Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

O‘zbekiston va Rossiya sherikligiga 25 yil to‘ldi

img

Samarqand davlat universitetining Rus filologiyasi fakultetida O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda ishtirok etgan universitet xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i M. Nosirov, fakultet dekani R. Ryasnyanskaya, rus va chet el adabiyoti kafedrasi dotsenti R. Nazaryan va boshqalar O‘zbekiston bilan Rossiya sherikligining turli jihatlari – tarixiy bosqichlar, siyosiy muloqotlar natijalari, iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlari, madaniy-gumanitar aloqalar istiqbollari xususida nutq so‘zladi. O‘zbekiston bilan Rossiyaning fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport, turizm sohalaridagi hamkorligi izchil rivojlanayotganligi ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zbek va rus adabiyoti namunalaridan, xalq dostonlaridan parchalar o‘qib berdi. Ular ijrosidagi o‘zbek hamda rus milliy kuy va qo‘shiqlari yig‘ilganlarga zavq bag‘ishladi.