Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Sohibqiron dahosiga ehtirom

img

Samarqand davlat universitetining 4-sonli Talabalar turar joyida Rus tilshunosligi kafedrasi tashabbusi bilan “Buyuk Temur” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar turar joyi tarbiyachilari, shu yerda istiqomat qiluvchi talabalar qatnashdi.

Rus filologiyasi fakulteti dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M. Boboxonov, rus tilshunosligi kafedrasi dotsenti O. Denisenko va boshqalarning Amir Temur hayoti va faoliyati haqidagi ma’ruzalari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Talabalarning Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan chiqishlari, maxsus tayyorlangan krossvord va devoriy gazetalar taqdimoti tadbirga alohida shukuh bag‘ishladi.

M. Boboxonov