Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Hamkorlik taraqqiyot omili

img

2017 yil 22 may kuni Samarqand harbiy qurilish yo‘nalishidagi Samarqand akademik litseyida Samarqand Davlat universiteti fizika fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Fizika fanining dolzarb muammolari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni litsey direktori E.B.Xudoyqulov kirish so‘zi bilan ochdi. Tadbirda Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi mudiri dosent E.Arziqulov, katta o‘qituvchi A.Eshbekov, dotsentlar R.Rajabov, T.Toshboyevlar zamonaviy fizika fanining muammolari va yutuqlari yuzasidan ma’ruza o‘qidilar. Tadbirda prezentasiyalar, videoroliklar namoyish etildi. Tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi hamda ular o‘zlarining qiziqtirgan savollariga qoniqarli javob oldilar.