Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Tinchligingga jonim fido – muqaddas vatan

img

2018 yil 11 yanvar kuni Mexanika-matematika fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet Harbiy kafedrasi ofitserlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Bayram tadbirida Harbiy kafedra o‘qituvchisi, podpolkovnik Rustam Azimov nutq so‘zladi. U o‘z nutqida bugungi yoshlarimiz mustaqil vatanimizning posbonlari ekanligini, ularni sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish, yoshlarda or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borish barchamizning burchimiz ekanligini ta’kidladi. 
Tadbir so‘ngida fakultet talabalari vatanparvarlik ruhidagi she’rlari orqali Vatan himoyachilari kuni bilan yig‘ilganlarni tabrikladilar.