Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

O’zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi: ta’limning asosiy o’rni

Samarqand Davlat iniversiteti rektori R.I.Xalmuradov Rossiya Federatsiyasida chop etiladigan «Высшее образование сегодня» jurnalida «Стратегия инновационного развития Узбекистана: ключевая роль образования» mavzusidagi maqolasi nashr etildi. Ushbu maqola Rossiya va O’zbekiston oliy o’quv yurtlarining rektorlari o’rtasidagi O’zbekiston oliy ta’limini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, inson kapitalining rivojalanishi, uning milliy iqtisodiyotda raqobatbardoshligini ta’minlash, xalqaro oliy ta’lim tizimidagi tendensiyalar, ilmiy-pedagogik jamoaning xalqaro aloqalardagi o’rnini belgilash masalalari bayon etilgan.

Ko`chirib olish

Magistratura ta’limiga doir

Maqolada O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida magistratura ta’limini tashkil qilishning samarali mexanizmlari bayon etilgan. Jahon tajribasi va bugungi kunda mamlakatimizda amalda bo’lgan magistratura ta’limi qiyoslangan, uning ijobiy va salbiy jihatlari ochib berilgan.

Ko`chirib olish

Oliy ta’lim soxasidagi islohotlar tahlili borasidagi ayrim xulosalar

Maqolada O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizilshning hozirgi vaqtdagi holati tah-lil qilingan. Rivojlangan G’arbiy mamlakatlarning ta’limi tahlili asosida ikki bosqichli ta’lim tizimining (iqtisodning turli sohalari uchun kadrlar tayyorlash nuqtai nazaridan) muammolari ochib berilgan va ularni hal qilish yo’llari ko’rib chiqilgan.

Ko`chirib olish

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash - ta’lim sifatining muhim omili

Maqolada oliy o’quv yurtlarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan. Samarqand davlat universitetida ishlab chiqilgan reyting tizimi yangi nizomi loyihasini sinov-tajriba tariqasida joriy etish natijalari bayon etilgan.

Ko`chirib olish

Kasbga yo’naltirilgan ta’lim haqida

Oliy ta’lim muassalarining o’quv rejalaridagi "Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar "ni o’qitish hajmi va ketma-ketligini shakllanishi hamda qanday mezonlar asosida u yoki bu fanga qancha soat ajratish to’grisida fikr yuritilgan. Fanlarni kasbga yo’naltirib o’qish to’grisidagi taklif asoslab berilgan.

Ko`chirib olish