Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Samarqand davlat universitetida  Islom Karimov xotirasi yod etildi

img

Samarqand davlat universitetida Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Xotirangiz qalblarda mangu” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli olimlar, deputatlar, professor-o‘qituvchilar, keng jamoatchilik vakillari hamda talabalar qatnashdi.
Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimiz bo‘ylab Islom Karimov xotirasini yodga olish tadbirlari o‘tkazilayotganligi ta’kidlandi. Buyuk Yo‘lboshchimizning insoniy fazilatlari, matonatli hayot yo‘li, ibratli faoliyati, mamlakatimiz taraqqiyotidagi jonbozligi xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbirda Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Birinchi Prezidentimiz bilan birga o‘qigan, mehnat qilgan faxriylar mustaqilligimiz asoschisi haqida iliq taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Talabalar ishtirokida istiqlolni, yorug‘ kunlarimizni tarannum etuvchi musiqiy dastur taqdim etildi, Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi.


 

Mavlon Boboxonov