Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Abu Mansur  Al-Moturidiy kalom va fiqh allomasi

img

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2018-yil 15-fevraldagi “2018-yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish to’g’risida”gi bayoni (07/1-377-son,16.02.2018y) bilan tasdiqlangan “2018-yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot tadbirlari rejasi (Yo’l xaritasi)”ning 1-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 12-aprel kuni Registon maydonidagi Mirzo Ulug’bek madrasasida Samarqand davlat universitetining  tarix fakul’teti O’zbekiston tarixi kafedrasi o’qituvchisi Muxiddinov Sunnatullo Inoyatovichning “Abu Mansur  Al-Moturidiy kalom va fiqh allomasi” mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi.

Ochiq darsda universitet ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i K.Davronov, tarix fakultetining professor-o’qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Ochiq darsda islom sivilizasiyasi tamaddunida buyuk allomalarimizning tutgan o’rni va ular tomonidan qoldirilgan ilmiy merosning tarixiy-ma’rifiy ahamiyati xususida fikr yuritildi.