Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Konstitutsiya - baxtimiz qomusi

img

2017 yil 6 dekabr kuni Samarqand davlat universitetining faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi  munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda universitet rektori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi  R.Xalmuradov universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarini bayram bilan tabrikladi. Tadbirda  Samarqand viloyat  Adliya boshqarmasining yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash sho‘basi mudiri Sh. Shodiyev «Konstitutsiya-davlatimiz barqaror  rivojlanishining kafolati» mavzusida ma’ruza qildi.
Bayram munosabati bilan universitet ma’muriyati tomonidan 130 nafar professor-o‘qituvchilar va xodimlar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 50 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlari estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ma’naviyat va ma’rifat  bo‘limi

http://samdu.uz/assets1/plugins