Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Armiya – vatanimizning mustahkam qalqoni 

img

Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakultetida 13 yanvar kuni Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet Harbiy kafedrasi ofitserlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar. 
Tadbirda so‘zga chiqqan universitet Harbiy kafedrasi o‘qituvchisi, mayor Z. Boymirzayev 1992 yil 14 yanvardan e’tiboran mamlakatimiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga o‘tkazilganligini, ana shu tarixiy kun – 14 yanvar mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlab kelinayotganligini ta’kidladi. O‘tgan vaqt mobaynida Qurolli Kuchlarimiz tashkiliy va tarkibiy jihatdan zamon talablari darajasida takomillashdi. Tuzilmalarning harakatchanligi, jangovar qobiliyati, harbiylarning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligi oshdi. Qism va bo‘linmalar zamonaviy qurol-yarog‘ va jangovar texnika bilan ta’minlandi. 
Tadbir yakunida fakultet talabalari tomonidan o‘qilgan vatanparvarlik ruhidagi she’rlar ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. 

http://samdu.uz/assets1/plugins