Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Xalq bilan muloqot davom etmoqda

img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyovning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini va davlatimiz rahbari tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalarni aholiga oddiy va tushunarli tilda yetkazish maqsadida Samarqand davlat universitetida ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi fakultetlarning yetakchi olim va professor-o‘qituvchilaridan iborat 20 ta maxsus targ‘ibot guruhlari 2018 yilning 5 yanvaridan boshlab Samarqand shahri va Pastdarg‘om tumanidagi mahallalar markazlarida tashkil etilgan tadbirlarda jadval asosida targ‘ibot ishlarini boshlab yubordilar. 
Jumladan, 2018 yil 5-6 yanvar kunlari Samarqand shahridagi “Bekxo”, “Bog‘i baland”, “Bog‘i maydon”, “Bog‘i mirzo”, “Galaosiyo”, “Gulobod”, “Dukchiyon”, “Juyi chuqur”, “Humo”, “Motrid” mahallari aholisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 
Targ‘ibot tadbirlarida ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta qilingan Murojaatnoma Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning uzoq yilllar davomida xalqimiz turmushini farovon va davlatimizni baquvvat qilish xususida yig‘ilib yurgan orzu-armonlarining jamuljami ekanligini batafsil tushuntirmoqdalar.
Maxsus targ‘ibot guruhlari tomonidan Samarqand shahrida 2018 yil 5-6 yanvar kuni tashkil etilgan uchrashuvlarda jami 2500 nafardan ziyod tinglovchilar ishtirok etdilar.
Maxsus targ‘ibot guruhlari tomonidan Samarqand shahri mahallalarida 2018 yil 15 yanvargacha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.