Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

"Quyosh-Iqlim" vebinari

img

2018 yil 26, 27, 28 fevral va 1 mart kunlari Samarqand davlat universitetining Fizika fakulteti Astronomiya kafedrasi hamda Hindistonning “Kosmik Ta’lim va Tadqiqotlar Jamg’armasi (Space Education and Research Foundation (SERF))” bilan hamkorlikda “Quyosh - Iqlim” mavzusidagi ilmiy veb-seminari muvaffaqiyatli o’tkazilmoqda.

26 fevral kuni Fizika fakulteti 63-auditoriyada veb-seminarning “Quyosh va uning o’zgarishlari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruza SERF jamg’armasi asoschisi, professor Hari Om Vats tomonidan olib borildi.    

27 fevral kunidagi veb-seminarda Hindistonning Fizikaviy tadqiqotlar Laboratoriyasi (Physical Research Laboratory (PRL)) professori Shyam Lal tomonidan “Yer atmosferasining tuzilishi” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Veb-seminarning 28 fevral kunida Hindistonning Fizikaviy tadqiqotlar Laboratoriyasi professori Som Kumar Sharmaning “Quyoshning iqlim va atrof-muhitga ta’siri” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Veb-semibarda fizika fakulteti fakulteti yosh olimlari, astronomiya kafedrasi prof-o’qituvchilari, astronomiya yo’nalishi talabalari, magistrantlari hamda doktorantlari faol qatnashishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollarni berib, muhokama qildilar.

Veb-seminarning oxirgi ma’ruzasi ertaga 1 mart kuni bo’lib o’tadi. Bunda Hindistonning Fizikaviy tadqiqotlar Laboratoriyasi professori Lokesh Kumar Sahuning “Atmosferik kuzatuvlarning kelgusi muammolari” mavzusidagi ma’ruzasini tinglash rejalashtitilgan.