Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Markaz dekani

Raxmanova Zebiniso Po‘latovna

  • Qabul vaqti: Qabul vaqti: har kuni (14.00-18.00)
  • Telefon: +99866-233-76-54
  • Elektron pochta: tayyorlov@samdu.uz

  • 1969 yilda Samarqand  viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan;
  • 1987-1991 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 1992-1996 yillar Samarqand davlat universiteti aspirant;
  • 1996-1997 yillar Samarqand davlat universiteti zoologiya muzeyi laboranti;
  • 1997-2005 yillar Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi assistenti;
  • 2005-2008 yillar Samarqand  davlat universiteti zoologiya kafedrasi dotsenti v.b.;
  • 2008-2011 yillar Samarqand davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya bo‘limi dekan o‘rinbosari;
  • 2012-2013 yillar Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi mudiri v.b.;
  • 2013-2017 yillar Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi dotsenti v.b. hamda Magistratura  bo‘limi boshlig‘I;
  • 2017 yildan. Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi dotsenti hamda Tayyorlov markazi dekani.

Tayyorlov markazi haqida

Samarqand davlat universitetining tayyorlov bo‘limiga 1971-yilda asos solingan.   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ko‘rsatmasiga asosan, tayyorlov bo‘limi bazasida 1993-yildan boshlab «Shartnoma»ga asoslangan, ya’ni o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlaydigan 8 oylik test asosidagi tayyorlov kursi tashkil etildi va u hozirgi kunda ham faoliyat yuritmoqda.

Samarqand davlat universiteti rektorining 2005-yil 27-oktyabrdagi №229-ij buyrug‘iga asosan bu kurs universitet qoshida tinglovchilarni test sinovlariga tayyorlash bo‘yicha Oliy o‘quv yurti (OO‘Yu) gacha tayyorlov markaziga aylantirildi.

Tayyorlov markazi fizika, matematika, mexanika, amaliy matematika, axborot texnologiyasi, iqtisod, kimyo, biologiya, ekologiya, tibbiyot, jismoniy madaniyat, geografiya, o‘zbek tili va adabiyoti, jurnalistika, tarix, huquqshunoslik, huquq va ma’naviyat asoslari, ijtimoiy ish, rus tili va adabiyoti, boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va uslubi, pedagogika va psixologiya, psixologiya hamda chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari) mutaxassisliklari bo‘yicha tinglovchilar qabul qiladi.

O‘qish shartnoma asosida. Ta‘lim shakli – kunduzgi. O‘qish muddati 8 oy. Tinglovchilar uchun SamDU talabalariga belgilangan huquq va majburiyatlar ham taalluqlidir. Ular belgilangan auditoriyalar, laboratoriyalar, kutubxonalardan foydalanishadi.

Tayyorlov markaziga o‘rta (to’liq) umumiy va o‘rta maxsus ta’lim olgan, shuningdek akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi kurs o‘quvchilari  ma’muriyatining tavsiyanomasi asosida qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab harbiy qism tavsiyanomasiga asosan kelgan fuqarolar uchun tayyorlov markazida bepul tayyorlov kurslari tashkil etilgan.

Tayyorlov markaziga hujjatlar 2 oktyabrdan 20 noyabrgacha qabul qilinib, 20–25 noyabr kunlari test-suhbat o‘tkaziladi. Test-suhbat barcha ixtisosliklarda I blok bo‘yicha umumta’lim fanlari dasturi hajmida o‘tkaziladi. Test-suhbatdan ijobiy o‘tganlar 25–27 noyabr   kunlari   tinglovchilar  safiga  qabul   qilinadilar. Tayyorlov  markazida mashg‘ulotlar 1 dekabrdan boshlanadi.  

Tayyorlov markazida Pedagogik Kengash mavjud bo‘lib, unda o‘quv soatlari, hajmi, o‘qitish saviyasi, tinglovchilarning darslarni o‘zlashtirib borishlari va test texnologiyasiga oid barcha yangiliklar muhokama qilib boriladi.

Tayyorlov markazida ijtimoiy va tabiiy guruhlar tashkil qilingan bo’lib, unda o‘qitish o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Markazda o‘qish haftasiga 6 kun va har kuni 6 soatdan. Tinglovchilar har ikki oyda attestatsiya va test sinovlaridan o‘tadilar. Natijalari esa, Pedagogik Kengashda muhokama qilib boriladi. O’quv yili davomida 4 marta aynan DTM talablariga mos aprobatsiya-test sinovlari o‘tkaziladi. Tayyorlov markazidagi mashg‘ulotlar test bloklaridagi mutaxassisliklarga mos fanlar dasturi asosida olib boriladi.

Tayyorlov markazida ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning qariyib hammasi universitetda ishlaydigan eng malakali, umumta’lim fanlari dasturini mukammal biladigan tajribali mutaxassislardir.

Tayyorlov markazining asosiy vazifasi yoshlarni  umumta’lim darajasini ko‘tarish, saviyasini oshirish, OO‘Yuga kiruvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan yoshlarga imkon doirasida zarur shart-sharoitlar yaratib berish, OO‘Yularining barcha fakultetlariga yuqori bilim va saviyali abituriyentlarni tayyorlab, talaba qilib yetkazib berishdan iboratdir.

http://samdu.uz/assets1/plugins