Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Bolajonlarga mehr ulashildi

img

2017-yil 26-dekabr kuni Samarqand davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining ijtimoiy ish yo‘nalishi qoshida tashkil etilgan “Altruist” to‘garagi talabalari “Mehr qo`lini uzataylik” loyihasi asosida Samarqand shahridagi 1-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklash uchun bayram dasturini namoyish etdilar.

Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan tashkil etilgan sahna ko‘rinishlari, sho‘x kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli shartlar bolajonlar tomonidan iliq kutib olindi. Ayniqsa bayram ko‘rki bo‘lgan Qorbobo va Qorqiz hamda Yalmog‘iz kampirlar obrazlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlarida bolajonlarning o‘zlari ham faol ishtirok etdilar.

Bayram so‘ngida bolajonlarga  Qorbobo va Qorqiz tomonidan sovg‘alar ulashildi.