Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Mintaqaviy markazi direktori

Indiaminov Nuriddin Nazarovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +99866-221-77-54
  • Elektron pochta: samdu_mm@bimm.uz

  • 1961-yil Samarqand viloyati Poyariq tumanida tug'ilgan;
  • 1984-1986-yillar Qorakulchilik ilmiy tekshirish instituti katta laboranti;
  • 1986-1987-yillar Samarqand davlat universiteti Geografiya va geoekologiya kafedrasi katta laboranti;
  • 1987-1993-yillar Samarkand davlat universiteti umumiy tabiiy geografiya kafedrasi assistenti;
  • 1993-1996-yillar Samarqand davlat universiteti umumiy tabiiy geografiya kafedrasi mudiri;
  • 1996-2001-yillar Samarqand davlat universiteti Geografiya fakulteti dekani;
  • 2001-2006-yillar Samarqand davlat universiteti regional tabiiy geografiya kafedrasi mudiri;
  • 2006-2009-yillar Samarqand davlat universiteti gidrometeorologiya va landshaftshunoslik kafedrasi mudiri;
  • 2009-2011-yillar Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani o‘rinbosari;
  • 2011-2015-yillar Samarqand davlat universiteti manaviy - marifiy ishlar buyicha prorektori;
  • 2015-2016-yillar Samarqand davlat universiteti gidrometeorologiya kafedrasi professori;
  • 2016-2017-yillar Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani o‘rinbosari;
  • 2017-2019-yillar Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti dekani.
  • 2019-yil 13-maydan  Samarqand davlat universiteti huziridagi Mintaqaviy markazi direktori

Samarqand davlat universiteti huzuridagi mintaqaviy malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi 1999 yil sentyabr oyida universitet rektorining buyrug‘iga asosan malaka oshirish fakulteti negizida tashkil etilgan.

Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Mintaqaviy Markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-1533-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-1761-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 278-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-4732-sonli Farmoni asosida faoliyat olib borilishi belgilab berilgan.

Mintaqaviy Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish yo’nalishlari sifatida; gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sosiologiya va psixologiya; huquq; atrof-muhitni muhofaza qilish; ijtimoiy-gumanitar va tabiiy matematika bloklari fanlari belgilanib qo‘yilgan.

Mintaqaviy Markazga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi 12 ta oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Samarqand shahridagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi, Navoiy viloyatidagi 2 ta va Jizzax viloyatidagi 2 ta hamda Sirdaryo viloyatidagi 1 ta oliy ta’lim mussasalari, ushbu viloyatlardagi xalq ta’limi tizimidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari hamda Samarqand viloyatidagi barcha o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari biriktirilgan.

Mintaqaviy Markazda o‘rnatilgan tartibda tashkil etiladigan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda “Pedagogik qayta tayyorlash” kurslari faoliyat olib bormoqda.

Mintaqaviy Markazda direktor, 2 ta bo‘lim (Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo’limi; Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribani joriy etish bo‘limi) boshlig‘i,  uslubchi, muhandis-dasturchi, bosh hisobchi va g‘aznachi jami 7 ta xodim boshqaruv sohasida faoliyat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan. Soatbay mehnat haqi to‘lanishi asosida dars mashg’ulotlari olib borish uchun mintaqadagi eng salohiyatli 100 nafardan dan ortiq ilmiy-pedagogik kadrlar va mutaxassislar jalb etilmoqda.