Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Tilsiz yov – olovdan ehtiyot bo‘ling!

img

Samarqand davlat universitetida Geografiya va ekologiya, rus filologiyasi hamda ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetlari talabalari uchun Samarqand shahar Yong‘in havfsizligi bo‘limi xodimlari ishtirokida “Yong‘in xavfsizligi va yong‘inlarning oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand shahar YoXB boshlig‘i podpolkovnik J. Baxriyev “Kuz-qish mavsumida viloyat aholisi orasida is gazidan zaharlanish hamda maishiy gazning chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish” mavzusida ma’ruza qildi. Talabalarga kuz-qish mavsumida isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan isitish moslamalarini olish kerakligi, qo‘lbola yasalgan isitish moslamalaridan foydalanmaslik zarurligi tushuntirildi. 
Yig‘ilishda talabalarni qiziqtirgan savollarga keng va atroflicha javob qaytarildi.