Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Innovatsiya va atrof muhit muhofazasi

img

2018-yil 20-fevral kuni Geografiya va ekologiya fakulteti faollar zalida «Innovatsiya va atrof muhit muhofazasi» mavzusidagi davra suxbati bo'lib o'tdi.
Davra suhbatida ilmiy ishlar bo'yicha prorektor H.Xushvaqtov, Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor M.Nosirov, fakultet dekani S.Abbosov va fakultet professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Shuningdek, b.f.d. H.Boymurodov, prof. M.Abduraximov, dots. B.Fayzullaev va Samarqand viloyati Ekologiya va atrof muhit muhofazasi boshqarmasi bo'lim boshlig'i T.Xoshimov, Samarqand viloyati Ekologiya va atrof muhit muhofazasi boshqarmasi xodimi G'.Norqulov, L.M.Isaev nomidagi meditsina parazitologiya ilmiy-tekshirish institutining katta ilmiy xodimi Sh. Jaxongirovlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

SamDU ilmiy bo'limi