Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovi

img

2017 yil 12 aprel kuni Samarqand davlat universitetida “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining Samarqand viloyat oliy ta’lim muassasalariaro saralash bosqichi o‘tkazildi. 

Saralash bosqichida Samarqand davlat universitetining “Ulug‘bek vorislari”, Samarqand davlat qishloq xo‘jaligi institutining “Mezon”, Samarqand davlat tibbiyot institutining “Ibn Sino vorislari”, Samarqand davlat chet tillar institutining “Everest”, Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining “Bunyodkor”, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Intilish” jamoalari ishtirok etdi.

Jamoalarning belgilangan 4 ta shart bo‘yicha chiqishlari Hakamlar hay’ati tomonidan Nizomda belgilangan baholash mezonlari asosida baholandi. Saralash bosqichida Samarqand davlat universitetining “Ulug‘bek vorislari” jamoasi 1-o‘rinni, Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining “Bunyodkor” jamoasi 2-o‘rinni, Samarqand davlat qishloq xo‘jaligi institutining “Mezon”jamoasi 3-o‘rinni egalladi. 

Jamoalar tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi