigini, sinovlarni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlarini ishlab chiqish ham kerakli tasdiqlardan o‘tkazish ishlarini tashkil qiladi;
• ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yakuniy attestatsiya komissiyasi raisligiga nomzodlarni belgilangan tartibda tasdiq uchun vazirlikka taqdim etishga tayyorlaydi;
• YADAK tarkibi bo‘yicha fakultet dekanlari taqdimnomalari asosida rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlaydi;
• bitiruvchi uchun konsultatsiyalar va obzor mashg‘ulotlar o‘tkazilishi jadvalini tuzadi va bajarilishini nazorat qiladi;
• attestatsiya sinovlari o‘tkaziladigan xonalarni belgilash va hamda talab darajasida tayyorlanishini nazorat qiladi;
• YADA sinovlari va himoyalarni belgilangan jadval, tartib-qoidalar hamda Nizom talablari asosida o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha ishchi guruhi va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish guruhi ishni tashkil etadi;
• bitiruvchilarni YADA sinovlari va himoyaga kiritish bo‘yicha fakultetlar bildirishnomalarining muddatida va to‘g‘ri berilishini nazorat qiladi.
• YADAK ishi bo‘yicha yillik hisobot tayyorlaydi;
• reyting baholashlar natijalarining reyting qaydnomasi va guruh jurnaliga to‘g‘ri qayd etilishini tekshirib turadi va bu bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan professor-o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
• reyting baholashlari jadvali va komissiyalar tarkibi bo‘yicha dekan (oraliq baholashlar uchun) va rektor (yakuniy baholashlar uchun) buyruqlarining rasmiylashtirilishi va joylarga etib borishini nazoratga oladi;
• o‘quv yuklamalarining lavozimlar bo‘yicha adolatli va to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qiladi va bu bo‘yicha kafedralarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
• fakultetlarda o‘quv jarayonini tashkil etish sifatini nazorat qiladi bu bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam uyushtiradi;
• YADA sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi, bu bo‘yicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
• universitet bo‘yicha talabalar tomonidan qoldirilgan darslarni qayta o‘zlashtirishini fakultetlarda tashkil etilishini nazorat qilish;
• kafedralar va dekanatlarda reyting baholashlariga doir me’yoriy va ishchi hujjatlarining bo‘lishini nazorat qiladi va ushbu hujjatlardan foydalanish bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam beradi;
• reyting baholashlarni tashkil etish va nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar, takliflar, fikr-mulohazalarni to‘playdi, taxlil qiladi va shu asosda belgilangan tartibda taklif tayyorlaydi;
• reyting baholashlarning tashkil qilinishi va o‘tkazilishiga oid tahlil ishlarini olib boradi va natijalari bo‘yicha belgilangan muddatda ma’lumot tayyorlaydi. Reyting baholashlar natijalari bo‘yicha fakultetlar raqamli hisobotini universitet bo‘yicha umumlashtiradi; 
• talabalarni kursdan-kursga ko‘chirish, stependiya belgilash bo‘yicha ishlarning sifatli va to‘g‘ri bajarilishini nazoratga oladi.
• belgilangan fakultet kuratori vazifasini bajaradi;
• fakultetda talabalar davomatining guruhlar kesimidagi monitoringini olib boradi va davomat bo‘yicha kunlik ma’lumotni tayyorlaydi;
• universitet Ilmiy kengashining majlisi va dekanlar yig‘ilishlariga kiritilgan o‘quv jarayoniga oid masalalar uchun tezkor ma’lumot tayyorlaydi;
• guruh jurnallarini tahlil qilib boradi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishini nazorat qiladi hamda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
• talabalar tomonidan qoldirilgan darslarni qayta o‘zlashtirish (otrabotka) jarayonini tashkil etilishini nazorat qiladi hamda bu bo‘yicha haftalik va oylik ma’lumot tayyorlaydi;
• o‘quv rejada belgilangan amaliyotlarning tegishli fakultetda tashkil etilishi va o‘tkazilish sifati bo‘yicha nazorat olib boradi va talabalarning yakuniy hisobotlarni tahlildan o‘tkazib, himoyaga tavsiya etish haqida xulosa beradi; 
• professor-o‘qituvchining shaxsiy ish rejasida belgilangan o‘quv ishlarning bajarilishini nazorat qilib boradi;
• biriktirilgan fakultet dekanati va kafedralarida o‘quv jarayoniga oid me’yoriy va ish yuritish hujjatlarning mavjudligi va yuritilish holatini nazorat qiladi hamda bu bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi;
• biriktirilgan fakultet talabalaridan o‘quv jarayoniga oid so‘rovnomalar o‘tkazilishi va tahlil qilinishini ta’minlaydi hamda bu bo‘yicha ma’lumot tayyorlaydi;
• biriktirilgan fakultetda joriy baholashlarning (2, 3, 4 kurslar uchun) belgilangan muddatlarda, oraliq va yakuniy baholashlarning jadval asosida o‘tkazilishi, Nizomga amal qilinishi, to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, baholashlar yozma bayonlarining mavjudligi va baholash sifatini tahlil qilib boradi hamda kamchiliklarni bartaraf etishda uslubiy yordam beradi;
• yakuniy baholashlar sessiyasidan kamida ikki kun oldin kafedralar tomonidan joriy va oraliq baholashlar ballarining qaydnomalarga o‘tkazilishi va dekanatga topshirilishini nazorat qiladi;
• reyting nazoratlari bo‘yicha qayta baholashlarning belgilangan tartibda va muddatida o‘tkazilishini nazorat qiladi;
•  “yozma-test” shaklidagi o‘tkaziladigan YANlarda test o‘tkazish komissiyasi tarkibida ishtirok etadi;
• reyting baholashlar natijalarining reyting qaydnomasi va guruh jurnaliga to‘g‘ri qayd etilishini tekshirib turadi va bu bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan professor-o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
• rektor, o‘quv ishlari prorektori va o‘quv-uslubiy  boshqarma boshlig‘ining o‘quv jarayoniga tegishli mavsumiy topshiriqlarini bajarib boradi.
• Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari va ko‘rsatmalari, universitet ilmiy kengashining qarorlarining o‘quv jarayoniga oid qismi bo‘yicha ijrosini ta’minlash uchun rektor buyrug‘i va farmoyishlari loyihasini tayyorlaydi;
• yuqori tashkilotlardan kelgan o‘quv jarayoniga oid turli xil xat, modemmogramma, hayat qarorlari va hokazolarni ijrosi bo‘yicha universitet ichki nazorat va monitoring bo‘limi bilan kelishilgan holda ma’lumot tayyorlaydi;
• kafedralar tavsiyasi asosida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish rejasini tuzadi va ijrosini ta’minladi;
• yosh pedagog o‘qituvchilarni malaka va tajriba orttirishlarini tashkil qiladi;
• reja bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tadigan professor-o‘qituvchilarning belgilingan joyga etib borishini nazorat qiladi. Rejaning bajarilish holatini tahlil qiladi;
•  malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan professor-o‘qituvchilar hisobotini yig‘ib, tahlil qiladi va sertifikat nusxalarini qabul qilib oladi;
•  o‘quv ishlari prorektori qabulxonasi, o‘quv-uslubiy  boshqarmadagi ish qog‘ozlarini yuritadi va tartibga soladi;
• o‘quv ishlari prorektori, boshqarma boshlig‘ining hisobot, axborot va ma’lumotlarini, o‘quv ishlariga doir buyruq va farmoyish loyihasini alohida nazoratga olingan hujjatlar, xatlarga javobning muddatiga bajarilashini nazoratga oladi;
•    dekanat, kafedralarga o‘quv ishlariga doir ko‘rsatma, topshiriqlarni va ma’lumotlarni etib borishini ta’minlaydi;
•    dekanat va kafedralarning o‘quv jarayoniga doir hujjatlar yoki moddiy-texnik ashyolar bo‘yicha talabnomalarini umumlashtiradi va boshqarmaning tegishli xodimlariga topshiradi;
•    o‘quv ishlari prorektori va o‘quv-uslubiy  boshqarma boshlig‘i tayyorlagan barcha ma’lumotlar hamda xatlarni kompyuterga kiritadi;
•    boshqarma ish qog‘ozlarini muqovalashga beradi va muomiladan chiqarilgan hujjatlarni arxivga topshiradi;
•    professor-o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar tarkibining o‘quv yili davomidagi kontengentini monitoringini yuritadi;
•    professor-o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlarning mehnat va boshqa ta’tillari, o‘quv ishlari bo‘yicha xizmat safarlarining hisobini yuritadi;
•    talabalar o‘quv varaqalarini vaqtida va to‘g‘ri to‘ldirilib borilishini nazorat qiladi.