Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Talabalar o‘rtasida tanlov o’tkazildi

img

Moskva shahridagi Milliy yadro tadqiqotlari universitetining Moskva muhandislik fizikasi instituti (NIYaU, MIFI) 14.03.12-Yadro fizikasi texnologiyalari mutaxassisligi yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasiga oliy ma’lumotli kadrlarni maqsadli tayyorlab berish uchun 2018-2019 o‘quv yilida bakalavriat yo‘nalishida 12 ta va magistratura muttaxassisligi bo‘yicha 3 ta o‘rin ajratgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 fevraldagi 511255-406-sonli murojaatiga binoan Samarqand Davlat universitetida Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari 1 kurs talabalari va akademik lisey talabalariga bakalavriat yo‘nalishida tahsil olish uchun 2018 yil 3 mart kuni, magistratura mutaxassisligida o‘qishni xoxlovchilar uchun 2018 yil 5-6 mart kunlari tanlovlar o‘tkazildi.

Tanlovni Fanlar Akademiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xodimlari ishtirokida tuzilgan komissiya o‘tkazdi. Komissiya tarkibida akademiklar T.M.Muminov, S.N.Laqayev, yadro fizikasi laboratoriyasi mudiri A.Safarov, fizika fakulteti dekani A.Absanov, fizika fakulteti dosenti A.Yakubovlar faoliyat olib borishdi. Tanlovga Navoiy Davlat pedagogika institutidan 11 nafar, Buxoro Davlat universitetidan 8 nafar, Qarshi davlat universitetidan 5 nafar, Jizzax davlat pedagogika institutidan 26 nafar hamda Samarqand Davlat universitetidan 57 nafar talabalar ishtirok etdi.

Ilmiy bo'lim