Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Diniy ekstremizm - tinchlik va taraqqiyot dushmani

img

2017 yil 19 dekabr kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet talabalari o'rtasida "Diniy ekstremizm - tinchlik va taraqqiyot dushmani" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda o’z ma'ruzalari bilan "Ruhobod" masjidining imom-xatibi T. Amirov ishtirok etdi.

T. Amirov o’z nutqida diniy ekstremizm, missionerlik faoliyatining oldini olish va turli xil norasmiy diniy harakatlardan yoshlarni himoya qilish haqida gapirdi.

U o'z nutqida diniy ekstremizm zamonaviy sivilizatsiyaning jiddiy muammolaridan hamda barqarorlikka tahdid va jamiyatning tinch rivojlanishiga zid ekanligini aytdi. Diniy ekstremizm jamiyatning barqaror rivojlanishining asoslari, davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi, ijtimoiy buzg'unchi harakatlarning haddan tashqari shaklidir. Ushbu yovuzlikka qarshi kurashda barchamiz faol ishtirok etishimiz lozimligi ta'kidlandi.