Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Talabalik – oltin davrim

img

2018 yil 15 fevral kuni Samarqand davlat universiteti faollar zalida tarix fakulteti 1 kurs talabalari bilan Talabalik – oltin davrim mavzusida tadbir tashkil etildi. 
Unda universitet, fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, 1-kurs talabalari va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbirda universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Eshtayev bugungi kun talabasi oldida turgan eng muhim vazifalar haqida to‘xtalib, ilm olish va ta’limni, tarbiyani, odob-ahloqni, xushhulqlilikni bab-baravar doimiy ravishda o‘stirishga harakat qilish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi M.Djurakulov o‘z chiqishida universitet va fakultetning yaqin yarim asrlik tarixini hayotiy tajribalar misolida aytib o‘tdi. Professor I.Saidov, dots. X.Mamaraximovlar ham o‘z chiqishlarida bugungi kunda talabalarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida fikrlar bildirdilar. 
Fakultet dekani D.Djurakulova 2018 yil 25 yanvarda tasdiqlangan “Binoning ozodaligi, jihozlarni talab darajasida saqlash, talabalarning jamoat mulkiga egalik hissini shakllantirish yuzasidan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari mas’uliyatini oshirish hamda vazifalarini belgilash bo‘yicha yo‘riqnoma”sida belgilab berilgan talabalarning majburiyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir yakunida 1-kurs talabalari Yo‘riqnomada keltirilgan talabalar qasamyodini qabul qilishdi. Ilk o‘quv semestrini a’lo baholar va namunali xulq bilan tugatgan talabalarga faxriy yorliqlar va kitoblar sovg‘a qilindi. 


I. Qurbonboyev. Tarix faulteti ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari