Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Vatan himoyachilari kuni munosib nishonlanmoqda

img

Samarqand davlat universitetida 2018 yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda universitet rektori v.b. professor A. Soleyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram munosabati bilan tabrikladi. Universitet harbiy kafedrasi mudiri, podpolkovnik M. Raxmonov «Milliy armiyamiz – mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir» mavzusida ma’ruza qildi.
Bayram munosabati bilan universitet ma’muriyati hamda universitet birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan harbiy kafedrasining 13 nafar ofitser va xodimlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bundan tashqari kafedra ofitserlariga kasbiy ta’lim fakulteti talabalari tomonidan chizilgan portretlar taqdim etildi. 
Tadbir so‘ngida filologiya fakulteti 102-guruh talabasi Boymurodova Adiba va 101-guruh talabasi Ergasheva Dilrabo tomonidan o‘qilgan shoir X. Sa’dulloning «Tiz cho‘ktirib bo‘lmas O‘zbekistonni», «Vatan» she’rlari ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi