Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Huquqbuzarlik va jinoyatchilik - jamiyat vabosi

img

2017 yil 21 dekabr kuni Samarqand Davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun “Huquqbuzarlik va jinoyatchilik- jamiyat vabosi” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Tadbirda Samarqand viloyat narkologiya dispanseri, Samarqand viloyat IIB, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi va O’zbekiston musulmonlar idorasi viloyat bo’limi vakillari, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda mamlakatimizning barcha hududlarida aholi ayniqsa, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari to’g’risida huquqiy targ’ibot ishlari olib borilayotgani, ayrim yoshlar o’rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar hozirgi kunda jamiyat vabosiga aylanayotgani haqida fikr-mulohazalar aytildi.
Ayniqsa, talaba yoshlarga avvalo huquqbuzarlik va jinoyat tushunchalarining farqi tushuntirib berildi, bunday noxush hollarning oldini olish uchun yoshlar avvalo o’z huquqlarini yaxshi bilishi, qolaversa, majburiyatlari haqida ham yetarli bilimga ega bo’lishlari zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir so’ngida mutaxasislar talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdilar.