Bo’lim boshlig’i

Davronov Kamoliddin Qulpiddinovich

  • Qabul vaqti: dushanba, chorshanba, juma 13:00 dan 17:00 gacha
  • Telefon: +99866-239-15-83
  • Elektron pochta: manaviyat@samdu.uz

1986-1993 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
1993-1996 yy. - Samarqand davlat universiteti aspiranti
1996-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti tabiiy geografiya va geoekologiya kafedrasi assistenti
2011-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti tabiiy geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
2015-2017 yy. - Samarqand davlat universiteti geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
2017 y. - h.v. - Samarqand davlat universiteti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i 

Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi

Mustaqil Respublikamizning istiqboli har jihatdan yuksak malakali va ma’naviyatli kadrlar tayyorlashga bog‘liq. Xususan, Prezidentimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy g‘oyamizga oid barcha ta’limotlarini yoshlarga yetkazish universitetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limining asosiy vazifasidir.

Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyruqlari hamda universitet ichki tartib-qoidasi va ushbu bo`lim Nizomiga binoan faoliyat ko`rsatadi.

Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma`naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g`oyalar ta`siridan himoya qilish hamda mustaqil O`zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.

Ma`naviy-ma`rifiy va tarbiya ishning asosiy yo`nalishlari:

– talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O`zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;

– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;

– talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas`uliyatni oshirish;

– talabaning shaxs sifatidagi, o`ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;

– talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o`qishga va kasbga bo`lgan hurmat va ijtimoiy mas`ullik hissini keng targ`ib qilish;

– talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko`nikmalarni kengaytirish;

– talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta`magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;

– talaba yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;

– manzillashgan ma`naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.

Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limining asosiy vazifalari:

- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ`ib etish;

- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo`lga qo`yish;

- milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ`ibotiga bag`ishlangan anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;

- talabalarning ma`naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko`maklashish;

- universitetda ma`naviy, ma`rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, bu borada zarur me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta`minlash;

- diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;

- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste`dodini yuzaga chiqarishga ko`maklashish

- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;

- yoshlar ma`naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;

- talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko`maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;

- Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining shahar, tuman bo`limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg`armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.

Universitetdagi ma`naviy-ma`rifiy ishlarni bevosita yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.