Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Hashar – hammaga yarashar

img

Respublikamiz bo'ylab davom etayotgan umumxalq xayriya hasharida universitetimiz professor-o'qituvchilari va talabalari ham munosib ishtirok etmoqdalar.
Universitet jamoasi A.Navoiy nomidagi istirohat bog'i hamda Universitet xiyoboni hududini obodonlashtirish, mazkur hududlarga gul ko'chatlari o'tqazish, atrof-muhitni ko'kalamzorlashtirish ishlarini olib bormoqdalar. Navro'z bayramiga tayyorgarlik ko'rish asnosida fakultetlar binolari va ularga tutash hududlar orasta holatga keltirilgan.